|
Reja operatsion muxit va tizim haqida tushuncha. Operatsion tizimni asosiy vazifalari
|
bet | 2/6 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 2,02 Mb. | | #117842 |
Bog'liq 4-ma\'ruza (MS-DOS, Windows, Mac, Linux, Unix, IOS)Operatsion tizim turkumlari
Operatsion tizimlar tizimli dasturiy taʼminot boʼlganligi sababli ularni quyidagi turkumlarga ajratish mumkin.
Komp’yuterlar uchun operatsion tizimlar
Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar
Robotlar, bankomatlar va boshqa qurilmalar uchun operatsion tizimlar
Operatsion tizim turlari
- MS-DOS ОТ;
- Windows ОТ;
- Mac ОТ;
- Linux ОТ;
- UNIX ОТ;
- Solaris ОТ;
- IOS ОТ;
- Android ОТ;
- FreeBSD ОТ;
- Red Hat ОТ;
- Sun Cobalt ОТ va boshqalar.
MS-DOS operatsion tizimi
MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi - Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo boʼlgan. Аvvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MS-DOS operatsion tizimi IBM komp’yuterlari uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16 razriyadli operatsion tizimi boʼlib, u koʼpfoydalanuvchili va koʼpmasalali buyruqlarni qoʼllab-quvvatlay olmaydi.
Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis boʼlmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy taʼminotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil etib, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
WINDOWS operatsion tizimi
Windows operatsion (amaliy) tizimi - Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy komp’yuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasidir. Windows tizimi koʼpmasalali va koʼpoqimli boʼlib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va koʼpgina tashqi qurilmalarni qoʼllab-quvvatlaydi. Windows operatsion tizimini ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega boʼladi.
Hozirgi kunga kelib, Dunyoda 90% ga yaqin komp’yuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
|
| |