-mavzu: Choʻrtan gaz kimyo jamlanmasi va Uz-Kor Gas Chemisal MShJ




Download 42,58 Kb.
bet7/10
Sana10.06.2024
Hajmi42,58 Kb.
#262050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi

7-mavzu: Choʻrtan gaz kimyo jamlanmasi va Uz-Kor Gas Chemisal MShJ.

Reja:
1.Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi hozirgi kunda.
2.Ishlab chiqariladigan mahsulotlar.
3. Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi tarixi haqida.

Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi – O'zbekistondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar sho'ba korxona. Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanidagi Sho'rtan shaharchasida joylashgan. 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilg'i gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plenkalar ishlab chiqaradi.Mamlakatning eng yirik soliq to'lovchi 20 ta korxonasidan biri (2020) SHo'rtan GKM qurilishi 1998-yildan boshlangan. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining mustaqillik yillarida amalga oshirgan eng yaxshi loyihalaridan va xalqaro hamkorlik mahsullaridan biridir. 2001-yilda ishga tushirildi. 2002-yil 15- avgustda birinchi polietilen olindi. Majmua qurilishida AQShning "ABB Lummus Global", "Honeywell", Germaniyaning "Fisher", "Ermafa", Kanadaning "Nova Chemicals", Italiyaning "Renco", "ABB Soimi", Yaponiyaning "Mitsui", "Nisho Ivai", Fransiyaning "Upedex", Rossiyaning "Soyuzvneshtrans", VNIIGaz firma va kompaniyalari faol qatnashdi. Shuningdek, AQSH ning "Eksimbank", "Cheyz Manxetten Bank", Fransiyaning "Pariba", Germaniyaning "Kommersbank", Yaponiyaning "Eksimbank", "Germes" sug'urta agentligi o'z investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen granula (donacha)lari ishlab chiqaradigan zddan iborat.


Loyiha quvvatiga ko'ra, majmua bir yilda 4,2 mlrd. m³gazni qayta ishlaydi, 125 ming t polietilen granulalari, 137 ming t suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz kondensati, 4 ming t donador oltingugurt, shuningdek, 4,2 mlrd. m³ tovar gaz (yoqilg'i) ishlab chiqaradi. 2004-yilda 100 ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6 mlrd.m3tovar gaz, 100 t oltingugurt ishlab chiqarildi. Majmua mahsulotining 60% dan ortig'i xorij - Ukraina, Rossiya, Qozog'iston, Boltiqbo'yi, Polsha, Vengriya, Avstriya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarga eksport qilinadi.
1996-yil 11-noyabr O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi ning "Polietilen mahsulotlari ishlab chiqaradigan Sho'rtan gaz-kimyo majmui qurilishi to'g'risida" gi 395-sonli Qarori qabul qilindi.
1998-yil 13-iyun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning "O'zbekneftgaz korporatsiyasi markasiy apparati tarkibida Sho'rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini tashkil etish to'g'risida" gi 249-sonli Qarori qabul qilindi. G'uzorda majmua qurilishi boshlandi.
1998-yil fevral "O'zbekneftgaz" MXK ABB Lummus Global (AQSh), ABB Soimi (Italiya), Mitsui & Co, Toyo Engineering, Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasining texnologik qismini "foydalanishga tayyor holgacha" qurilishini amalga oshirish to'g'risida shartnoma imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati $500 mln. ni tashkil qiladi, bu mablag'ning taxminan yarmi xalqaro konsorsium ishtirokchilari tomonidan moliyalashtiriladi.
2001-yil 21-dekabr Majmuaning rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi. Marosimda o'sha paytdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va yuqori darajadagi ishtirok etdi.
2002-yil 30-iyul kuni majmuada spesifikatsiyasiga ko'ra birinchi polimer etileni olindi. Loyihalash paytida majmua yiliga 140 ming tonna etilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. 15-avgust kuni UzClear savdo belgisi ostidagi birinchi "o'zbek" polietileni ishlab chiqarildi. Loyihalash paytida majmua yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.
2004-yil sentabr oyida AQShda "Mahsulot sifati uchun" mukofoti, Shveysariya (Jeneva shahri) da "Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib ko'rsatkichi uchun" medali bilan taqdirlandi.
2005-yil Shahrisabz tumani Miraki qishlog'ida "Lochin" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi ishga tushirildi. Oromgohda neft-gaz tizimida ishlovchi xodimlarning farzandlari xordiq chiqaradi. Shu yili TUV CERT (Germaniya) sertifikatlashtirish tashkiloti yordamida korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi va sertifikat olindi.
2006-yil Sho'rtan GKM hisobidan Nishon tumani Nuriston shaharchasida "Erkatoy" bolalar bog'chasi hamda 844 o'rinli maktab qurib beildi. 10-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qarshitermoplast davlat korxonasini qayta tashkil etish to'g'risida" gi PQ-406-sonli Qarori bilan "Qarshitermoplast" korxonasi majmua balansiga o'tkazildi va kimyoviy jihatdan barqaror bo'lgan 0- 40C gacha haroratdagi suyuq va gazsimon moddalarni uzatish uchun diametri 25 mm. dan 250 mm. gacha bo'lgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
2007-yil Dekabr oyida "Qarshitermoplast" korxonasida polietilen quvurlarni bog'lovchi qismlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
2008-yil OHSAS 18001 kasbiy sog'liq va xavfaizlikni boshqarish tizimiga muvofiq xalqaro standart talablariga javob beradigan kasbiy xavfaizlik va sog'liq tizimi joriy etildi.
2009-yil lyul oyida suvi tanqis boʻlgan hududlardagi xo'jaliklar uchun tomchilatib sug'orish tizimi butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan liniya ishga tushirildi.
2010-yil Navoiy EIZda Sho'rtan GKMning "Polietilen quvurlari" sho'ba korxonasi tashkil etildi. Maay oyida polietilen quvurlar assortimenti 315 mm. dan 630 mm. gacha bo'lgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi. Aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga moʻljallangan alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga mo'ljallangan liniya ishga tushirildi.
2011-yil Dehqonobod tumani da makaron va pechenie mahsulotlari hamda energiya tejovchi chiroqlar (uchchalasi alohida-alohida joyda joylashgan) ishlab chiqarish sexi ochildi.
2012-yil ShGKM yordamchi xoʻjaligida parrandachilik fabrikasi ochildi. 2015-yil Majmua unitar sho'ba korxona (USHK) mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida qayta tashkil etildi. "Sho'rtan GKM" MChJ qoshidagi Qarshitermoplast sexida "Polimer bo'yog'i ishlab chiqarish" loyihasi amalga oshirildi.
2017-yil Navoiy EIZdagi "Polipropilen quvurlari" ShK negizida "Shishabazalt tola asosida polipropilen trubalar ishlab chiqarish" loyihasi yo'lga qo'yildi.


Download 42,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 42,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Choʻrtan gaz kimyo jamlanmasi va Uz-Kor Gas Chemisal MShJ

Download 42,58 Kb.