|
Neft va gaz uyumlarining tabiiy tarzlari
|
bet | 3/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 235,68 Kb. | | #258593 |
Bog'liq 2 ma\'ruza Murakkab geologik sharoitliNeft va gaz uyumlarining tabiiy tarzlari;
Tarz (rejim) deb, neft va gazni qatlam bo’ylab quduqlar tubiga harakatlantiruvchi va tabiiy sharoitlar hamda qatlamga ta’sir ko’rsatish bo’yicha tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan qatlam energiyasining ustun turini yuzaga kelish xaraktyeriga aytiladi. U yoki bu tarzning xaraktyeri haqida vaqt maboynida neft va gaz debiti, qatlam bosimi, gaz omillarini o’zgarishi, chekka va ostki suvlarning siljishiga qarab xulosa chiqariladi.
Uyumdan flyuidlarni quduqlar tubiga siljishi va siqib chiqarilishi qatlam energiyasining asosiy manbalari bo’lgan tabiiy kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Neft va gaz uyumlarida qatlam energiyasining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: 1) ostki va chekka suvlarning siquvi; 2) neft, gaz, suv va jinslarning qayishqoqlik kuchlari; 3) neftda erigan gazning kengayishi; 4) siqilgan gazning bosimi (gaz uyumlari, neftgaz va gazneft uyumlari gaz shapkasi); 5) og’irlik kuchi; 6) neft uyumlarini ishlatish jarayonida qatlamga suv, gaz, havo haydash. Bu kuchlarning yuzaga kelishi tabiiy rezervuarning xarakteri, uyumni shakli va qavati, kollektorlik xossalari, uyumdagi flyuidlarning tarkibi va o’zaro nisbati, qatlam suvlarining ta’minot viloyatidan uzoqligi, uni ishlatish sharoitlari bilan bog’liq.
Ishlatishning har bir bosqichida neft va gaz qatlam energiyasi manbalaridan bittasining, ko’pincha bir nechtasining ta’siri ostida qazib chiqariladi. Har bir bosqichning davomiyligi qatlam energiyasining zaxiralari, asosiy manba hamda sarflanadigan qatlam energiyasini saqlashga yo’naltirilgan qatlamga ta’sir ko’rsatish tadbirlariga bog’liq. Shuning uchun uyumni ishlatish jarayonida qatlam energiyasi manbalarining yuzaga kelish xarakteriga qarab bir nechta tarzlar navbati bilan yuzaga kelishi mumkin. Uyumning morfalogiyasi, ishlatish jarayonida litologik-fatsial va kollektorlik xossalarini o’zgarishiga qarab bir vaqtni o’zida bir nechta tarz yuzaga kelishi mumkin.
Tarzlarga nom berish uyumni ishlatishni ma’lum bir davrida qatlam energiyasining asosiy manbalarini yuzaga kelish xarakteriga ko’ra qabul qilingan. Shunga muvofiq neft va gaz uyumlarini ishlatishning quyidagi turlari ajratilgan:
Neft uyumlari uchun:
suv siquvi (bosimi);
qayishqoq - suv siquvi;
gaz bosimi (gaz shapkasi tarzi);
erigan gaz tarzi;
gravitatsion;
Gaz uyumlari uchun:
gaz tarzi;
gaz-qayishqoq-suv siquvi;
gazsuv siquvi;
|
| |