|
5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi
| bet | 4/6 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 181 Kb. | | #135160 |
Bog'liq 5-ma\'ruzaAgrotexnikasi. Sholini almashlab ekish. Sholidan moʻl hosil olishda almashlab ekishning roli katta. Oʻzbekiston sholichilik ilmiy tekshirish instituti ma’lumotlariga qaraganda, 4 va 6 dalali almashlab ekishda gektaridan 40-50 c hosil olingan holda surunkasiga sholi ekilgan maydonlarda hosildorlik atigi 25-27 c ni tashkil ztadi.
Oʻzbekistonda quyidagi almashlab ekish tizimi qabul qilingan: toʻrt dalali: sholi, band shudgor, sholi ulushi 75%.
Olti dalali: 1,2,3,4-dala sholi: 5,6-dala oʻtlar. Bunda jami almashlab zkish maydonining 66,6% ni sholi band qiladi.
Toʻqqiz dalali: 1,2,3-dala sholi: 4-dala band shudgor 5,6,7-dala sholi va 8,9-dala oʻtlar.
Oʻn dalali: 1,2,3,4-dalasi sholi: 5-dala band shudgor: 6,7,8-dala sholi 9,10-dala oʻtlar. Bunday umumiy maydonning 70% sholi bilan band qilingan.
Etti dalali (urugʻchilik xoʻjaliklarida) 1,2-dala oʻtlar: 3,4-dala sholi: 5-dala band shudgor: 6,7-dala sholi. Bunda sholi 57,1% ni tashkil qiladi.
Erni ishlash. Suv bostirilgan sholipoyalarda tuproqqa havo kirolmaydi. Shuning uchun zararli boʻlgan birikmalar: vodorod, sulьfid, metan, temir (II) oksidi birikmalari, marganec va mikrofloraning anaerob sharoitida hosil boʻlgan boshqa mahsulotlar toʻplanadi. Bularning hammasi tuproq unumdorligini pasaytirib va bu oʻz navbatida, sholi hosilining kamayishiga sabab boʻladi. Bunday noqulay sharoitni bartaraf qilish uchun sholi zkishga qadar, ya’ni kuz, qish va bahor davomida erni yaxshilab quritish hamda shamollatib turish zarur. Erni yumshatish, shamollatish va quritish ishlari tuproqni maxsus agrotexnik qoidasi asosida ishlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Sholipoya va band shudgordan boʻshagan maydonlarni (oʻt ekilgan erlar bundan mustasno) ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Erni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Erni kam mehnat va mablagʻ sarflab ishlashda qator mashinalar, jumladan: KFS-2,4, KFS-3,6, FN-1,6 rusumli kulьtivator, freza-seyalka, shuningdek PR-2, PR-2,7 rusumli rotacion plug va boshqa mashinalar ham ishlatiladi. Mana shu mashinalar bir oʻtishda bir yoʻla bir necha ishni, masalan, erni ekish oldindan ishlash, tekislash, ekish, oʻgʻit solish, gerbicid sepish, erni gʻaltaklash va boshqalarni bajaradigan bitta komplekt tuzish mumkin.
Suv bostirilgan sholipoyalarda erni ishlash quruq sholipoyalarni ishlashdagiga qaraganda bir nechta ish turini qisqartirishga imkon beradi.
Sholi eqiladigan erlarni ekish oldidan ishlashda marza cheklarni D-24 1 M va D-20 B rusumli greyderlarda yoki PA-3,P-2,P-4 rusumli uzun bazali tekislagichlarda joriy tekislash katta ahamiyatga ega.
|
| |