3-rasm. File Transfer Access
and Management
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – electron pochta almashinuvi
uchun
Internet global tarmoq pro-tokoli; FTP (File Transfer Protocol) –
fayllar
uzatish uchun
Internet global tarmoq protokoli;
SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi,
tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
Telnet – Internet global tarmoq protokoli,
u uzoqdagi xostlarni qayd
qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
TCP/IP: TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet
Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday
o‘lchamdagi mahalliy tarmoq larda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan
Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.TCP/IP
protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z
nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.TCP (Transmission Control
Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar
stekidan foydalanib
tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi. (4-rasm)
IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat
bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining
biridan foydalanadi, masalan
TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart
protokollaridan foydalangani uchun uni har
qanday tarmoq texnologiyasi
qullanganda va har qanday operatsion tizimli kompyuterlarda ishlatish mumkin
bo‘ladi.