• Birlamchi model
  • (http://www.ou.uk)
  • (http://www.une.edu.au)
  • (http://www.massey.ac.nz
  • (http://www.ola.bc.ca)
  • Validatsiya.
  • Reja: Masofadan o`qitish tizimlari Masofaviy ta'lim modellari. Interaktiv bo`lmagan texnologiyalar




    Download 362 Kb.
    bet2/7
    Sana10.02.2023
    Hajmi362 Kb.
    #41768
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    11 Mavzu Masofaviy ta’lim texnologiyalari va LMS
    ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide
    Masofaviy ta'lim modellari.

    Masofaviy ta'lim (MT) - bu o`qituvchi va o`quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi.


    Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo`lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mo`taxasislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.
    Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o`qituvchiga biriktirilgan bo`lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo`limlar bo`lishi shart. Shunday o`quv kurslarda o`qituvchi va o`quvchilarga o`quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi.
    Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta'limni olish mumkin.
    Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o`quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o`quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko`p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo`nalishlarni izlanishlarida qullaniladi.
    Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta'limni olish mumkin.
    Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O`quvchilar o`quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o`qiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar o`tkazish ham kiradi.
    Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta'limni olish mumkin.
    Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o`quv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o`quvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o`rnida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o`quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur bo`ladi.
    Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O`quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta'limni olish mumkin.
    Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o’zlari yaratgan o`quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida etakchi bo`lgan o`quv muassasa bu sohada ilk qadam qo’yadigan muassasaga o’zining o`quv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o`quvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi.
    Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Evropa Universitetlari bilan bo`lgan hamkorligi bo`lishi mumkin.
    Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo`lgan munosabatlariga o`xshash. Bu modelda bitta universitet o`quv kurs, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o`quvchilarni ta'minlaydi.

    Download 362 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 362 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Masofadan o`qitish tizimlari Masofaviy ta'lim modellari. Interaktiv bo`lmagan texnologiyalar

    Download 362 Kb.