MOTIVATSIYANING MAZMUNLI NAZARIYALARI




Download 16,28 Kb.
bet2/4
Sana21.02.2024
Hajmi16,28 Kb.
#160138
1   2   3   4
Bog'liq
Motivatsiya tushunchasi va evolyutsiyasi-fayllar.org

MOTIVATSIYANING MAZMUNLI NAZARIYALARI. Mazmunli motivatsiya nazariyasi birinchidan odamlarning ishlashga undaydigan extiyojlarni aniklashga xarakat kiladi. Zamonaviy motivatsiya konsepsiyasiga asos solgan uch kishining ishi asosiy urin egallaydi. Bular Abraxam Maslou, Frederik Gersberg va Devid MakKlelland.
Maslou buyicha extiyojlar iyerarxiyasi nazariyasi. Asrimizning 40-yillarida motivatsiya nazariyasini yaratayotgan A. Maslou odamzotning extiyojlarini juda xam turli xil deb ta’kidlagan, ammo bu extiyojlarni 5 asosiy kategoriyasiga ajratgan.
  1. Fiziologik extiyojlar – bu yashab kolish uchun kerak bulgan extiyojlar.


  2. Xavfsizlikka va ertangi kunga bulgan ishonch extiyoji.


  3. Ijtimoiy extiyoj yoki boshkacha uni kimlargadir yoki nimalargadir tegishlilik xissi.


  4. Xurmatga bulgan extiyoj.


  5. Uz-uzini namoyon kilish extiyoj.


Maslou kategoriyasiga binoan, bu extiyojlar anik keraklik strukturaga ega va toki pastki extiyojlar kondirilmasa, yukoridagi joylashgan extiyojlar talab etilmaydi, ya’ni boshkacha kilib aytganda, yukori darajadagi extiyojlar odam xatti-xarakatida asosiy omilini aks ettirishi uchun, pastda joylashgan extiyojlar kondirilgan bulishi kerak.


Turli darajadagi raxbarlar shuni tushunishlari kerakki, odamzotni motivlashtirishda uning extiyoji asosiy urin egallaydi. Anik bir xodimni motivlashtirish uchun, raxbar xodimni shunday yunaltirishi kerakki, u tashkilot maksadi sari intilsin va tashkilot maksadiga erishgandan keyin raxbar xodimning asosiy extiyojlarini kondirishga imkoniyat yaratsin.
Maslou nazariyasining asosiy kamchiligi, u odamzot extiyojlarini aniklab berdi, ammo xar bir odamning indivudial extiyojini xisobga olmagan. Edvard Louler aksincha shaxsiy extiyojlar kerakli strukturasini kursatdi, unda odamning extiyoji va xoxishi utgan davrga karab aniklandi.
MakKlellandning extiyojlar nazariyasi. Yukori darajadagi extiyojlarga asos solgan Devid MakKlelland motivatsiya modeli mavjud. Uning fikricha odamlarga 3 xil extiyojlar xos, ya’ni xokimlik kilish, muvaffakiyatga erishish va daxldorlikka bulgan extiyojlar.
Xokimlik kilishga bulgan extiyoj – bu boshka odamlarga uz ta’sirini utkazish extiyojidir. Bu extiyoj Maslou buyicha extiyojlar iyerarxiyasida xurmatga va uzini namoyon kilishga bulgan extiyojlar orasiga tugri keladi.
Muvaffakiyatga erishish extiyoji xam xurmatga bulgan extiyojlar orasida joylashgan.
Daxldorlikka bulgan extiyoji rivojlangan odamlarga keng mikyosda ijtimoiy mulokot bera oladigan ishlar berilishi kerak.
Gersbergning motivatsiya-gigiyena nazariyasi. 50-yillarning ikkinchi yarmida Frederik Gersberg uz yordamchilari bilan extiyojlarga asoslangan motivatsiya modelini yaratdi. Gersbergga binoan, ikkita asosiy kategoriya kiritildi, Bular «gigiyenik omillar» va «motivatsiya».
Gigiyenik omillarga bu ish bajariladigan atrof-muxit tushunilsa, motivatsiyaga – ishning xarakteri va mazmuni tushuniladi. Gigiyenik omillarning bulmasligi ishga nisbatan konikmasligini keltirib chikaradi, ammo gigiyenik omillar yetarlicha bulsa, uz-uzidan ishdan konikishni keltirib chikarmaydi va biror bir narsaga odamni motivlantira olmaydi.
Gersbergning motivatsiya nazariyasining Maslou nazariyasi bilan uxshashligi katta. Gersbergning gigiyenik omili Maslouning birlamchi extiyojlar bilan motivatsiya esa ikkilamchi extiyojlar bilan mos kelsa, ammo bir joyda ular bir-biriga karama-karshi buladi. Maslouning fikricha, gigiyenik omil xatti-xarakatining u yoki bu yunalishini belgilaydi. Agar raxbar bu extiyojning bir kismini kondirsa, javoban ishchi yaxshi ishlaydi. Gersberg esa aksincha uylagan, uning fikricha ishchi gigiyenik omillar amalga oshirish notugri va adolatsiz xolatlargagina e’tibor beradi. Gersbergning bu nazariyasi kupgina tashkilotlarda muvaffakiyatli amalda kullanilgan bulsa, kamchiliklari xam bor edi. Bu asosan izlanish usuli bilan boglik edi. Odamlarning extiyojlari turli xil bulganligi sababli motivlantiruvchi omillar xam xar xil buladi.



Download 16,28 Kb.
1   2   3   4




Download 16,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MOTIVATSIYANING MAZMUNLI NAZARIYALARI

Download 16,28 Kb.