• Suv siquvi tarzi
  • Konlarda mahsulot qazib olishda murakkab geologik holatlar.
  • Qayishqoq – gazsuv siquvi tarzi




    Download 235,68 Kb.
    bet7/7
    Sana31.05.2024
    Hajmi235,68 Kb.
    #258593
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2 ma\'ruza Murakkab geologik sharoitli

    Qayishqoq – gazsuv siquvi tarzi. Qayishqoq – gazsuv bosimi tarzida qatlam energiyasining asosiy manbaasi chekka suvlarning kuchsiz siquvi, suv va jinslarning hamda kengayadigan gazning qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi.
    Gaz uyumida suv va jinslarning qayishqoqlik kuchlari birdaniga yuzaga kelmaydi. Gaz uyumini ishlatishning boshlang’ich bosqichida gazning kengayish energiyasi xisobiga gaz tarzi o’rnaladi. Uning davomiyligi turli uyumlar uchun turlicha va bosimning 3-30 % ga pasayishi bilan aniqlanadi.
    Qatlam suvlari uyumga kirib qatlamning bo’shagan hajmini egallaydi. Bunda gazsuv chegarasi sekin kutarila boshlaydi. Gaz qazib chiqarishni davom etishi va qatlam bosimining pasayishi sababli uyumga suvning harakat tezligi oshadi. Bu ishlatishning yakuniy bosqichida gaz beruvchanlik usishiga imkon yaratadi.
    Bu tarzda gaz olish koeffitsienti 0,8-0,9 gacha yetadi.
    Suv siquvi tarzi. Gaz uyumining suv siquvi tarzida qatlam energiyasining asosiy manbaasi chekka (ostki) suvlarning siquvi hisoblanadi. Gaz uyumlarida suv siquvi tarzini yuzaga kelish sharoiti neft uyumlarida shu tarzni yuzaga kelish sharoiti bilan bir xil. Bu sharoit chekka suvlarning kuchli siquviga imkon yaratadi. Uyum ishga tushirilgandan so’ng olinayotgan gaz o’rnini suv to’ldirib boradi . Olingan gaz va qatlamga kirgan suv miqdori bir xil bo’lganda qatlam bosimi pasaymaydi, gaz olish jarayonida gazsuv chegarasining tobora ko’tarilishi kuzatiladi. Bu tarzda maksimal gaz olish koeffitsientiga (1 gacha) erishiladi.



      1. Konlarda mahsulot qazib olishda murakkab geologik holatlar.

    Quduqlarni burg‘ilash, neft va gaz qazib olish jarayonlarida kon geologik sharoitidan kelib chiqib turli murakkabliklar tug‘ilib turadi.
    Neft va gaz quduqlarini burg’ilash amaliyotida shu narsa aniqlanganki, qatlamni burg’i bilan ochish texnologiyasiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: qatlam bosimining kattaligi; maxsuldor qatlamning yotish chuqurligi; kollektorning xarakteri; qatlam to’yingan flyuidning tabiati; jinslarning harorati va boshqalar. Maxsuldor qatlamning ochish texnologiyasini tanlashda qatlam bosimi muhim rol o’ynaydi.
    Qatlam bosimining kattaligiga qarab kollektorlar uch guruhga bo’linadi:
    1.Anomal yuqori qatlam bosimiga (AYB) ega bo’lgan Pq >>Pgidr.
    2.Gidrostatik bosimga yaqin bosimli Pq ≥Pgidr.
    3.Gidrostatik bosimdan past bosimli Pq < Pgidr
    Anomal yuqori qatlam bosimli qatlamlar yuqori zichlikka ega bo’lgan burg’ilash eritmasi bilan ochiladi. Bu shu bilan bog’liqki, quduqdagi eritma ustuni ochilayotgan qatlamga undagidan yuqoriroq bosim hosil qilishi lozim.
    Ikkinchi guruh kollektorlari gilli eritmalar, tarkibida qattiq fazalar kam bo’lgan eritmalar, neft asosidagi, texnik suv asosidagi, YAM bilan ishlangan eritmalardan foydalanib ochiladi.
    Uchinchi guruh kollektorlari NAE, aeratsiyalangan burg’ilash eritmalari, yuvib, havo yoki gaz bilan shamollatib (produvka) ochiladi.
    Birinchi va ikkinchi guruh maxsuldor qatlamlarini ochish qatlamga repressiya bilan amalga oshiriladi, ya’ni qatlam bosimidan burg’ilash eritmasining quduq tubidagi bosimi katta bo’ladi. Agar quduqdagi bosim qatlam bosimidan past bo’lsa, neft va gaz quduqqa keladi. Bu boshqarib bo’lmaydigan favvoralanishga olib kelishi mumkin. Repressiya mavjud bo’lganda qatlamga burg’ilash eritmasining filtratlari va qattiq fazaning mayda zarrachalari kiradi, yutilish bo’lganda burg’ilash eritmasi kiradi. Bularning hammasi quduq tubi atrofida qatlamning tabiiy o’tkazuvchanligini pasaytiradi.
    Shuning uchun maxsuldor qatlamni ochishning har qanday usulini asosiy vazifasi qatlamning tabiiy ko’rsatkichlarini saqlab qolish hisoblanadi.
    Qazib olish jarayonida esa ko‘pgina kon va quduqlarda mavjud bo‘lgan neft mahsulotlaridagi erigan gazlar to‘yinish bosimining tez pasayib ketishi, harorat ta’siri, qatlam o‘tkazuvchanligining juda past bo‘lishi, yuqori qovushqoqlikka ega neftlarni qazib olishdagi murakkabliklar, mahsulotlarning fizik – kimyoviy xossalarining o‘zgarib borishi, katta chuqurlikda yotuvchi konlardagi tog‘ bosimi va shu kabi ko‘pgina qazib olish jarayoniga salbiy ta’sir qiluvchi murakkab sharoitlarni keltirib chiqaradi. Respublikamizdagi bunday konlarimizdan yirik va o‘lkan konlardan Ko‘kdumaloq neftgazkondensat koni, SHo‘rtan gazkondensat konlari va shunga o‘xshash o‘rtacha kattalikdagi boshqa ko‘pgina konlarimizni keltirib o‘tishimiz mukin.
    Download 235,68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 235,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayishqoq – gazsuv siquvi tarzi

    Download 235,68 Kb.