|
Ekvivalent. Ekvivalentlar qonuni
|
bet | 7/12 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 41,96 Kb. | | #136923 |
Bog'liq Reja O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi-fayllar.orgEkvivalent. Ekvivalentlar qonuni. Ingliz olimi J.Dalton elementlar muayyan miqdorlardagina o’zaro birika oladi, degan fikrni aytdi va bu miqdorlarni «birikuvchi miqdorlar» deb atadi. Ammo keyinroq bu termin o’rniga ekvivalent termini qabul qilindi. Ekvivalent so’zi «teng qiymatli» demakdir bu terminni kimyoga 1814 yilda Valloston kiritgan.
Elementning bir massa qism vodorod yoki sakkiz massa qism kislorod bilan birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdori uning ekvivalenti deb ataladi. Masalan, kalsiyning ekvivalenti 20 ga teng, 8 massa qism kislorod bilan qoldiqsiz birikadi (CaO).
Elementning ekvivalentini uning vodorod yoki kislorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibi orqali yoki vodorodga almashinishi orqali hisoblab topiladi. Shuni ham aytish kerakki, biror elementning ekvivalentini vodorod yoki kislorod orqali aniqlash shart emas, ekvivalenti ma’lum bo’lgan biror element bilan hosil qilgan birikmasi yordamida ham aniqlasa bo’ladi.
Ekvivalent tushunchasi murakkab moddalarga ham tatbiq qilinadi. Murakkab moddaning vodorodning bir ekvivalenti bilan yoki umuman boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi.
Tahlil va hisoblashlarda, umuman turli reaksiyalarda, ko’pincha elementlar, kislotalar, asoslar, tuzlarning ekvivalentlarini hisoblashga to’g’ri keladi.
Elementning ekvivalenti uning atom massasini valentligiga bo’lish bilan hisoblanadi, elementning atom massasi ekvivalentining valentligiga ko’paytmasiga tengdir. Valentligi o’zgaruvchan elementlarning ekvivalentlari ham o’zgaruvchan bo’ladi.
Kislota ekvivalentini hisoblash uchun molekulyar massasini kislotaning negizligiga bo’lish kerak, (1) formulada keltirilgan kabi.
Masalan:
Asos ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini (2) formulada keltirilgan kabi shu asos tarkibidagi metallning valentliligiga bo’lish kerak. Masalan:
Mr
Tuz ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini tuz tarkibidagi metallning umumiy valentligiga bo’lish kerak, masalan:
Kimyoga «ekvivalent» tushunchasi kiritilgandan so’ng ekvivalentlar qonuni quyidagicha ta’riflandi.
Elementlar (moddalar) bir-birlari bilan o’z ekvivalentlariga proporsional bo’lgan miqdorlarda birikadilar.
Gazning molekulyar massasi uning havoga nisbatan zichligiga qarab ham topiladi. Havo garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo’lsa ham, uning tarkibi doimiy bo’lgani uchun o’rtacha molekulyar massasi ham doimiy bo’lib, 29 ga teng.
Tekshiriladigan gazning havoga nisbatan zichligini Dhavo bilan belgilasak, molekulyar massasini hisoblab topish uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz:
M = 29 ∙ Dhavo
Bu usulning asosiy qiyinchiligi gazning nisbiy zichligini topishdir. Molekulyar massani topishning yana bir necha usullari bor. Shulardan biri Meyer usulidir:
Tarkibiy qismlarga ajralmay qaynaydigan suyuqliklarning molekulyar massasini aniqlash uchun V.Meyer usulidan foydalanamiz. Bunda modda bug’lari rezervuardan havoning bir qismini siqib chiqaradi, siqib chiqarilgan havoning hajmi modda bug’ining hajmiga teng bo’ladi. Haydab chiqarilgan havo silindrga yoki byuretkaga suv ustida yig’iladi.
Hisoblash Klapeyron-Mendeleev tenglamasi:
yordamida olib boriladi.
Bu erda, g – suyuqlikning (suyuqlik maxsus shisha sharchada olinadi) massasi, V – modda bug’lari siqib chiqargan havoning hajmi; T – havo yig’ilgan idishdagi harorat; В- atmosfera bosimi; h – ayni haroratdagi suv bug’i bosimi.
|
| |