|
Rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bo’yicha )
|
bet | 6/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 235,68 Kb. | | #258593 |
Bog'liq 2 ma\'ruza Murakkab geologik sharoitli2.Rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bo’yicha ) .
a – gaz bosimi tarzida; b – erigan gaz tarzida.
Egri chiziqlar: Qn – neft qazib chiqarish; Qs – suv qazib chiqarish; Pqat. – qatlam bosimi; Pto’y. – to’yinganlik bosimi; Gr – gaz omili; A – A – uyumda gravitatsion tarzni yuzaga kelishi.
Gravitatsion tarz. Neftni quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi og’irlik kuchi xisoblanadi. Bu tarz odatda neft uyumlarini ishlatishning yakuniy bosqichida qatlam energiyasining boshqa manbalarini ta’siri tugagandan so’ng yuzaga keladi.
Neft konlarini ishlatish amaliyotida ikki turdagi gravitatsion tarz ajratiladi: a) bosimli gravitatsion; b) erkin neft yuzali gravitatsion tarz.
Birinchi turdagi tarz odatda yuqori o’tkazuvchan, katta burchak ostida yotgan qatlamlar bilan bog’liq uyumlarda kuzatiladi. Neft qazib chiqarish quduqlari tubiga uzining og’irlik kuchi ta’sirida harakatlanadi. Bunda neftning debiti neft sathi va quduq tubi orasidagi gipsometrik ko’rsatkichning farqiga hamda qatlamning yotish burchagiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun qatlamning tushishi bo’yicha uzoqda joylashgan quduqlar neftning yuqori debiti bilan tavsiflanadi. Bu o’z navbatida neft beruvchanlik koeffitsientining oshishiga imkon yaratadi. Bu turda neftberuvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 ni tashkil etadi.
Ikkinchi turdagi tarz kollektorlik xossalari past, ahamiyatli fatsial o’zgarishlar mavjud va yotish burchagi katta bo’lmagan uyumlarda yuzaga keladi. Bu holatda neftning quduqlardagi sathi qatlamning ustki yuzasidan pastda bo’ladi, ta’minot zonasi uyumning quduq joylashgan maydoni hisoblanadi. Shu sababli neftning erkin yuzasi hosil bo’ladi, uning holati tabiiy qiyalik chizig’i bilan aniqlanadi.
Ta’minot maydoni katta bo’lmaganligi sababli neftberuvchanlik koeffitsienti kichik bo’ladi – 0,1 dan 0,2 gacha.
Gaz uyumlarining tarzlari.
Gaz uyumlarining ish tarzi uyumni geologik sharoitlari hamda ishlatish jadalligiga bog’liq. Lekin gazning qovushqoqligi neftning qovushqoqligidan 100 barobarga yaqin kichik bo’lganligi sababli gaz uyumida bosimning tarqalishi neft uyumlaridagiga nisbatan ancha tez bo’ladi.
Gaz tarzi. Gaz tarzli uyumlarda gaz olish gazning kengayishidan yuzaga keladigan bosim hisobiga amalga oshiriladi. Bu tarz litologik chegara va tektonik ekranlanish natijasida hosil bo’lgan butunlay yopiq tutqichlar bilan bog’liq uyumlarda yuzaga keladi.
Gaz tarzi uchun qatlam bosimini pasayishini gaz olishga to’g’ri proportsianalligi xaraktyerlidir. Chunki bunday uyumlar qatlam bosimini ushlab turish uchun tashqi manbalarga ega bo’lmaydi. Bundan odatda uyumdagi gaz zaxiralarini bosim pasayishi bo’yicha hisoblash uchun foydalaniladi.
Bu tarzda gaz olish koefftsienti 0,6 dan 0,8 gacha yitadi.
|
| |