|
Normal aerob sharoitdagi hujayralarda alkogodegidrogenaza
|
bet | 3/3 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 70 Kb. | | #112252 |
Bog'liq Reja O\'simliklarning gazlarga chidamliligiNormal aerob sharoitdagi hujayralarda alkogodegidrogenaza fermentining faolligi juda kam. Ammo o'simliklarni kislorod yetishmagan sharoitga ko'chirsak alkogoldegidrogenazaning aktivligi anchagina oshadi.
Kislorodsiz yoki kislorod kam bo'lgan sharoitlarda «stress» oqsillari ham paydo bo'ladi. O'simliklarda bioximik adaptatsiyadan tashqari boshqa bir moslanish mexanizmi, yani kislorodni aerob sharoitdagi yashil qismlardan tashish mexanizmi ham bor. Bu ularga anaerobiozni chetlab o'tishga yordam beradi.
B.B. Vartapetyanning (1980) fikricha o'simliklarni anerob sharoitga chidamliligi bo'yicha uchta asosiy darajaga bo'lish mumkin.
Birinchi kategoriyaga kislorodning to'la yo'qligiga (anoksiyaga) haqiqiy chidamli o'simliklar kiradi. Bunga biz sholining o'simtalarini misol qilishimiz mumkin. Ularning O2 bilan taminlanishi molekulyar darajada bo'ladi.
Ikkinchi kategoriyaga nisbatan chidamli o'simliklar kiradi. Masalan, sholi va qorabosh, paparotnik, fialka o'simligi. Bular hujayralarida va to'qimalarida anoktsiyaga adaptatsiyaning molekulyar mexanizmi bo'lmaganligi sababli muhitda O2 yo'qligiga juda sezgirdirlar. Ildizlarini o'zlarining yashil qismlari orqali O2 bilan taminlaydi.
Uchinchi gruppa o'simliklariga, yani O2 yetishmasligiga chidamsiz o'simliklarga mezofit o'simliklar kiradi. Bularning ko'p qismini madaniy qishloq xo'jaligi ekinlari tashkil qiladi. Aytish mumkinki, boshoqlangan sharoitlarda ular ildizlariga yashil qismlardan keladigan O2 yetarli emas. Ammo ayrim hollarda past haroratda, yani nafas olish intensivligi pasaygan holda bu miqdor O2 ning ahamiyati ham oshadi.
Umuman normal haroratda ham bu O2 ning ahamiyati katta. Chunki ildizni alohida va ildizi o'simlik bilan olib ushbu ikkala ildizni kislorodsiz sharoitga joylashtirsak, birinchi ildiz hujayralari membranalari tez zararlanadi.
Hozirgi vaqtda o'simliklarning gipoksiyaga chidamlilik asoslari ishlanmoqda.
Shu jumladan arpa urug'ini ekishdan oldin nikotinat kislotaning 0,001-0,0001% li eritmasi bilan namlansa, uni suv bosgan hollarda bo'yining pastlashib qolishi kamroq bo'lib hosili ko'p bo'ladi.
Arpa urug'ini marganets sulfatning 0,1% li eritmasi bilan namlansa ham shunga yaqin natijalarni olish mumkin.
Qishloq xojaligida yerda nam ko'p bo'lgan hollarda ular ildizlarini rivojlanishi va ishga yordam beradigan usul bu ekinlarni xlorxolinxlorid bilan ishlash va ular urug'larini shu eritmada namlash qo'llaniladi. Masalan, bug'doyda shu usulni qo'llash boshoqlarda don hosil qilishga va umuman generativ organlar rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi
CH2C1
CH2
H3C N+ CH3
CH3Ci
Xlorxolinxlorid
|
| |