|
Reja operatsion muxit va tizim haqida tushuncha. Operatsion tizimni asosiy vazifalari
|
bet | 5/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #117842 |
Bog'liq 4-ma\'ruza (MS-DOS, Windows, Mac, Linux, Unix, IOS)Linuxning asosi UNIX OT ga oʼxshaydi. UNIX OT birinchi OTlardan biri boʼlib texnik nuqtai nazardan eng mustahkam va himoyalangan hisoblanadi. Аmmo asosiy sabab bu emas. Eng asosiy sabab — boshqalardan, masalan Windows yoki UNIXdan farqi Linux bitta kompaniya yoki shaxsga tegishli emas, uning egasi — hamma.
SOLARIS operatsion tizimi
SOLARIS operatsion tizimi – SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. SOLARIS simmetrik multiprotsessorli ish bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaydi. Tizim Internet tarmogʼi, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan oʼzaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
MAC OS operatsion tizimi
MAC OS operatsion tizimi - APPLE kompaniyasi tomonidan shaxsiy komp’yuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasidir. MAC OS faqatgina Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Macintosh kompyuterlari uchun moʼljallangan boʼlib, uni birinchi avlodi 1984 yilda yaratilgan. MAC OS operatsion tizimlarining boshqa operatsion tizimlaridan farqi shundaki u faqat Apple korparatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dasturiy paketlarda ishlaydi. Shuning uchun ham bu operatsion tizimlar boshqalariga nisbatan xavfsizroq deb tan olingan.
MAC OS operatsion tizimining turlari
Hozirgi kunga kelib MAC OS operatsion tizimining quydagi versiyalari ishlab chiqilgan:
Mac OS X 10.0 – 2001 yil 24 mart kuni yaratilgan boʼlib, u “Cheetah“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.1 – 2001 yil 25 sentyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Puma“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.2 – 2002 yil 23 mart kuni yaratilgan boʼlib, u “Jaguar“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.3 – 2003 yil 24 oktyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Panther“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.4 – 2005 yil 29 aprel kuni yaratilgan boʼlib, u “Tiger“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.5 – 2007 yil 26 oktyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Leopard“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.6 – 2009 yil 8 iyun kuni yaratilgan boʼlib, u “Snow Leopard“ deb nomlanadi.
Mac OS X 10.7 – 2011 yil 20 iyul kuni yaratilgan boʼlib, u “Lion“ deb nomlanadi.
OS X 10.8 – 2012 yil 25 iyul kuni yaratilgan boʼlib, u “Mountain Lion“ deb nomlanadi.
OS X 10.9 – 2013 yil 22 oktyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Mavericks“ deb nomlanadi.
OS X 10.10 – 2014 yil 16 oktyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Yosemite“ deb nomlanadi.
OS X 10.11 – 2015 yil 30 sentyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Capitan“ deb nomlanadi.
macOS 10.12 – 2016 yil 20 sentyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Sierra“ deb nomlanadi.
macOS 10.13 – 2017 yil 25 sentyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “High Sierra“ deb nomlanadi.
macOS 10.14 – 2018 yil 24 sentyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Mojave“ deb nomlanadi.
macOS 10.14 – 2019 yil 7 oktyabr kuni yaratilgan boʼlib, u “Catalina“ deb nomlanadi.
|
| |