|
Reja: Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi
|
bet | 6/10 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 42,58 Kb. | | #262050 |
Bog'liq Reja Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi6-mavzu: Neftning tasnifi.
Reja:
1. Kirish.
2. Neftning fizik-kimyoviy xossalari.
3. Neftning tarkibiy qismi va ularni o'rganish.
4. Benzin va dizel yoqilg'ilari tarkibida uchraydigan smola va smola hosil qiluvchi birikmalar.
5. Yoqilg'i turlari va ularning yonish issiqligi.
Kirish. Neftning fizik-kimyoviy xossalari.
Neftning tarkibiy qismi va ularni o'rganish.
Neft hamda gaz yer qobig'iniig turli chuqurlikdagi qatlamlarida turli-tuman g'ovak va boshqa tog' jinslari orasida yotadi. Bosim, temperatura va ichki oʻzgarishlar ta'sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin. Tashqi ko'rinishlarga ko'ra neft o'ziga hos hidli quyuq moysimon suyuqlik turli tusdagi Jigar rang ko'rinishga ega. Neftning zichligi 770-920kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDJ/kg. Neftda uglerod miqdori taxminan 84-86%, vodorod miqdori - 10-14%, oltingugurt, kislorod va azot miqdori 1-3% bo'ladi. Massa bo'yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi.
Tarkibidagi elementlarning o'xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil boʻladi. Bunga sabab, uglerod va vodorod atomlarining o'zaro turli shaklda birika olishida. Neftning asosiy sifatini belgilaydiganlaridan yana biri bu uning fraksion tarkibidir. Fraksion tarkib laboratoriyada neftni har xil haroratda haydash yo'li bilan aniqlanadi. Avval qaynash darajasi past, molyar masasi kichik moddalar haydaladi, so'ngra yuqori haroratda molekulyar massasi yuqori bo'lgan moddalar haydaladi. Ichki yonuv dvigatellarida yonilg'innng ximiyaviy energiyasi issiqlik energiyasiga, issiqlik energiyasi esa mexanik ishga aylanadi, dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti qancha yuqori boʻlsa, uning ko'rsatkichlari ham shuncha yuqori bo'ladi. Yonuvchi aralashma hosil boʻlish harakteriga ko'ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo'ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil boʻladigan karbyuratorli dvigatellarga boʻlinadi. Neftdan olingan barcha yonilg'ilar turli qaynash temperaturasiga ega bo'lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Masalan, benzin 35-200°C da qaynaydi, dizel yonilg'isi esa, 170-360°C temperaturada qaynaydi. Qishki sort yonilg'i va benzinlar yengil fraksion tarkibga ega va ular past temperaturada bug'lanishlari lozim. Yonilg'i sifati koʻrsatiladigan pasportlarda bugʻlanuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi, Fraksion tarkib quyidagicha aniqlanadn. Maxsus priborda 100 ml yonilg'i qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan bug'lar sovitiladi, natijada u suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik o'lchov silindriga yig'iladi, Haydash vaqtida avval benzinning qaynay boshlash temperaturasi, so'ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bug'lanish temperatusasi hamda, qaynab bugʻlanish oxiridagi tenperaturasi yozib qo'yiladi (dizel yonilg'isi uchun faqat 50 va 97 % qaynash nuqtalari yozib qo'yiladi). Bu maʼlumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarida keltiriladi. Bazi yonilgʻilarning haydash egri chizig'i rasmda koʻrsatilgan. Yonilg'ida osongina bug'lanadigan fraksiyalarning juda ko'p bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel dvigatellarida yonilg'i kuchli yonadi, karbyuratorli dvigatellarning yonilg'i naychalarida bugʻlar tiqilib qoladi, buning natijasida dvigatel meyorda ishlamaydi (o'ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba'zan to'xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin boʻlmaydi). Bu hodisa koʻpincha qishki sort benzinlarni yozda ishlatishda sodir boʻladi. Shuning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi, benzii qaynay boshlash temperaturasi 35 °C dan past bo'lmasligi lozim.
Yonilg'ining 10% dan 95% gacha qismi qaynab bug'lanadigan temperatura uning asosiy qismining bug'lanishini harakterlaydi. U ishchi fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish harakteri, qizish muddati karbyuratorli dviga-tellarni bir ishchi rejimidan boshqasiga tez o'tkazish imkoniyati (yoqilg'ini qabul qiluvchanligi) ishchi fraksiyasiga bogʻliq. Stendlarda ishchi fraksiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan meyorlanadi. U qancha past bo'lsa, yonilg'ining tarkibi va uning xossalari shuncha bir-biriga yaqin boʻladi, hamda dvigatel shuncha turg'un ishlaydi. 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug'lanishning oxirigacha ogʻir uglevo-dorodlar bugʻlanadi (egri chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi temperaturalar farqi qancha kam bo'lsa, yonilg'ining sifati, uning tejamligi shuncha ko'p bo'ladi va dvigatellar shuncha kam yeyiladi. Yonilg'ida ogʻir uglevo-dorodlarning bo'lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular batamom bugʻla-nib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, porshen halqalari orasida-gi timqishdan dvigatel karteriga tushadi, surkov moylarini yuvib ketadi, moyni suyultiradi, natijada detallar tez yeyiladi va yonilg'i sarfi ortadi. Yonilg'ining fraksion tarkibi karburatorli dvigagellar uchun muhim ahamiyatga ega. Dizellarda yonilg'ining toʻzitilish sifati, chiqayotgan gazning tutashi, qurum hosil boʻlish tezligi ham yonilg'ining fraksion tarkibiga bog'liq. Agar dizel yonilg'isida yengil uglevodorodlar ko'p bo'lsa, dizel qattiqrok taqillab ishlaydi, qaynash temperaturasi yuqori bo'lgan og'ir yonilg'i yirik tomchilar tarzida to'zitiladi, bunda yonuvchi aralashma sifati yomonlashadi va yonilg'i sarfi ortadi. Ish bajargan gazlar qorayib chiqadi, silindr-porshen gruppasi zonasida quran miqdori ortadi, forsunkalar to'zitgichi koloslanis qoladi. Zamonaviy kuchli dizellar faqat ma'lum fraksion tarkibga ega boʻlgan yonilg'i bilangina yaxshi ishlashi mumkin. Yonilg'ining bug'lanuvchanligi, uning qovushqoqligi, zichligi va boshqa fizik xossalari ham dvigatellaming ekspluatatsion xossalariga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, benzin uchun to'yingan bug' bosimining (bugʻlanish sodir bo'ladigan idish devorlariga tushadigan bug' bosimining) meyori belgilangan. Bu bosim MPa da yoki simob ustunining millimetri bilan o'lchanadi. Yozgi benzinlar uchun bu bosim 0.06 MPa dan (500 mm simob ustuni) oshmasligi zarur, shunda gaz tiqilib qolmaydi. Yilning sovuq vaqtida dvigatellarni yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun qishki sort benzinlarining bosimi 0.06-0.09 MPa(500-700 mm simob ustuni) bo'lishi lozim. O't oldirish temperaturasi yonilg'ining fraksion tarkibi bilan uzviy bog'liq. Bu temperaturada neft mahsulotlari havo bilan birga yonuvchi aralashma hosil qiladi. Shu aralashrua olov manbaiga yaqinlashtirilganda alanganadi. Benzinning o't oldirish temperaturasi juda past bo'lib, hatto benzin qor ustida to'kilganda har uning bug'lari osongina o't oladi. Shuning uchun hamma benzinlar ham oson alangalanadigan, ham portlovchi suyuqliklar hisoblanadi. Kerosinlar va dizel yonilg'isining ba'zi sörtlari ham oson alangalanadi, ulaming bug'lari 25-300Cida va 350C dan yuqori musbat temperaturalarda alangalanadi. Benzin va dizel yoqilg'ilari tarkibida uchraydigan smola va smola hosil qiluvchi birikmalar Benzin va dizel yonilg'isida deyarli har doim erigan holda smola va smola hosil qiluvchi birikmalar boʻladi. Yonilg'i tarkbidagi smolalar yonilg'i baklari tubiga va quvurlar devorlariga o'tiradi, karbyuratorli dvigatellarning jikdyorlarini berkitib qo'yadi. Smolali birikmalar karbyuratorli dvigatellar chiqarish kollektorlarining issiq devorlarida, dizel forsunkalarining o'zagida, klapanlarida va porshenlar tubida, yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham to'planadi. Qurumlar ko'p to'planganda dvigatelning yeyilishi ortadi, yonilg'ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg'i sarti ortadi, ba'zi dvigatel butunlay ishdan chiqadi. Smola hosil qiluvchi moddalar jumlasiga, masalan, to'yinmagan uglevodorodlar kiradi. Ular vaqt o'tishi bilan, yuqori temperatura, havodag kislorod va boshqa omillar ta'siri ostida suolalarga aylanadi (ular koʻpincha potensial smolalar deb ataladi) jarayon davomida keyinchalik lak hosil qiladi. Standardarda haqiqiy smolalarning miqdori meyorlanadi. Ularning aniqlashning mohiyati ma'lum miqdorlardagi yonilg'ilarni issiq havo bilan yuqori temperaturada (benzinni 150°C, dizel yonilgisini 250°C da) bug'lantirishdan iborat. Yonilg'i bug'latilgandan keyin qolgan qoldiq haqiqiy smolalar miqdorini bildiradi. U 100ml yorilg'i hisobiga milligrammda o'lchanadi. Benzinning turli markalari uchun bu miqdor 7-15 mg/100 ml, dizel yolg'isi uchun 30-50 mg/100 ml ga teng. Benzinning oksidlanib smolali moddalar hosil qilishga moyilligi (barqarorligi) induksion davr bilan baholanadi. Bu davr benzinning tashish, saqlash va undan foydalanish sharoitlari toʻgʻri bo'lganda o'z tarkibini o'zgartirmasdan saqlash hususiyatini belgilaydi. Bu ko'rsatgich laboratoriya qurilmasida benzinni sun'iy ravishda oksidlab aniqlanadi. (0.7 MPa=7kgk/sm2) bosimda, quruq va toza kislorod atmosferasida, 100°C temperaturada). Induksion davr benzin oksidlana boshlagan vaqtdan to kislorodni faol yuta boshlaguncha oʻtgan vaqtdir. Bu vaqt minutlarda oʻlchanadi. Turli markadagi benzinlar uchun bu qiymat 600-900 min.ga, sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 min.ga teng. Ko'pincha hozirgi zamon benzin markalari uchun induksion davr kamida 900 min ga teng. Tekshirishlar bunday benzinni 1-1,5 yil mobaynida saqlash mumkinligini, bunda sifati sezilarli darajada oʻzgarmasligini koʻrsatadi. Karbyuratorli dvigatellarda smolali oʻtirindilar koʻpincha benzin tindirgichlarda, karbyurator detallarida to'planadi. Yonuvchi aralashma hosil boʻlish jarayonida smolali birikmalar bug'lana olmay, so'rish trubalari va klapanlarga o'tiradi. Natijada klapan berkilmasdan, osilib qoladi. Yonish jarayoni juda murakkab boʻlib, keng tarqalganligiga qaramasdan, kam o'rganilgan. Har qanday yonilg'i yonishi natijasida karbonat angidrid, suv bug'lari va oltingugurt oksidlar (agar yonilg'ida oltingugurt boʻlsa) hosil boʻladi. Lekin bular hosil bo'lguniga qadar yonilg'ida ancha o'zgarishlar boʻladi, chunonchi uning molekulalaridagi bog'lar uziladi, atomlarining holati oʻzgaradi. Har xil bug' va gazlar ajralib chiqadi. Bu bug' va gazlar kislorod bilan birikkanda alanga hosil qiladi. Yonilg'i qoldig'i alangasiz yonib tutaydi. Yonish jarayonida gazlarning temperaturasi 1500-2400°C ga yetadi. Yonilg'ining yonishida aralashma kamerasiga beriladigan havoning miqdori katta rol o'ynaydi. Agar u yetarli bo'lmasa, yonilg'i sekin yonadi, temperatura past bo'ladi, chala yonish mahsulari, ya'ni uglerod (II)-oksid, qurum va boshqalar hosil boʻladi. Ish bajargan gazlar to'q rangda, ba'zan qora rangda chiqadi, Havo miqdorini keragidan oshirib yuborish ham yaramaydi. Havoda kislorod hajm bo'yicha faqat 21% ni, qolganini esa inert gaz-azot N2 tashkil etadi. Demak, ko'p havo berilsa, Issiqlikning anchagina qismi azot va ortiqcha kislorodni isitishga sarflanadi, bunda temperatura pasayadi, yonish tezligi kamayadi, yonilg'i ortiqcha sarf bo'ladi. Dvigatelning suyuq aralashmada ham, quyuq aralashmada ham ishlash rejimi foydali emas. Birinchi holda yonuvchi aralashma ko'p miqdorda inert azot va ortiqcha kislorod vositasida suyuladi, yonish tezligi va ikkinchi holda kislorod yetarli boʻlmaydi, yonilg'ining chala yonish mahsulotlari paydo boʻladi, qurum ko'payadi, dvigatel tutaydi, yonilg'i sarfi ortadi, quvvati kamayadi. Barcha tipdagi dvigatellarning hamma ish rejimlarida yonilg'ining to'la yonishiga bunda ortiqcha havo koeffitsiyenti mumkin qadar kichik bo'lishiga erishish zarur. Quyida turli dvigatellarda va issiqlik-kuch moslamalarida yonilg'i yonishi uchun kerak bo'ladigan ortiqcha havo koeffitsiyentining taxminiy qiymatlari keltirilgan:
Yonish issiqligi deb, yonilg'ining massa birligi -1 kg suyuq yoki qattiq yonilg'i 1 m3 gazsimon yonilg'i to'la yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Xalqaro birliklar sistemasi Siga ko'ra barcha energiya turlari Joulda (J) oʻlchanadi. Joul-1 Nyuton (N) kuch 1 m yo'lda bajargan ish. Joul uncha katta bo'lmagani uchun ko'pincha Jouldan 1000 marta katta boʻlgan kiloJouldan (kJ) foydalaniladi. Ilgari issiqlik kaloriyalarda (kal) va kilokaloriyalarda (kkal) o'lchanardi, I kal=4.1868 J; 1 kkal=4.1868 kJ. Turli markadagi suyuq yonilgilar (dizel yonilg'isi, benzin) to'la yonganda deyarli bir xil miqdorda issiqlik ajraladi. Uning, foydali (yoki past) yonish issiqligi Qpast-10200- 10500 kkal/kg yoki 42500-43800 kJ/kg ga teng. Dvigatelga yonilg'i emas, balki yonilg'i va havodan iborat yonuvchi aralashma keladi. Yonilg'ining issiqligi ortadi, yonish uchun ko'proq havo berilganda esa kamayadn. Yonilgi bugʻlarining havo bilan har qanday aralashmasi ham dvigat dda alangalanib yonavermaydi. Aralashmaning yuqori va past alangalanish chegaralari bo'ladi, aralashmaning yuqori chegarasida havoda yonilg'i bug'lari shuncha miqdorda boʻladiki, aralashana bundan ham quyuqlashib ketganda u alangalanmaydigan boʻlib qoladi. Alangalanishning past chegarasida havoda yonilg'i bug'lari yetarli bo'lmaydi, agar endi aralashma bundan ham suyuqlashsa, u yonmaydigan bo'lib koladi. a=0.45-0.5 boʻlganda benrianing alangalanish chegarasi yuqori, a -1.35-1.40 da esa past bo'ladi. Bosim va temperatura ko'tarilish bilan bu chegaralar bir az kattalashadi.
|
| |