• O‘zbekneftgaz”: O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” yuqori sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi
  • -Mavzu: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi




    Download 42,58 Kb.
    bet9/10
    Sana10.06.2024
    Hajmi42,58 Kb.
    #262050
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Reja Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi

    9-Mavzu: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi.

    Reja:

    BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI — neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Buxoro viloyati Qorovulbozor sh. da joylashgan. «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. 1993-y. da qurilishi boshlanib, 1997-y. avg. da ishga tushirilgan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi gaz va neft konlari (asojcaH Koʻkdumaloq gaz kondensatы koni) asosida ishlaydi. Turli neft mahsulotlari — yuqori oktanli benzin (AI93, A76), dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan, propanbutan, oltingugurt) va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birinchi navbatining yillik loyiha quvvati 2,5 mln. t gaz kondensatami qayta ishlashga moʻljallangan. 3dning loyiha kiymati deyarli 500 mln. dollarKorxona qurilishini moliyaviy jihatdan taʼminlash va qurilish jarayonida xorijiy mamlakatlarning koʻpgina banklari, kompaniyalari va firmalari ishtirok etdi. «Cheyz Manxetten» (Amerika), «Kredi Kommersial de Frans», «Pariba» (Fransiya), Yaponiya va AQSH ning eksportimport banklari moliyaviy koʻmagidan foydalanildi. Loyihaning texnologik qismini amalga oshirish uchun Fransiyaning «Technip» firmasi, Yaponiyaning «Marubeni» va «JeGiSi» kompaniyalari ishtirokida konsorsium tashkil etildi, Turkiyaning «Gama» kompaniyasi va Oʻzbekistonning quruvchidchri qurilishmontaj ishlarini bajardi. 3d mahsulotlari eksport ham qilinadi.
    O‘zbekneftgaz”: O‘zbekistonda ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” yuqori sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligini ta’minlash, neft mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, iste’molchilarning sifatli neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, yuqori sifatli ekologik toza bo‘lgan dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yildi hamda qisqa davrda ijobiy natijalarga erishildi.

    Zavod mutaxassislari tomonidan gazoilni gidrotozalash qurilmasidagi reaktorning ish tartibi uchun eng yaxshi texnologik variantlarni tanlash yo‘li orqali jarayonni optimallashtirish bo‘yicha ishlar bajarildi. Bu esa o‘z navbatida, yuqori ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkonini berdi.


    Shu tarzda, O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
    O‘z navbatida, O’zDSt 989:2010 “YeVRO dizel yonilg‘isi. Texnik shartlar” talablariga javob beruvchi DT-YeVRO-L-III-K5 (EVRO-6) markali dizel yonilg‘isini seriyali ishlab chiqarish uchun Ts 16472899-044:2021 tashkilotining muvofiqlik sertifikati olindi.
    Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “Yevro-6” rusumidagi ekologik toza dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish muvaffaqiyatli davom ettirilib, 1150 tonna mazkur rusumdagi dizel ishlab chiqarilishiga erishildi hamda birja savdolari orqali respublika iste’molchilariga taklif etildi.



    Download 42,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 42,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi

    Download 42,58 Kb.