|
5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi
|
bet | 3/6 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 181 Kb. | | #135160 |
Bog'liq 5-ma\'ruzaYorugʻlikka talabi. Sholi quyosh nuriga talabchan, qorongʻilikka chidamsiz oʻsimlik. U qisqa kun oʻsimliklariga kiradi. qisqa kunda (8-10 soatda) sholi tez rivojlanib etiladi. Uzun kunda esa rivojlanish sekinlashadi. Sholining ertapishar navlari kunning uzun-qisqaligidan kam ta’sirlanadi.
Tuproqqa talabi. Sholi turli-tuman qora kashtan, qoʻngʻir, oʻtloq, oʻtloqi-botqoq tuproqli erlarda oʻsa oladi. Daryo vodiylaridagi choʻkindi tuproqli erlar sholi uchun ayniqsa qulaydir. Tarkibida loyqa zarrachalari va organik moddalar miqdori koʻp boʻlgan ogʻir, soz tuproqli erlarda sholi yaxshi oʻsadi. Kuchli darajada botqoqlangan va biroz qum tuproqli erlar sholi ekish uchun yaroqsizdir. Sholi erning shoʻrlanishiga ancha chidamsiz. U zararl tuzlar eritma miqdori 0,5% gacha boʻlgan oʻrtacha shoʻrlangan erlarga chidamli boʻladi.
Sholi kislotali tuproqlarga chidamsiz, uning tuproq eritmasining optimal muhiti rN-4,5-5,7 ga teng boʻlishi kerak.
Ozuqaga talabi. Oʻsimliklarning oʻsishiga va hosilning shakllanishiga tuproqdagi oziq moddalar muhim ahamiyat kasb etadi. Sholi nihoyatda serhosil boʻlgani uchun, tuproqdagi oson oʻzlashtiradigan oziq moddalarni koʻplab sarflaydi, bu jihatdan ьir qator oʻsimliklardan ustun turadi.
V. F. Shupakovskiy ma’lumotiga qaraganda, gektaridan 50 c sholi va tegishli 50 c poxol olinadigan boʻdsa, oʻsimlik tuproqdan qariyb 90 kg azot, 40 kg fosfor va 160 kg kaliy oladi.
Sholi tuproqdagi oziq moddalarni oʻstirilayotgan rayon sharoitiga, parvarish qilish usuliga va olinadigan hosilga qarab turlicha sarflaydi. Tajribadan shu narsa ma’lumki, 1 kg azot solish evaziga 20 kg qoʻshimcha hosil olish mumkin, agar u fosforli (1 kg) oʻtit bilan qoʻshib solinsa, qoʻshimcha hosil 30 kg gacha ortadi.
Fosfor hujayralar yadrosi bilan protoplazmaning zarur qismi hisoblangan, nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun oʻsimliklarda barcha almashinuv jarayonlarining qay darajada borishi fosfor boʻlishiga koʻp jihatdan bogʻliq. Sholi maysalanganda fosforga, ayniqsa talabchan boʻladi, urugʻ unib chiqish davrida fosfor etishmasligi ildiz sistemasining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Fosfor oʻsimlikning er usti qismiga qaraganda, ildiz massasini koʻpaytirishga yordam beradi.
Fiziologik jarayonlarda va hosilning shakllanishida kaliyning roli katta. Uglevodlar almishinuvida yoki kraxmal hosil boʻlishi va harakatlanishida, azot almashinuvi va oqsil sintezlanishida, shuningdek boshqa, oziq elementlar faolligining bir me’yorda saqlanib turishida kaliyning ta’siri borligi tajribalarda aniqlangan. Kaliyli oʻgʻitlar sholi poyasini mustahkamlaydi va lon hosil boʻlishiga qulay sharoit yaratadi, sholining zamburugʻ kasalliklariga chidamliligini oshiradi.
Sholi navlari: Respublikamizda rayonlashtirilgan kechpishar navlardan "UzROS-7-13", "Lazurnoʻy", "Intensivnoʻy", oʻrtapishar navlardan "Avangard", ertapishar navlardan "Oʻzbekiston-5" va "Nukus-2" navlar ekilmoqda.
|
| |