|
Sholining kelib chiqishi va tarqalish
|
bet | 2/6 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 181 Kb. | | #135160 |
Bog'liq 5-ma\'ruzaSholining kelib chiqishi va tarqalishi. Sholining kelib chiqish mapkazi Janubiy Osiyo hisoblanadi. Akademik N. I. Vavilov sholi Hindistondagi madaniy oʻsimliklardan kelib chiqqanligi toʻgʻrisida yozadi. Mashhur sholikor olim G. G. Gushchin ham, sholi kelib chiqqan dastlabki mamlakat markaziy Hindistondir, degan xulosaga keladi. Akademik P-M. Jukovskiy madaniy sholi asosiy turining (Ogiza sativa) vatani janubiy Sharqiy Osiyoning tropik mamlakatlaridir, deb tasdiqlaydi. Lekin boshqa madaniy turi-Oriza glaberrina mustaqil raishda Afrika tropiklarida madaniylashgan, deb _hisoblayli.
Sholi etishtirish toʻgʻricidagi dastlabki ma’lumotlar eramizgacha boʻlgan 2800 yillarga taalluqli qadimgi Xitoy qoʻlyozmalarida uchraydi. Sholi Hindistondan Xitoyra, Yaponiyaga va gʻarbiy Eron hamda Mesopotamiyaga kirib boradi.
Markaziy Osiyola sholining tarqalishi qadimgi Panjob (Hindiston) dan tarqalgan. Qoraqolpogʻistonda sholi taxminan 2000 yildan beri ma’lum. Shunday qilib. Markaziy Osiyo va. Kavkaz orti respublikalari ham sholining qadimgi vatani hisoblanadi.
Sistematikasi. Sholi-qoʻngʻirboshlilar oilasi-Poaceae, Oryzae-tribesi, Oryza avlodiga mansub oʻsimlik boʻlib, birinchi marta 1735 yili K. Linney tomonidan tavsiflangan (Zaurov). Sholining turlar: Jaydari sholi,
Yalangʻoch sholi-O. Glaberrina Stend-madaniy tur,
Dorivor sholi.,-O. Officinalis Wall, Mayda donli sholi. O. Munita Presl.-yovvoyi, Kalta tilchali sholi.-O. Briviligulata A. Chev et Roehr.-Avstraliya sholisi.-O. Australiensis Domin-koʻp yillik yovvoyi tur, qadimiy sholi.-O. Alta Swall-bir yillik yovvoyi tur. 48.
Meyer sholisi.-O. Meyeriana Baill-koʻp yillik, yovvoyi, Shlixter sholisi. O. Schkechtti Pilter-ildiz poyali koʻp yillik tur.
Ridley sholisi. O. Ridleyi Hook.-koʻp yillik ildiz poyali tur Uzunqobiqli sholi.-O. Longiglums jansen-koʻp yillik yovvoyi tur. Yangi Siqilgan sholi.-O. Coarktata Roxd.-mustahkam ildiz poyali yovvoyi, koʻp yillik tur.
Issiqlikka talabi. Sholi tropik mamlakatlar oʻsimligi qatoriga kiradi, shuning uchun issiqqa juda talabchan boʻladi. Urugʻi 10-14° da una boshlaydi, lekin bu jaraen sekin boradi. 14-15° da esa yaxshi unib chiqadi. 22-25° da urugʻlarning unishi uchun eng qulay harorat hisoblanadi. 30-34° da unib chiqadi. 42-46° sholi urugʻi unishi ychun yuqori harorat hisoblanadi. bunlan yuqori boʻlsa, urugʻlar nobud buladi. Oʻzbekistonda eqiladigan sholi navlari urugʻining unishi uchun maksimal yuqori harorat 40° dan oshmaydi. Maysalarning oʻsishi va tuplanish vaqtida harorat 20-30° boʻlishi eng qulay hisoblanadi. Sholining oʻsish davrida harorat 25-30° boʻlishi kerak, lekin koʻpi bilan 40° ga etadi. Sholi gullashi davrida eng past harorat 18-20° sut pishiqlik davrida kamida 15-18° boʻlishi va mum pishiqlik davrida 12-15°dan kam boʻlmasligi kerak. Sut pishiqlik davrida harorat 10°gacha pasayib ketsa, sholining oʻsish va etilish jarayoni toʻxtaydi. Haroratning keskin oʻzgarib turishi, ayniqsa, gullash davrida, sholi oʻsimligiga salbiy ta’sir etadi.
0,5° dagi uncha qattiq boʻlmagan sovuq sholi uchun xavfli,-1° sovuqda esa sholi rivojlanishining barcha davrida nobud boʻladi. Sholining oʻsish davri ertapishar navlar uchun 80-110 kunga, oʻrtapishavr navlar uchun 115-125 kunga va kechpishar navlar uchun 125-145 kunga teng. Sholining oʻsish davri uchun zarur boʻlgan issiqlikning umumiy miqdori 2200°dan (birmuncha ertapishar navlar uchun) 3200°gacha (kechpishar navlar uchun) oʻzgarib turadi.
Namga talabi. Sholi namsevarligi bilanekinlar orasida ajralib turadi. Bu unin tropik mamlakatlardan kelib chiqqanligi bilan bogʻliqdir. Chunki sholi oʻsuv davrida bu erlarda juda koʻp yogʻin yogʻadi, natijada sholipoyalarni suv bosadi. Agar sholi oʻz vatanida tabiiiy suv bosadigan sharoitda oʻssa, boshqa tumanlarda uni oʻstirish uchun sun’iy ravishda suv bostirish talab etiladi.
Sholi namga talabchan (gigrofit) boʻlishiga qaramay, boshqa oʻsimliklargan nisbatan transpiraciya koefficienti ancha past boʻladi. Bostirib sugʻorilganda bu koefficient oʻrtacha Oʻzbekiston uchun (Toshkent) 450-550 ni tashkil etadi. Suv qatlami sholining oʻsish va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi, chunonchi ildiz tizimining yaxshi rivojlanishiga yordam beradi, mineral oziqlanish sharoitini yaxshilaydi, begona oʻtlarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi va tuproq eroziyasiga yoʻl qoʻymaydi. ShOlipoyalarga bostirilgan suv qatlami mikroiqlimini yaxshilaydi, sholining biologik talablariga toʻliq mos keladi, issiqlik tizimini yaxshilaydi va birmuncha shimoliy tumanlarda havoning oʻrtacha kunlik haroratini suv bostirilmagan dalalardagiga nisbatan 3° ga oshiradi.
Sholipoyalarga suv bostirilishi erda asosiy oziq-moddalar: ammiakli azot harakatchan fosfor, kaliy toʻplanishiga va ularni sholi ildiz tizimini tomonidan oʻzlashtirishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
|
| |