Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi




Download 24.25 Kb.
Sana11.07.2023
Hajmi24.25 Kb.
#76604
Bog'liq
4ma\'ruza
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика

4-maʼruza. Ekologik tizimlar. Organizmni muhit bilan oʻzaro taʼsiri

Maʼruza rejasi:


Reja:
1.Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi.
2.Okean va quruqlik ekotizimlari.
3.Ekotizmlarda organizmlar jamoasi. Ekotizimlarni gomeostaz holati. Ekotizimlarni mahsuldorligi.
4.Agroekotizimlar. Ekotizmlarda moddalar aylanishi.
5.O‘rmon cho‘l, o‘tloq, suv havzasi va boshqa ekotizimlari. Ekotop va biosenozlar..
Tanch iboralari:

Ekosistema, biogeotsenoz, birlamchi mahsulot, sof birlamchi mahsulot, ikkilamchi mahsulot, ekskrementlar, metobolizm, iyerarxiya, biom, produsent, konsument, redusent, ozuqa zanjiri, ekologik piramida, tabiiy ekosistema, sunʼiy ekosistema.



1. Jamoaning tuzilishi va shakllanishi
A.Tenslining «ekosistema» va V.N.Sukachevning «Biogeosenoz» tushunchalari toʻgʻrisida. Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa organizmlar va oʻlik tabiatning taʼsirida boʻlishi bilan birga oʻz navbatida oʻzlari ham ularga taʼsir koʻrsatadi.
Bir biri bilan va atrof muhit bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan organizmlarning populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz – bir — biriga bogʻliq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. Biogeosenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil oʻsimliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resurslari esa jonsiz komponentlarga kiradi.
Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, oʻsha joyda oʻsib unadigan oʻsimlik va hayvonlar bir-biriga monand va oʻzaro bogʻlangan boʻladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeosenoz tarkibiga odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeosenoz taraqqiy etib va oʻzgarib turadi. Bu oʻzgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham taʼsiri ostida roʻy beradi. Beogeosenozni oʻrganish qishloq xoʻjaligi va ayniqsa, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali oʻtadigan energiya oqimiga bogʻliqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil qiluvchi biotik komponentlar tomonidan oʻzlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda sifatida toʻplaydigan energiya tezligi birlamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr boʻlib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bogʻliq boʻladi.
Maʼlumki, oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda boʻladi. U koʻpincha geografik kenglikka, oʻsimliklar qopla¬mining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Oʻsimliklarga tushadigan quyosh energiyasining taxminan 95 — 99% shu zahotiyoq qaytariladi, u yoki issiqlikka aylanadi yoki suvni bugʻlatishga sarf boʻladi va faqatgina 1 — 5% xlorofill tomonidan qabul qilinib organik molekulalarni hosil qilishga sarf boʻladi. Oʻsimliklar qabul qilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish yoki fotonafas olishga sarf boʻladi. Undan qolgan energiyaning organik moddalarni hosil qilishga ketgan qismi sof birlamchi mahsulot deyiladi. (S.B.M.).
Birlamchi mahsulotning mahsuldorligi yozda qishga nisbatan koʻp boʻladi. Bir organizmlarni ikkinchi organizmlar yeganda (isteʼmol qilganda) ovqat (modda va energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga oʻtadi. Hazm qilinmagan ovqat keyinchalik chiqarilib tashlanadi. Ovqat hazm qilish organlari boʻlgan hayvonlar qoldiqlarni ekskrementlar (chiqindilar) sifatida tashqariga chiqarib tashlaydi. Bu chiqindilar tarkibida ham maʼlum miqdorda energiya saqlanadi.
Hayvonlar ham, oʻsimliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning maʼlum bir qismini yoʻqotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovqat hazm qilishdan hamda chiqindilardan qolgan energiya oʻsimlik va hayvonlarning oʻsishi, koʻpayishi va hayot faoliyatini taʼminlashga sarf boʻladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan (toʻplangan) organik moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi.
Ovqat zanjirining har bir boʻlimi (zvenosi)da bir qism energiya yoʻqoladi. Demak ovqat zanjirining uzunligi koʻpincha shu energiyaning yoʻqolishi bilan chegaralanib turadi.
Oʻsimliklar tomonidan qabul qilinadigan yorugʻlik energiyasi miqdorining dastlabki sof mahsulotga boʻlgan nisbati ancha kattadir. Energiyaning keyingi bir-biriga berilishi (oʻtishi) birlamchi oʻtishga nisbatan ancha natijalidir. Masalan, oʻsimliklardan oʻtxoʻr hayvonlarga oʻtadigan energiyaning oʻrtacha effektivligi 10% ni tashkil qilgan holda, hayvonlardan hayvonlarga oʻtadigan energiyaning effektivligi 20% boʻladi. Umuman, oʻtxoʻr hayvonlarda yirtqichlarga qaraganda hazm qilish effektivligi past boʻladi. Buning sababi shuki, oʻsimliklarda koʻproq yogʻochlik va selyulloza boʻlib, hayvonlar organizmida yaxshi hazm boʻlmaydi, energiya manbai boʻlib hisoblanmaydi.
Nafas olish jarayonida yoʻqotilgan energiya boshqa organizmlarga oʻtmaydi. Ekskrementlarda metabolizm qoldiqlaridagi energiya esa detritofag va redusentlarga oʻtadi hamda ulardagi energiyalar ekosistemada qoladi. Detrit zanjirlari oʻlik organizmlar va oʻsimliklar qoldiqlaridan boshlanadi (toʻkilgan barg va poyalar). Toʻgʻridan-toʻgʻri detritlarga va redusentlar ozuqa zanjiriga oʻtuvchi dastlabki toza mahsulotlar hamma ekosistemalarda ham bir xilday emas. Oʻrmon ekosistemalarida dastlabki mahsulotlarning koʻp qismi detrit zanjiriga oʻtadi. Shu sababli oʻrmon ostidagi qoldiqlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun qulay sharoitdir. Biroq dengiz ekosistemalarida ham intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki mahsulotning yarmidan koʻpi yaylov ozuqa zanjiriga qoʻshilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov zanjirlariga qaraganda kamroq oʻrganilgan. Biroq energiya oqimi nuqtai nazaridan qaralganda ularning ahamiyati yaylov zanjiriga nisbatan koʻp boʻlsa koʻp, oz emas.
Agar ekosistema stabil (oʻzgarmaydigan) boʻlsa, unda umumiy biomassaning hajmi koʻpaymaydi. Yaʼni yilning boshida qancha boʻlsa, oxirida ham shunchaligicha qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda boʻlgan hamma energiya har xil trofik darajadagi organizmlardan oʻtadi va natijada uning toza mahsuldorligi nolga teng boʻladi.
Koʻpincha ekosistemalar oʻzgarib turadi. Masalan, yosh oʻrmonlarda oʻsimliklar vegetatsiya davrining oxiriga borib toʻplangan energiyaning bir qismi oʻsimliklar biomassasining ortishiga olib keladi. Oʻsimliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan davrlar (bahor, yoz)da dastlabki mahsulot koʻp boʻladi, ikkilamchi mahsulotning ortishi esa keyinroq kuzatiladi.
Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak boʻlgan energiya va ovqat manbaini koʻpaytirishda foydalanish mumkin.
Ilmiy analizlar yordamida oʻsimliklarni oʻstirish agrotexnik qoida¬larni takomillashtirib ularni mahsuldorligini oshirish mum¬kin. Har bir trofik darajada energiya yoʻqolar ekan, demak hamma nar¬sani is¬teʼmol qiluvchi (odamlarda ham) organizmlar uchun ekosistema¬dan sama¬rador energiyani ajratib olish usuli — bu oʻsimliklar hisoblanadi. Bi¬roq, bu yerda boshqa omillarni ham eʼtiborga olmaslik mumkin emas. Ma¬salan, hayvonlar oqsilida koʻpincha almashtirib boʻlmaydigan aminokis¬lotalar boʻladi.
Bundan tashqari, oʻsimlik oqsillari hayvon oqsiliga qaraganda qiy¬inroq hazm boʻladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir qancha eko¬si¬stemalarda madaniy ekinlarni parvarish qilish va moʻl hosil olish qiyin boʻlganligi sababli, bu ekosistemalardagi hayvonlar oʻzlari uchun kerakli ozuqani katta maydonlardan oladilar. Ana shunday eko¬sistema¬larga dasht, Oʻrta Osiyoning choʻl zonasi, bugʻilar yashaydigan tundra zonalarini misol qilib olish mumkin.
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, populyatsiya, orga-nizm, organ, hujayra va genlar tashkil etib, bular hayotning asosiy shakl¬larini belgilaydi. Bu biologik shakllar iyerarxik tartibda yoki qatorda joylashib kichik va katta sistemalarni hosil qiladi. Iyerarxiya — Uebater lugʻati boʻyicha birin — ketin qator boʻlib joylashish maʼno¬sini bildi¬radi. Ana shunday har bir pogʻona yoki daraja tashqi muhit taʼsiri nati¬jasida oʻziga xos funksional sistemani hosil qiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni oʻrgatadi.

Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik


organizmlar ekosistemaning asosiy qismi: avtotroflar,
geterotroflar, produsentlar, konsumentlar, redusentlar.
Fizik muhit. Biomlar.

Populyasiya atamasi bu maʼlum bir tur individlarining guruhini bildirsa, jamoa atamasi deb esa (biotik jamoa) maʼlum bir hududni egallagan populyatsiyalar yigʻindisiga aytiladi. Tirik jamoa va noti¬rik tabiat bir — biri bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ular birgalikda eko¬logik sistema (ekosistema)ni hosil qiladilar. Biosenoz esa ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik qismi boʻlib hisoblanadi. Biom — bu katta re¬gional subkontinental biosistema boʻlib, u qandaydir bitta oʻsimliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa oʻziga xos xususiyati bilan xarak¬terlanadi. Masalan, moʻtadil iqlim sharoitidagi keng bargli oʻrmonlar biomi yoki choʻl zonasidagi qumli oʻsimliklar biomi va hokazo. Ekolo¬giyada qoʻllanadigan eng katta biologik sistemalarga bio¬sfera yoki eko¬sfera kiradi. Biosfera — bu yer yuzining barcha tirik orga¬nizmlar yashay¬digan qismi hisoblanadi. Dunyoda qoʻyidagi biomlar uch¬raydi:


1. Namli tropik biomlari. Bu zonaning iqlimi yil boʻyi issiq va nam koʻp boʻlganligi sababli turli xil oʻsimliklar jamoasi va turlar¬ning oʻsishi uchun qulaydir. Oʻsimliklari orasida koʻpchilikni lianalar (chirmashib, oʻrmalab oʻsuvchi oʻsimliklar) tashkil etadi. Koʻpchilik mam¬la¬katlarning tropik oʻrmonlarida (Panama, Indoneziya, Braziliya) epi¬fet¬lar juda koʻp uchraydi. Bu zonada oʻsuvchi daraxt oʻsimliklarning il¬diz¬lari koʻpincha tuproq yuzasiga yaqin joylashgan boʻlib, doskasimon shaklda boʻladi. Tropik mintaqa turlarga juda boy boʻlib, Braziliyada 40 ming, Indoneziyada 43 ming oʻsimlik turi oʻsadi. Bu mintaqalarda yer yuzasidan balandlikka koʻtarilgan sari har 1000 metrda harorat 6°S pa¬sayib bo¬radi. Shuning uchun togʻli tropik mintaqalarda iqlimi sovuq, doimo sha¬mol esib turadi. Demak oʻsimlik turlari ham borgan sari ka¬mayib bo¬radi. Masalan Kolumbiyaning eng baland togʻlik mintaqasi Andada tax¬minan 4000 m balandlikda joylashgan boʻlib, yil boʻyi harorat oʻrtacha 5°S orasida boʻladi. Shu sababli bu yerlarda oʻsimlik turlari va ularning hayotiy shakllari juda kam miqdorda uchraydi. Bor oʻsimliklar ham kar¬lik shakldadir.
2. Subtropik choʻllar. Bu mintaqaning yozi issiq va quruq boʻlib yer sharining ekvatordan shimolga va janubga tomon joylashgan 30°S keng¬likni ishgʻol etadi.
Bu mintaqada shu iqlim sharoitiga moslashgan kamdan — kam oʻsimlik va hayvon turlari oʻsadi va yashaydi. Agar namli tropik iqlim sharoi¬tida organizmlarning yashashi uchun chegaralovchi omil yorugʻlik va oziq modda-lar boʻlgan boʻlsa, subtropik choʻl mintaqalarda esa namlikdir. Bu yerlarda oʻsuvchi kaktuslarda qurgʻoqchilikka moslashuvchi belgilaridan biri bu barglari tikanlarga aylanganligidir. Bu esa suvni kam bugʻlantiradi va oʻsimliklarni hayvonlardan asraydi. Bu mintaqaning xarakterli oʻsim¬liklaridan biri gigant kaktuslardan (Meksikada) Sa¬guara va daraxtsi¬mon yukkalardir (Kaliforniya va Moxave choʻllarida koʻp oʻsadi).
3. Moʻtadil iqlim mintaqasining oʻrmonlari. Bu mintaqaning qishi sovuq, yozi iliq boʻlib, yogʻingarchilik koʻp yogʻadi. Masalan, Rossiya¬ning oʻrmon mintaqasida yillik yogʻinning miqdori 600 — 700 mm gacha boradi. Tuprogʻi boʻz tuproq. Bu mintaqada asosan qaragʻay, yel, pixta, dub, tilogʻoch, oq qayin, osina kabi oʻsimliklar oʻsadi. Bu oʻsimliklardan tashkil topgan oʻrmonlarni ikki qismga boʻlish mumkin:
Nina bargli va bargli oʻrmonlar. Bargli oʻrmonlar oʻz navbatida keng va kichik bargli oʻrmon oʻsimliklariga boʻlinadi. Keng barglilarga dub, zirk, qayragʻoch, lipa, yasin kiradi. Kichik barglilar esa oq qayin, osina¬dan iborat.
Nina bargli oʻrmonlar Rossiya oʻrmonlarning 80%ni tashkil etib, ularning asosiy qismini qaragʻay, yel, tilogʻoch, pixtalar tashkil etadi.
AQShning Indiana shtatida oq dub dominant boʻlib, uning ostida qand zarangi va kichik butachalar oʻsadi. Gʻarbiy Virgeniyada qizil yel da¬raxti keng bargli daraxtlar bilan birga oʻsib aralash oʻrmonlar zona¬sini hosil qiladi. Shimoliy AHSh va Kanadada oq qayin, olxa, yel, pixtadan hosil boʻlgan oʻrmonlar boʻlib, ular sovuq iqlim mintaqasiga ham kirib borgan.
4. Moʻtadil dasht mintaqasi(rasm VII.5.). Dasht deb kserofit xarakterda boʻlgan oʻtsimon oʻsimliklardan tashkil topgan zich oʻtloqlarga aytiladi. Dasht mintaqasining qishi sovuq, yozi quruq boʻladi. Iqlim sharoiti turlicha oʻrtacha yillik harorat 3,0 — 7,5°S, Janubiy rayonlarda esa 10°S gacha bo¬radi. Havoning oʻrtacha nisbiy namligi 57-67%ni tashkil etadi. Yogʻinning yillik miqdori 250-500 mm boʻlib, shundan yoz oylarida 160-180 mm yogʻadi. Dasht mintaqasining tuprogʻi qora tuproq, bu mintaqada oʻsimlik turlari boshqa tabiiy mintaqalarga nisbatan koʻp uchraydi. Chu¬nonchi, Shimoliy dasht mintaqasining baʼzi joylarida 1 m2da 80 ga yaqin oʻsimlik turlari oʻsadi. Bu mintaqada buta oʻsimliklardan dasht oluvo¬lisi, chala buta oʻsimliklardan bogorat oʻti, izen, astragalning baʼzi turlari, ikki va koʻp yillik oʻt oʻsimliklardan beda, kolokolchik¬lar, ne¬zabudkalar, noʻxat, burchoq, qoqi, zubturum, mavrak, boʻtakoʻzning baʼzi turlari, qoʻziquloq, kermek, giasent, lola, boychechak, shafran va shu kabi boshqa xil oʻsimlik turlari oʻsadi.
5. Choʻllar mintaqasi(rasm VII.6.). Bu mintaqaning iqlimi keskin kontenental boʻlib, sutkalik va yillik haroratlar juda oʻzgarib turadi. Yozda harorat +50°S gacha yetishi mumkin. Qishi esa sovuq boʻlib, janubda -30°S, shi¬molda esa — 40°S ga tushadi. Havoning oʻrtacha namligi 52-61% ni tashkil etadi.
Yoz oylarida esa u 15-30% gacha tushishi mumkin. Yillik yogʻinning miqdori 80 — 200 mm dir. Bu mintaqada oʻsimlik turlari kam oʻsadi.
Ye.P.Korovinning hisobi boʻyicha bu mintaqada hammasi boʻlib, 1600 ga yaqin oʻsimlik turlari oʻsadi.
Gil tuproqli choʻllarda chala buta oʻsimliklaridan shuvoq, partek, efemer va efemeroidlardan qoʻngʻir bosh, yaltirbosh, zizifora (kiyik oʻti) qashqar yoʻngʻichqa, lola qizgʻaldoqlar, koʻp yillik monokarplardan kav¬raklar oʻsadi.
Gipsli (toshli) choʻllar — Ustyurt, Karsakboy, Betpakdala, Mangi qish¬loq, Qoraqum, va Qizilqum massivlarida joylashgan boʻlib, bu yer¬larda shuvoq, juzgʻun, qizilcha, rang, ilak, qoʻngʻirbosh va boshqalar oʻsadi.
Shoʻrxok choʻllar — Markaziy Osiyoning anchagina qismini egallagan boʻlib, ular asosan shoʻr, sizot suvlari yuza joylashgan pastqam yerlarda tarqalgan. Bu yerlarda galofitlar, jumladan saksovul, yulgʻun (tama¬riks), erman-shuvoq, xaridondon, baliq koʻz, seta, danashoʻr kabi shoʻraklar oʻsadi.
Qumli choʻllar — Markaziy Osiyoning Qizilqum va Qoraqum massivla¬rini, Surxondaryo viloyatidagi Kattaqumni, Markaziy Fargʻonadagi ki¬chikroqqum choʻl maydonlarini oʻz ichiga oladi. Bu yer¬larda psammofitlar oʻsib, ularga oq va qora saksovul, quyon suyak, juzgʻun, cherkez, qizilcha, sin¬grenlar, shuvoqlar, qoʻngʻirboshlar, silen¬lar, ilaklar kiradi.
6. Chuchuk suv oʻsimliklari. Chuchuk suv havzalari yer yuzining nisbatan kichik qismini egallasada, lekin ularda oʻsimlik turlari turli-tuman boʻladi. Bu turli tumanlik suvning oqish tezligiga (daryolarda), mine¬ral moddalarning tarkibiga kislorod miqdoriga hamda daryolar va koʻllarning katta kichikligiga ham bogʻliqdir.
Chuqur koʻllar, suv tez oquvchi daryolarda koʻpincha fitoplank-tonlar va diatom suvoʻtlari koʻp boʻlib, ular koʻpincha qirgʻoqlarni yupqa qavat bilan qoplab turadi. Suv havzalari sayoz va harakatsiz boʻlgan taqdirdagina oʻsimliklar suv yuzasiga chiqib oʻsishi mumkin. Bunday oʻsimliklar jum¬lasiga giasentlar, liliyalar kiradi. Ular oʻzlari uchun kerak boʻlgan oziq moddalarni toʻgʻridan–toʻgʻri suvdan oladilar, ildiz¬lari bilan emas.
7. Artik tundra mintaqasi. Bu mintaqaning iqlimi nihoyatda sovuq, qishi uzun, yozi esa oʻta qisqa boʻladi. Doimo kuchli shamollar esib tur¬gan¬ligi uchun oʻrtacha yillik harorat 0°Sdan past, hatto yoz oylarida is¬siqlik 15 — 20°S dan oshmaydi. Yogʻinning oʻrtacha bir yillik miqdori 200 — 300 mm ni tashkil etadi. Biroq quyoshli kunlarning kam boʻlishi hamda yozning qisqaligi natijasida ortiqcha namlik hosil boʻladi. Havoning nisbiy namligi 80% orasida. Tundra mintaqasining tuprogʻi doimiy muzlikni hosil qiladi. Hatto yoz oylarida ham tuproqning 0,25 — 2 m chuqurligigacha muz eriydi, xolos. Yilning 280 kuni davomida yer qor bi¬lan qoplanishiga qaramay, bu iqlim mintaqasida 500 ga yaqin yuk¬sak oʻsimlik turlari oʻsadi.
Ularning koʻpchiligi koʻp yillik oʻt, chim hosil qiluvchi hamda katta boshli oʻsimliklardir. Koʻpincha bu yerlarda mox, lishaynik, pakana va doimiy yashil buta va chala butalar oʻsadi.
Ular jumlasiga bagulnik, pakana oq qayin (Betula nana), pakana tol¬lar, vodyanka, brusnika, moroshka, oʻt oʻsimliklardan qiyoqlar, astra¬gal¬lar, qirqboʻgʻim, qoʻngʻirbosh, belaus, lishayniklardan island lishay¬nigi, bugʻi lishayniklari koʻp uchraydi. Tundra mintaqasining janu¬bida Sibr yeli, Osina, oq qayin, olxa va shu kabi daraxtlar ham oʻsadi.

Yer kurrasi asosiy biomlarning maydoni, biomassasi va mahsuldorligi (T.A.Akilova, V.V.Xaskin 1998 yil).

№ Asosiy biomlar, Yer ka¬te-goriyalari Maydon mln.km2 Biomassa (qu-ruq modda hi-sobida) Yillik mahsulot
1 Tundra, oʻrmon tundra 4,2 8,5 3,6 2,6 1,1
2 Eriydigan va togʻli nina bargli oʻrmonlar 12,2 127,0 162,0 7,9 10,1
3 Bargli nina bargli oʻrmonlar 6,2 185,0 114,7 9,8 6,1
4 Keng bargli oʻrmonlar 7,6 240,0 182,4 11,0 8,4
5 Subtropik oʻrmonlar 5,3 382,0 202,5 16,4 8,7
6 Namli tropik oʻrmon 10,3 581,0 598,5 27,8 28,6
7 Savanna, chapporel 6,2 68,0 42,2 9,1 5,6
8 Dashtlar (preriy) 2,8 10,0 2,8 6,0 1,7
9 Choʻllar 22,7 2,1 4,8 1,6 3,6
10 Haydaladigan yerlar 15,1 9,7 14,6 6,7 10,1
11 Oʻzlashtiriladigan, ma¬daniy yerlar 26,3 8,9 23,4 6,8 18,1
12 Quruqlikdagi suvlar 2,4 0,3 0,1 0,7 0,2
13 Qurilish, yoʻllar, togʻ ishla-malari
9,8
0
0
0
0
14 Qutblardagi togʻli muz¬lar 17,2 0 0 0 0
Yer yuzi quruqligi-jami 148,9 1352,2 102,2
Okeanlar 361,1 7,8 (36)
Hammasi 510,0 1360,0 138,2

Ekologik sistemada hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: Avtotroflar va getero¬troflar. Avtotroflar asosan oʻsimliklardan tashkil topgan boʻlib, ular fotosintez tufayli quyosh energiyasini oʻzlashtirib oddiy anorga¬nik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Gete¬ro¬troflarga hayvonlar, odamlar, zamburugʻlar, bakteriyalar kiradi. Ular tayyor organik modda bilan oziqlanadi va oʻz hayot faoliyati jarayo¬nida ularni oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar oʻz navbatida tabi¬atga qaytariladi va avtortoflar tomonidan yangi moddalar davriy ayla¬nishiga jalb qilinadi. Biosenoz qoʻyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:


1) produsentlar (hosil qiluvchilar):
2) konsumentlar (isteʼmol qiluvchilar):
3) redusentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar)
Produsentlar avtotrof organizm boʻlib, quruqlikdagi va suvdagi yashil oʻsimliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalar¬ning bir qismi konsumentlar (oʻtxoʻr hayvonlar) tomonidan isteʼmol qili¬nadi , keyingilari esa oʻz navbatida goʻshtxoʻr hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Redusentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga-nizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida hayvon va oʻsimliklarning qoldiqlari (oʻlik tanasi) parchalanib organik modda¬larga aylanadi, or¬ganik moddalarni oddiy anorganik moddalarga par¬chalaydi. Organik moddalarning koʻp qismi darhol parchalanmaydi, yogʻoch, tuproqning orga¬nik qismi, suvdagi choʻkmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar koʻp ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilgʻiga (torf, koʻmir va neftga) aylanadi. Har yili yerda fotosintez¬lovchi organizmlar 140 mlrd. tonnaga yaqin organik moddalarni sintez¬laydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998 yil) Geologik davr (1 mlrd. yil) davomida organik moddalar parchalanishiga koʻra sintezlanishi koʻproq boʻlishi natijasida atmosferada SO2 miqdori kamayib O2 miqdorining tobora ortib bori¬shiga sabab boʻlgan. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal ri¬vojlanishi natijasida bu jarayonning aksi roʻy berish xavfi paydo boʻlmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining oʻzgarishiga olib kelishi mum¬kin.

4. Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha

Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, oʻzaro bogʻlangan bir ne¬chta turlar yoki organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi: Misol,

Organik qoldiqlar



Oziq zanjiri — oʻsimliklar toʻplagan energiyani bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan oʻtkazishdir.
Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bogʻlanishdir (yunoncha "trofe" – oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof oʻsimliklar (produsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bogʻlar energiyasiga aylantiradi. Ikkinchi zvenosi oʻtxoʻr (birlamchi isteʼmol qiluvchilar) va goʻshtxoʻr (ikkilamchi isteʼmol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi mikroorganizmlar (redusentlar) hosil etadi. Tabiatda oziq zanjiri uch – toʻrt darajadan tashkil topadi. Bir daraja¬dan ikkinchi darajaga oʻtishda energiyaning va moddaning miqdori taxmi¬nan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90% ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini taʼminlashga sarf etiladi. Qolgan 10 foizigina orga¬nizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf boʻladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi.
Masalan, oʻrtacha olganda 1000 kg oʻsimlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali oʻtxoʻr hayvonni yegan yirtqichlarning biomas¬sasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progres¬siv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik piramida produsentlar, konsumentlar va redu¬sentlardagi biomassa va energiya nisbatining koʻrsatgichi hisoblanadi.
Piramidaning asosini avtotrof organizmlar hosil qiluvchilar tash¬kil qiladi, ulardan yuqorida oʻtxoʻr hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng choʻqqisida yirik yirtqichlar joy¬lashadi.
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton — zooplankton mayda baliqlar — yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik pira¬mida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi.
Sunʼiy qishloq xoʻjalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. Shu¬ning uchun ovqat ratsionida oʻsimlik oziqlarini kamaytirish hisobiga goʻshtning miqdorini koʻpaytirsak oʻsha muayyan ekologik ti¬zimda oziq bi¬lan taʼminlanishi mumkin boʻlgan odamlar soni kamay¬ishi kerak.
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – oʻz oʻzini idora etishdir. Oʻz-oʻzini idora qilish — tabiiy sistemaning qandaydir ta¬biiy taʼsiri yoki antropogen taʼsiridan keyin oʻz ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. Oʻz – oʻzini idora qilishning yorqin misoli keng bargli oʻrmonlardagi biogeotsenozdir. Bu yerda oʻsimliklar joy, yorugʻlik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli choʻllaridagi biogeotsenozlar ham bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu xil¬dagi biogeotsenoz-larda yaruslik, yaʼni oʻsimliklar jamoasining verti¬kal boʻylab bir nechta qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli oʻrmonlarning birinchi yarusini yorugʻsevar daraxtlar (eman, shumtol) ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorugʻsevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va toʻrtinchi yarusini oʻtsimon oʻsimliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqboʻgʻim) tashkil qiladi. Yarus qancha past boʻlsa, undagi oʻsimliklar shunchalik so¬yaga chidamli boʻladi. Yuqori yarusdagi oʻsimliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi.
Keng bargli oʻrmonlarda yorugʻlik sharoiti yil davomida keskin oʻzgarib turadi. Shu tufayli qoʻyi yarusdagi oʻsimliklar bahorda daraxt¬lar barglar chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyo¬ning qumli choʻllaridagi ekosistemaning yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha, uchinchi yarusini sin¬grenlar, shuvoqlar, toʻrtinchi yarusini qoʻngʻirbosh, yaltirboshlar va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenoz¬larda oʻzga¬rishlar iqlim ritmiga bogʻliq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haro¬ratning pasayishi, kun uzunligining qisqarishi, namlik¬ning oʻzgarishi natijasida koʻp oʻsimliklar bargini toʻkadi. Ularning jamgʻarish aʼzola¬rida oziq moddalari toʻplanadi, daraxtlarda poʻkak hosil boʻladi. Oʻsim¬liklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorgarlik koʻrishadi. Hushlar Janubga uchib ketadi. Sut emizuvchilar tulaydi, qishga oziq jamgʻaradi.
Muhit sharoiti oʻzgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi mumkin. Masalan, yongʻindan keyin oʻrmon biogeotsenozi oʻrniga oʻtloq biogeotsenozi paydo boʻladi. Biogeosenozlar almashinishi koʻpincha inson faoliyatiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Botqoqliklarning quriti¬lishi natijasida botqoqlik biogeotsenozi oʻtloq biogeotsenozi yoki agro¬senozlar bilan almashinishi mumkin.
Oʻziga xos oʻsimliklar dunyosi va landshaftga ega boʻlgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham chambarchas bogʻliq boʻladi.
Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regio¬nal ekosistemalar yoki biosistemalar hosil boʻladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, oʻrmon, choʻl, dasht va tropik oʻrmonlar misol boʻla oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga koʻllar, daryo va botqoqliklar ki¬radi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, sugʻoriladigan yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi.
Dengiz ekosistemalariga Yer sathining 70% ni egallovchi ochiq den-gizlardan tashqari qirgʻoqlar boʻyidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va oʻsimliklarning xilma-xilligi, plank¬ton va bentosning (suvda muallaq holda boʻladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suvoʻtlarning juda koʻp miqdorda boʻlishligi bilan taʼriflanadi. Kontinental shelflarda aso¬san sanoat baliqchiligi rivojlangan boʻladi. Dengiz limonlari, qirgʻoq koʻrfazlari va daryolarning qoʻyilish joylari ba¬liqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy boʻladi.

Tabiiy va sunʼiy ekosistemalar



Ekosistemalar tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy ekosistemalarga oʻrmonlar, oʻtloqlar, tundra mintaqasi, dasht, choʻl, togʻ mintaqalari, koʻl, dengiz va okean suvlari ekosistemalari misol boʻla oladi.
Ularning tizimi va komponentlari, xususiyatlari, undagi organizm¬larning oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisida yuqorida batafsil bayon etildi.
Sunʼiy ekosistemalar inson faoliyati natijasida paydo boʻladi. Ularga agrosistemalar, shahar ekosistemalari va kosmik ekosistemalar kiradi. Sunʼiy ekosistemalardan eng muhimi agrosistema hisoblanadi. Ular inson tomonidan yaratiladigan biogeotsenozlardir .
Agrosistemalarga dalalar, yaylovlar, oʻriladigan oʻtloqlar, sunʼiy oʻrmonzorlar, xiyobonlar, bogʻlar kiradi, agroekosistemalar tabiiy eko-sistemalardan farq qilib u:
a) turlarning soni kam boʻlganligi uchun oʻz-oʻzini idora qila ol¬maydi;
b) ularning turgʻunligi mustahkam emas, balki sunʼiy tanlanish¬ning taʼsirida boʻladi;
v) agrosenozlar uchun energiya manbai boʻlib faqat quyosh energiyasi emas, balki inson tomonidan sarflanadigan energiya (sugʻorish, oʻgʻitlash, mashinalardan foydalanish) ham hisoblanadi.
Agroekosistemada elementlar davriy aylanishiga inson aralashadi, chunki bu elementlar hosil bilan birga yigʻib olinadi, ularning oʻrnini toʻldirish uchun tuproqqa mineral oʻgʻitlar solinadi. Hozirgi kunda qu¬ruqlikning 10% ga yaqinini shudgorlanadigan yerlar, 20% ni yaylovlar tashkil etadi.
Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi agroekosistemalarning koʻpchiligi juda kam hosilli boʻlib, sanoat regionlari uchun yetarli miqdorda mahsulot yetishtira olmaydi. Hosildorlikni oshirish uchun yoqilgʻi, kimyoviy moddalar, mashinalarni ishlatish yoʻli bilan juda koʻp energiya sarflanadi. Koʻpincha sarflanadigan energiya miqdori oziq mahsulotlaridagi energiya miqdoridan ortiq boʻladi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosistemalarning rentabelligini kamaytirib yubormoqda.
Sunʼiy yaratiladigan agroekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan tashkil topgan (masalan pax¬tadan) maxsus agroekosistemalar vaqtincha iqtisodiy foyda kelti¬rishi mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi paxtaning monokultu¬rasi tu¬proqning buzulishiga va sterilizasiyalanishiga, zararkunanda¬larning koʻpayib ketishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qoʻllash, ekologik jamoaga qoʻshimcha tarkibiy qismlarni masalan, entomofag (hashoratxoʻrlarni), changlatuvchi asalarilarni koʻpaytirish ekologik sistemani barqarorlashtirishga yordam beradi. Choʻllar, oʻtloqlar, dashtlar kabi yaylov sifatida foydalanadigan tabiiy ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil oʻtlar ekish oʻgʻitlash, tu¬proqni sunʼiy sugʻorish usullaridan foydalanish mumkin. Agrosenoz¬larning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning industrial texnologiyasidan foydalanish, yangi na¬vlar va duragay oʻsimliklarni yaratishda genetik injeneriya va biotex¬nologiya usullaridan keng foydalanish lozim.

Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari



Bu regionning fizik-geogrfik sharoiti va landshafti ham juda xilma — xildir. Shimoliy Gʻarbiy hududlar tipik choʻl va chala choʻllardan iborat boʻlib, yozi quruq issiq, qishi juda sovuq, yogʻingarchilikning juda kam boʻlishi bilan taʼriflanadi. Biologik mahsuldorlikning cheklovchi omili bu mintaqada namlikning yetishmas¬ligi hisoblanadi. Yogʻingar¬chilikning yillik miqdori 200 mm dan osh¬maydi, u ham boʻlsa, asosan qish va bahor fasllarida boʻladi. Bu esa nafaqat oʻsimlik turlarining so¬niga va yanada oʻsimliklar hayotiy shakllariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shu sababli bu mintaqadagi oʻsimliklar asosan bir yillik oʻsimliklar¬dan tashkil topgan, ular oʻz hayot siklini qisqa bahor davridayoq tugatishga ulguradi. Bu joylarda koʻp yillik oʻsimliklardan yantoq koʻp oʻsadi, uning oʻq ildizi 15-20 m chuqurlikdagi yer osti suvlariga yetib boradi. Shunin¬gdek, tuproq sharoi¬tiga qarab, choʻl zonalarida saksovul, quyonsuyak va shu kabi boshqa xil buta va chala buta oʻsimliklari koʻp oʻsadi.
Choʻl zonasining pastqam joylarida yer osti suvlarining tarkibida tuzning miqdori juda ortiq boʻlganligi uchun shoʻrlangan yerlar ancha muncha uchraydi. Ana shunday shoʻrlangan yerlarda qora saksovul, cherkez, chogʻan, keyruk, danashoʻr, xaridondon, baliq koʻzi va shular kabi muhim yem-xashak va yaylov oʻsimliklari oʻsadi. Bu zonaning hayvonlari ham oʻsim¬liklari kabi suvsizlikka oʻta moslashgan boʻladi. Choʻlda yashovchi sudralib yuruvchilar (ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar) mayda ke¬miruvchilar (yumronqoziqlar, sichqonlar, kalamushlar) suvsizlikka fi¬ziologik va etologik (feʼl-atvori bilan) moslashgandirlar. Bu hayvonlar ichimlik suvga uncha muhtoj emas, chunki ularning organizm¬larida metabolik suv isteʼmol qilingan quruq ozuqaning parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Ularning siydigi juda konsentrasiyalash-ganligi uchun organiz¬midan suv kam ajraladi. Saygʻoqlar va boshqa xil choʻl hayvonlarida ham uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni taʼmin¬lovchi mexanizmlar rivoj¬langan.
Choʻllarning sugʻorilishi, haroratning yuqori va yorugʻlikning yetarli miqdorda boʻlishi juda serhosil ekin maydonlarini yaratishga imkon be¬radi. Lekin bu yerlarda suvning bugʻlanishi natijasida tuproqning shoʻrlanishi cheklovchi omil hisoblanadi. Bu esa tuproqning shoʻrini yuvish va hosildorlikni yuqori darajada ushlab turish uchun qoʻshimcha suv talab qiladi.
Togʻ oldi va togʻ hududlarida chala choʻllar, toʻqaylar, aralash oʻrmonlar, alp oʻtloqlari hamda sovuq togʻ choʻllari kabi biomlar uch¬raydi.
Qishloq xoʻjaligining jadal rivojlanishi, archa oʻrmonlarning ke¬si¬lishi kabi antropogen taʼsirlar togʻ oldi va togʻ hududlarida bio¬mning sezilarli buzilishlariga sabab boʻlmoqda. Natijada hozirgi vaqtda oʻsimlik va hayvonlarning juda koʻp turlari yoʻqolib bormoqda va shu tufayli Oʻzbekistonning «Qizil kitobi»ga koʻp turlar kiritil¬gan.
Yoʻqolib ketayotgan turlarni va tabiiy biogeotsenozlarni muhofaza qilishning samarali choralaridan biri qoʻriqxonalarni koʻpaytirish va ularning maydonini kengaytirish, yoʻqolib ketayotgan turlarning sunʼiy oʻstiriladigan joylarini yaratish, ularni tabiatga reintro¬duksiyalash (qaytadan ekish, koʻpaytirish, tiklash) hisoblanadi.
Download 24.25 Kb.




Download 24.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi

Download 24.25 Kb.