• Sugʻorish usullari
  • Q isqa muddat suv bostirib sugʻorish
  • 5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi




    Download 181 Kb.
    bet5/6
    Sana11.01.2024
    Hajmi181 Kb.
    #135160
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-ma\'ruza

    Sholini oʻgʻitlash. Sholi azotli oʻgʻitlarga, ayniqsa, ammoniyshaklidagi azotga, jumladan, ammoniy xlorid, shuningdek, mochevina, kalьciy cianamid kabi amid shaklidagi oʻgʻitlarga talabchan oʻsimlik. Chunki bular tuproqda oʻzgarib, ammoniy azotga aylanadi.
    Fosforli oʻgʻitlar solish miqdori ular tarkibidagi oʻsimliklarga oson singadigan holatdagi fosfor miqdoriga qarab, gektariga 60-90 kg dan 120-150 kg gacha belgilanadi.
    Azotli oʻgʻitlar fosforning oson oʻzlashadigan holatga oʻtishiga imkon beradi. Shuning uchun ham fosforli oʻgʻitlar 1:1, 1:0,7 nisbatda solinadi.
    Sholiga kaliyli oʻgʻitlardan, odatda kaliy xlorid (tarkibida 52-60% K2O boʻlgan, kaliy sulьfat 30-40% tuz boʻlgan) silьvini solinadi.
    Eskidan haydalib kelinayotgan oʻtloq tuproqli erlarning har gektariga 180 kg azot, 120 kg fosfor solinadi. Oʻt poyalarning har gektariga 90-100 kg azot, 120-140 kg fosfor, agʻdarib haydalgan oʻt poyalarga 11120-150 kg azot va 110-130 kg fosfor solish tavsiyaqilinadi. Ikkinchi va uchinchi yili gektariga 90-120 kg dan kaliy ham solinadi.
    Sugʻorish usullari. Tabiiy iqlim sharoiti va sholi etishtirish texnologiyasiga koʻra, dunyo sholichiligida sugʻorishning toʻrt usuli: doimiy suv bostirish, qisqa muddat suv bostirib sugʻorish, dam oldirib sugʻorish va vaqt-vaqti bilan sugʻorish usullari ma’lum.
    Doimiy suv bostirib sugʻorish. Bunda sholi ekishdan oldin yoki ekib boʻlinishi bilanoq, pollarga suv bostiriladi va don mum (dumbul) pishiqlik davrigacha shu holatda saqlanadi. Sugʻorishning bu usuli qisqa muddatda boʻlsa ham suv qolishi urugʻning unib chiqishiga halokatli ta’sir etadi. KUchli shoʻrlangan erlarda suv bostirilgan pollarga yoppasiga koʻlda, shuningdek er betiga (koʻmmasdan) mashinada sochma holda eqiladi. Oʻzbekiston sholikor xoʻjaliklarida hozirgacha ana shu usul qoʻllanilib kelinadi.
    Qisqa muddat suv bostirib sugʻorish. Bu usul urugʻni mashinada ekib, tuproqqa koʻmib ketishda qoʻllaniladi. Urugʻ ekilgandan keyin pollarga darhol suv bostiriladi va 3-5 kungacha suv hatlami 5-6 sm qalinlikda saqlab turiladi. Keyin suv qoʻyish toʻxtatiladi va pollarda qolgan suv asta-sekin erga shimiladi. Agar 6-7 kundan keyin ham sholipoyada suv koʻllab turgan boʻlsa, suv chiqarish egatlari orqali tashlama-oqava ariqlarga chiqarib yuboriladi. Urugʻ unib chiqib, maysalar qatori koʻzga tashlanguncha pollar suvsiz boʻladi, keyin yana suv bostiriladi va sholi don mum pishish davriga kirgunchashu xolatda saqlanadi. Lekin ekinlarga gerbicidlar sepishsa, oʻtlar haddan tashqari koʻpayib ketganda, oʻsimlikni oziqlantirish maqsadida erga mineral oʻgʻitlar solishda pollardagi suv vaqtincha chiqarib yuboriladi.

    Download 181 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 181 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi

    Download 181 Kb.