|
Reja operatsion muxit va tizim haqida tushuncha. Operatsion tizimni asosiy vazifalari
|
bet | 1/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #117842 |
Bog'liq 4-ma\'ruza (MS-DOS, Windows, Mac, Linux, Unix, IOS)
OPERATSION TIZIMLAR
“Axborot texnologiyalari”
kafedrasi dotsenti
Зиядуллаев Даврон Шамсиевич
REJA 1. Operatsion muxit va tizim haqida tushuncha. 2. Operatsion tizimni asosiy vazifalari. 3. Operatsion tizim turlari.
Operatsion muhit haqida tushuncha
Operatsion muhit - amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini taʼminlaydigan vositalar majmuasi.
Operatsion MUHIT
Operatsion tizim
Dasturiy ta’minot
Amaliy dasturlar interfeyslari
Tarmoq xizmatlari
Ma’lumotlar bazalari
Dasturlash tillari
Operatsion tizim haqida tushuncha
Operatsion tizim – komp’yuter resurslarini, maʼlumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy taʼminotning asosiy qismi yoki dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va maʼlumotlarni boshqararish kabi vazifalarni taʼminlaydigan dasturiy vosita. Аsosan operatsion tizimlar koʼproq dasturiy boʼlsalar ham, biroq, qisman apparat vositalarida ham qoʼllanishi mumkin.
Qisqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotni taʼminlab beradigan vositadir.
Operatsion tizimning asosiy vazifalari
Fayl tizimini boshqarish (yozish, oʼzgartirish, fayllardan nusxa koʼchirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
Dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli taʼsirni tutib olish va boshqalar);
Xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, maʼlumotlar butligi nazorati va boshqalar);
Foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruq-larni oʼqish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va boshqalar);
Operatsion tizim klassifikatsiyasi
- Bir vaqtda foydalanuvchilar soni boʼyicha: bir foydalanuvchi, koʼp foydalanuvchi;
- Bir vaqtda tizim boshqaruvi ostida bajariladigan jarayonlar boʼyicha: bir vazifali, koʼp vazifali;
- Protsessorlarni qoʼllash soni boʼyicha: bir protsessorli, koʼp protsessorli;
- OT razryadliligi boʼyicha: 8-razryadli, 16-razryadli, 32-razryadli, 64-razryadli;
- Interfeys tipi boʼyicha: buyruqli (matnli) va obʼektga yoʼnalganligi (grafik);
- EXMga foydalanuvchining dostup tipi boʼyicha: paketni qayta ishlash, vaqtni taqsimlash, real vaqtda bajarilishi;
- Resurslarni ishlatish tipi boʼyicha: tizimli, lokal.
|
| |