|
5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi
|
bet | 1/6 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 181 Kb. | | #135160 |
Bog'liq 5-ma\'ruza
Reja:
1. Sholi-ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi
2. Sholi biologiyasi va navlari
3. Sholi etishtirish texnologiyasi
Xalq xoʻjaligidagi ahamiyati. Er yueidagi koʻpgina mamlakatlarda sholi eng qadimgi oeiq-ovqag maqhxsulotlaridan biri hisoblanadi. U Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, Vьetnam va ayniqsa, tropik mamlakatlar aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotidir.
Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatliligi va tez hazm boʻlishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida organizm uchun kerak buoʻgan oziq moddalar: oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar mavjud.
Guruch tarkibida 75,2% karbon suvlarn (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% moy, 2,2% toʻqima, 0,5% kul moddalari va 14% suv Guruchdan tayyorlanadigan ovqat juda tez hazm boʻladi va toʻliq oʻzlashadi. Guruchning oʻzlashtirilish koefficienti eng yukori-96% ga, kaloriyaliligi 3594 ga, bugʻdoyniki esa-3610 ga teng.
Sholining maxsus turidan (glyutinozli sholidan) koreys xalqi non tayyorlaydi.
Sholini oqshagidan spirt, aroqning alohida xillari (sake), pivo tayyorlanadi va kraxmal olinadi. Kraxmal tibbiyotda, toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi-Sholn kepagi qoramollar. Ayniqsa, choʻchqalar uchun ozuqa hisoblanib. uning tarkibida koʻpgina fosforli birikmalar boʻlib. ularda yosh mollarnint oziqlanishi uchun juda mu-him boʻlgan fosfor-organik-figin, leticin kabn muhim moddalar mavjud. Sholi kepagidan oziq-ovqatga ishlatiladigan sifatli texnik moy (10% moy chiqadi), shuningdek, fosforli organik moddalar olinadi.
Sholi poxoli oziqlik qimmati jihatidan bugʻdoy poxolidan qolishmaydi. Sholi poholidan sifatli qogʻoz (papiros qogʻozi). qurilishda ishlatiladigan karton, arqon va qop-mato tayyorlanadi.
Undan bosh kiyimi, xonada kiyiladigan oyoq kiyimlari, bordon, sumka, polos va boshqa uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Shu bilan birga sholi poxoli bilan sholipoyalarni oʻgʻitlash mumkin.
Sholi erning meliorativ xolatini yaxshilovchi qimmatli oʻsim-lik. jumlacira kiradi. Sholipoyalarga uzoq vaqt suv bostirib qoʻyish tufayli shoʻri yuviladi Natijada bunday erlarga gʻoʻza va boshqa ekinlar ekish imkoniyati tugʻiladi,
|
| |