• Vaqti-vaqti bilan sugʻorish
  • Sholini koʻchat usulida etishtirish.
  • 5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi




    Download 181 Kb.
    bet6/6
    Sana11.01.2024
    Hajmi181 Kb.
    #135160
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-ma\'ruza

    Dam oldirib sugʻorish. Bunda oʻsimlikning butun oʻsuv davrida yoki rivojlanishning ayrim davrlarida polarga suv bostirish ma’lum vaqtgacha boʻladi. Maysalar chiqqandan keyin pollarga suv qatlami 10-12 sm ga etkaziladi va 5-10 kungacha shu holatda saqlanadi. Tuproq-iqlim sharoitiga koʻra, suv qoʻyish toʻxtatilgandan keyin 5-10 kun oʻrtacha, pollarga yana suv bostiriladi. Shu tartibda tanaffus berib suv bostirish takrorlanaveradi. Lekin sholi gullab, don olish davrida pollarga, albatta, suv bostirilgan boʻlishi juda muhimdir.
    Vaqti-vaqti bilan sugʻorish. Bunda sholiquruqlikda eqiladigan ekinlar singari sugʻoriladi va butun oʻsuv davrida pollarga suv bostirib qoʻyilmaydi. Sholi navlarining oʻsuv davri uzun-qiqaligiga qarab mavsumda 10-14 marta sugʻoriladi. Shu usulda sugʻorilganda sugʻorish me’yori ikki barobar va undan ham koʻproq qisqaradi, qimmatga tushadigan indjenerlik tipidagi sugʻorish tizimini qurishga ehtiyoj qolmaydi, lekin sholini qosildorligi keskin pasayib ketadi.
    Yuqorida aytilgan barcha sugʻorish usullari orasida Oʻzbekiston sholikorligida dastlabki ikki usul eng keng tarqalgan, mana shu ikki usulda sugʻorish suvga ekilgan sholining fiziologik talablariga toʻliq javob beradi.
    Oʻzbekistonning turli sholichilik tumanlarida sugʻorish davri qariyb 100 kun davom etadigan oʻrtapishar nav sholini sugʻorish uchun 1 ga erga 20-30 ming. m³ gacha suv talab qilinadi.
    Sholini koʻchat usulida etishtirish. Osiyo davlkatlarining asosiy qismida sholi etishtirishda koʻchat usuli muhim oʻrini egalaydi. Dunyo miqyosida eqiladigan sholi maydoning 85-90% ida shu usul qoʻllanildi.
    Sholi koʻchat usulida etishtirilganda toʻgʻridan-toʻgʻri ekkanga nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega:
    1. Sholi urugʻi koʻchatxonalarda ekilishi munosobati bilan kech kuzga qolmasdan yigʻishtirib olish imkonini yaratadi.
    2. Koʻchat usuli har bir erdan unumli foydalanib, ikki marta (bugʻdoy-sholi) gʻalla hosili olish imkoniyatini yaratadi.
    3. Sholi urugʻining 60-70% iqtisod qilinadi.
    4. Sholining oʻsuv davrining 30-35 kuni koʻchatxonada oʻtishi munosoьati bilan suv sarfi 20-25% ga qisqaradi.
    5. Sholi hosildorligi esa toʻgʻridan-toʻgʻri ekkanga nisbatan 15-30% yuqori boʻladi.
    Sholini koʻchat usulida eishtirishning asosiy kamchiligi qoʻl mehnatini koʻp talab qilishidir.
    Respublikamizda sholini bu usulda etishtirish 1993-1995 yillarda ishlab chiqildi. A. A. Shokirov, G. N. Rahimov,U. X. Tilavov ma’lumotlariga koʻra, asosiy ekin sifatida sholi eqiladigan maydonlar boʻyicha quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilishi lozitm. Erni 3 sm qilib tekislash kerak. Sholi ekishdan oldin erga 40 kg/ga hisobida RK, goʻngdan esa 40 tgʻga hisobida solinadi va oʻgʻit tuproqning 5-7 sm yuza qatlamiga aralashtiriladi. Soʻngra sharoitiga qarab mexanizmlar yordamida yoki qoʻlda sholi eqiladi. Toshket, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Namangan, Far ona viloyatlarida "Avangard" navi, qoraqalpogʻiston Respublikasida "Nukus" navi asosiy ekin sifatida koʻchatxonalarga 1-10 mayda eqiladi. Asosiy maydonga 10-20 iyunda koʻchat koʻchirib eqiladi.
    Takroriy ekin sifatida koʻchatxonalarga 20-30 mayda urugʻ eqiladi. Asosiy maydonga 20-30 iyunda koʻchat koʻchirib oʻtqaziladi. Bunda koʻchatxonalarga gektar hisobida 20-22 mln dona yoki 650-750 kg sholi urugʻi sepiladi, agar sholi qoʻlda eqiladigan boʻlsa, urugʻlik sholini namlab eqiladi. Koʻchatxonada sholi 30-40 kunlik muddatda koʻchat qilish uchun tayyor xolga keladi. Koʻchatlar 25-30 kunligida 5 kggʻga hisobida azot oʻgʻiti bilan oziqlantiriladi. Bir haftadan soʻng koʻchatlar asosiy maydonga oʻtqaziladi, ya’ni bu sholining tuplanish davrini boshlanishiga toʻgʻri keladi.
    Asosiy maydondan donli ekin oʻrib-yigʻib olingandan soʻng, zudlik bilan er 18-20 sm chuqurlikda haydaladi. Erni haydaganda oʻsimlik qoldiqlarini toʻla koʻmishga erishish kerak. Koʻchat ekishda er tekisligi asosiy koʻrsatgich boʻlib ± 3 sm tashkil qiladi. Tayyor boʻlgan sholipoyaga 5-7 sm suv qalinligida koʻchatlar qoʻlda yoki koʻchat oʻtkazish agregatlari yordamida 3-4 sm chuqurlikka oʻtkaziladi. Koʻchatlar koʻchatxonadan olinayotganda ildiz va barglarining 1gʻ3 qismi kesib tashlanib, 150-200 ta oʻsimlikdan iborat bogʻ tayyorlanadi. Tayyor boʻlgan bogʻ-bogʻ koʻchatlar sholipochda suvda turishi lozim. Ular asosiy maydonga keltirib oʻtkazgunga qadar ham suvda turishi kerak.
    Koʻchatlar asosiy maydondagi bir uyaga 1-2 koʻchat eqiladi. Uya oraligʻi 10-15 sm qilib ekish tavsiya qilinadi. Bunda gektariga 65-100 ming koʻchat sarflanadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnik talablar asosida olib boriladi.
    Asosiy maydonga sholi koʻchati oʻtqazilgandan soʻng birinchi oʻgʻit 3-5 kundan keyin RK 40 kggʻga hisobida beriladi. 30kundan keyin, ya’ni sholi 7-9 bargli boʻlgan davrida ikkinchi oʻgʻit beriladi, bunda 40 kggʻga hisobida beriladi. Suv rejimi sholi pishgunga qadar umumiy agrotexnik talablir asosida amalga oshiriladi.





    Download 181 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 181 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5. Sholi biologiyasi va etishtirish texnologiyasi

    Download 181 Kb.