|
-mavzu: Neftning fizik-kimyoviy xususiyati
|
bet | 2/10 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 42,58 Kb. | | #262050 |
Bog'liq Reja Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi2-mavzu: Neftning fizik-kimyoviy xususiyati.
Reja:
1. Neftning òziga xos xususiyatlari.
2. Neftning qadim zamonlardan ishlatilib kelishi.
3. Neftni ishlab chiqarish usullari.
Neft (turkcha: neft; forscha: نفت - naft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.²Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.Neft Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg. K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng. Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.Neft juda qadimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qadimiy davlatlarda aholi Neft va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida milloddan 4—6 ming yil avval, ikki daryo oraligʻida joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qadimgi Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neftdan ishlatganliklari qayd etilgan. Neft kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat Neft bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mashhur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "yer moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Qadimda sharqda Neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil Neftdan Genuya (Italiya) koʻchalarini yoritishda foydalanganliklari maʼlum.Neft chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Miloddan avvalgi Kissiyada Neft quduqlardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Suriyada Neft ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni burgʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, quduqlardagi tayyor Neftni yigʻib olganlar. 15-asrda Italiyada Neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib Neft olingan. 1868-yilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan Neft yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa Neft yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan Neft chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuqurligi 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.19-asrning 60-yillaridan Neft burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865-yilda AQShda birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. Neftni burgʻi quduqlari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.Neftni chiqarish uchun neft atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi neft quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich neft zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, tashqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan neftning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada neftning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin neft kompressor yordamida chikariladi.Neftni kompressor bilan chiqarishda quduqga neft gazi yoki havo haydaladi; ular neftga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada neft va gaz aralashmasining sathi quduq yuzasigacha koʻtarilib, neftning favvora boʻlib otilishi davom etadi. Neft quduqlardan neft nasosi yordamida ham chiqariladi.Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi neft chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. Neft konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida Neft chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda Neft qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin.
|
| |