1-amaliy ish. “Klient server” texnologiyasi. Amaliy qatlamning
protokollari.
Reja:
1.
Klient-server texnologiyasi
2.
Amaliy qatlamning ishlash prinsipi
3.
Amaliy qatlam protokollari
Ishdan maqsad. “Klient server” texnologiyasini o‘rganish, Amaliy
qatlamning protokollari ishlash tizimini ko‘rib chiqish.
Nazariy qism.
Klient-server texnologiyasi: Hozirda Web-sahifaning rivojlanishi yanada
interaktiv pog‘onasiga chiqqan. Web-saytlar asta
sekinlik bilan ilovalar
interfeysiga o‘xshab bormoqda. Bularning barchasi zamonaviy Web-dasturlash
texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda.
Web-dasturlash texnologiyalarini, dasturlarini asosan ikkita qismga
ajratish mumkin: klient tomonidagi dasturlarlash (client-side) va server
tomonidagi (serverside). Ushbu texnologiyalarni
tushunish uchun avvalo
bevosita "klient-server" texnologiyasini tushunish kerak. Web-sahifaning
interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi. Bunday atama dasturning natijasiga
bog‘liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy vazifasi Web-sahifasida
foydalanuvchi holatiga, harakatiga «reaksiya» berishdir.
Shu tariqa ssenariylar klient tomonida bajariluvchi
va server tomonida
bajariluvchi ssenariylarga bo‘linadi. Klient tomonida bajariluvchi ssenariylar
brouzer yordamida bajariladi. Server tomonida bajariluvchi ssenariylar esa
Web-server yordamida bajariladi. (1-rasm)
Klient
tomonidagi
ssenariylar
Klient
tomonidagi
ssenariylar
foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini serverga
murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko‘p hollarda bu
ssenariylar JavaScript va
VBScript tillarida yoziladi.
JavaScript bu til Netscape va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan
bo‘lib, Web-sahifaning fo‘nksional imkoniyatlarini orttirish maqsadida
qo‘llaniladi. JavaScript yordamida odatda ma’lumotli va muloqot oynalarini
chiqarish, animatsiyalarni ko‘rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin.
Bundan
tashqari, JavaScript-ssenariy ba’zan o‘zi ishlab turgan brauzer va platforma
tipini aniqlash mumkin. JavaScriptssenariylar foydalanuvchi tomonidan
kiritilayotgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
VBScript VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan
bo‘lib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer
va Microsoft
Internet Information Server (IIS) lar bilan ishlashga mo‘ljallangan tildir.
VBScript tilining
JavaScript tili bilan
umumiy qisimlari bir nechta, jumladan u aynan
Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qo‘llanish sohasini cheklay
olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli til hisoblanib,
Microsoft ning
Web- texnologiyalari bilan hamkorlikda ishlay oladi, masalan ASP (Active Server
Page) bilan. Shunga qaramay VBScript klient tomonida ishlovchi ssenariy
hisoblanadi, ASP esa server tomonida ishlaydi.
1-rasm. Web-server
Mijoz-server - serverlar deb nomlangan xizmat ko'rsatuvchi provayderlar
va xizmat ko'rsatuvchi mijozlar o'rtasida taqsimlanadigan vazifalar yoki tarmoq
yuklari taqsimlanadigan hisoblash yoki tarmoq me'morchiligi.
Ko'pincha mijozlar va serverlar kompyuter tarmog'i orqali o'zaro ishlaydi
va har xil jismoniy qurilmalar yoki dasturlar bo'lishi mumkin.