|
Reja Kislota ishqorlarni aniqlashda titrlash egrisini xisoblanishi
|
bet | 2/6 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 19,17 Kb. | | #159465 |
Bog'liq KISLOTA ASOSLI TITRLASH USULIDA KUCHSIZ KUCHSIZ ASOS VA KISLOTALARNI TITRLASH YENRI CHIZIQLARI IZOXI6. Optik analiz usullari.
Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy analizlarni o`tkazishda optik analiz usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o`zining umumiyligi, sezgirligi, ayrim moddalarning to`g`ridan-to`g`ri aniqlash imkoniyati, ekspresligi (tahlil o`tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
Optik analiz metodlari fizik–kimyoviy usullarning bir qismi bo`lib, nur energiyasining analiz qilinadigan modda bilan o`zaro ta`sirini o`rganishga asoslangan.
7. Nurni yutilishiga asoslangan usullar.
1). Fotometrik
2) Kinetik
3) Emission spektral analiz
4) Atom- absorbsion
5) Aktivatsion
6) Mass-spektral analiz usullari.
8. Nurning chiqarilishiga asoslangan usullar.
1) Fluorimetrik
2) Rentgeno–fluoressent
3) Emission-spektral analiz metodlari
9. Optik spektroskopiya asoslari.
Optik analiz usullari kimyoviy tadqiqotlarda keng tarqalgan va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon optik analiz usullarida aniqlanayotgan moddani fizik yoki fizik–kimyoviy xossalari (matematik yoki grafik bog`liqligi) o`rganiladi.
Eng asosiysi kimyoviy analizda bu to`g`ri usulni tanlash, kimyogarning malakasiga bog`liq. Har bir usulni ishlatish uchun usulning afzalligini, kamchiligini va metrologik xususiyatlarini bilish kerak (Jadval 1.1).
Elektromagnit nurlarning yutilishi molekulalarning umumiy xossasi hisoblanadi, ammo yutilish hodisasi tanlash xususiyatiga egadir, ya`ni ma`lum to`lqin uzunligidagi nurlar molekula tomonidan kuchli yutilishi mumkin, boshqa to`lqin uzunligidagi nurlar esa kuchsiz yoki butunlay yutilmasligi mumkin. Yutilish doirasi spektr chizig`i deyiladi. Spektr chiziqlarining umumiy yig`indisi yutilish spektri deyiladi.
10. Optik analiz metodlarining sezgirligi.
№
|
Metodlar
|
Sezgirligi
|
1
2
3
4
5
6
7
8
|
Fotometriya
Fluorimetriya
Kinetik
Emission-spektral
Atom –absorbsion
Rentgeno-fluoressent
Aktivatsion
Mass-spektral
|
10-4-10-6
10-5-10-8
10-6-10-8
10-7
10-5
10-5-10-6
10-13gacha
10-14 gacha
|
Elektromagnit nurlarning asosiy tavsifi bu to`lqin uzunligi λ yoki tebranmasi ν (ko`pincha tebranmani o`rniga to`lqin soni ν ishlatiladi).
Elektromagnit spektr bu – elektromagnit nurlanishning har xil to`lqin uzunligidir.
|
| |