Reja: Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi




Download 235,68 Kb.
bet2/7
Sana31.05.2024
Hajmi235,68 Kb.
#258593
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 ma\'ruza Murakkab geologik sharoitli

Qatlam harorati.
Qatlam haroratini o’rganish qatlam flyuidlarining xossalarini aniqlash, neft va gaz zaxiralarini hisoblash, maxsuldor qatlamni ishlatishni loyihalash va amalga oshirish, uning ish tarzini, qatlam suvlari dinamikasini o’rganish uchun, yer qobigining issiqlik maydonini tadqiq qilish uchun hamda quduqlarni sementlash va perforatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan turli texnik vazifalarni yechish uchun zarur.
Chuqurlik oshib borgan sari yer qobig’ini harorati o’sadi. Shu bilan birga yer sharining turli xududlarida chuqurlashgan sari haroratning o’sishi turlicha. Yer qobig’ining yuqori qatlamlari (10-20 km) uchun harorat o’rtacha har 33 metrga 10C ga oshadi.
Haroratning o’sishi geosinklinal viloyatlarda platformalarga nisbatan tezroq, yosh platformalarda qarilariga nisbatan tezroq bo’ladi.
Yer qobig’ida chuqurlik oshgan sari haroratning o’zgarishini tavsiflash uchun geotermik pog’ona va geotermik gradient kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Geotermik pog’ona deb chuqurlik oshgan sari tog’ jinslarining harorati 10C ga oshadigan masofaga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:

G = (H-h) / (T-t)


Bu yerda, G- geotermik pog’ona, m/0C; N-harorat o’lchangan joyning chuqurligi, m; h – doimiy haroratli qatlamning yotish chuqurligi, m; T - N chuqurlikdagi harorat, 0S; t – havoning o’rtacha yillik harorati, 0C.


Geotermik gradient deb, har 100 metr chuqurlikda haroratning o’sishiga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(T-t) 100
G = ————
N-h
Shunga muvofiq geotermik pog’ona va geotermik gradient orasidagi bog’liqlik G=100/G munosabat bilan ifodalanadi.
Haroratni mustahkamlangan yoki mustahkamlanmagan quduqda o’lchash mumkin. O’lchashdan avval quduq burg’ilash yoki ishlatish natijasida unda buzilgan harorat rejimi tiklanishi uchun 20-25 kun maboynida yopiladi. Lekin ko’pincha harorat quduq to’xtatilgandan so’ng 4-6 soat o’tib o’lchanadi. Burg’ilashda harorat odatda texnik sabablarga ko’ra to’xtatilgan quduqlarda aniqlanadi.
Nasosli qazib chiqarish quduqlarida harorat nasos quduqdan olinib o’lchanadi, bu o’lchovlar faqat ishlatilayotgan qatlam oralig’i uchun ishonchli. Quduqning boshqa oraliqlari bo’yicha ishonchli ma’lumotlar olish uchun gilli eritma bilan to’ldirish va uzoq yoki qisqa muddatga qoldirish zarur (20 kun). Bu maqsad uchun harakatsiz yoki vaqtincha konservatsiyalangan qazib chiqarish quduqlaridan foydalaniladi.
Haroratni o’lchashda gaz hosil bo’lishini va u bilan bog’liq holda tabiiy haroratning pasayishi mumkinligini hisobga olish zarur.




    1. Download 235,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 235,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Neft va gaz uyumlarining energetik tavsifi

Download 235,68 Kb.