• Neft va gazni qayta ishlash quyidagi 5-ta asosiy jarayonga bo’linadi
  • ASOSIY ADABIYOTLAR
  • Режа: О‘zbekistonda neft-gaz sanoatining rivojlanishi




    Download 159 Kb.
    Sana22.02.2024
    Hajmi159 Kb.
    #160572
    Bog'liq
    1-маьруза гкс

    • Мавзу: Kirish. Gazkimyo sohasi korxonalari jihozlari fanning maqsad va vazifalari.
    • РЕЖА:
    • 1.О‘zbekistonda neft-gaz sanoatining rivojlanishi.
    • 2. Neft–gazni qayta ishlashning asosiy jarayonlari va uskunalarini sinflanishi .
    • Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov о‘zining kitobida ta’kidlab о‘tganidek, О‘zbekiston о‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bо‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini о‘z ichiga oladi.
    • G‘oyat muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bо‘yicha 155 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. Hisob-kitobdan ma’lumki, gaz zahiralari 2 trillion kubometga yaqin, kо‘mir-2 milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bо‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib kо‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.
    • Ma’lum bir sharoitlarda tabiat va ishlab chiqarishda moddalar holatining о‘zgarishlari jarayonlar deb yuritiladi. Atrof muhitda yuz beradigan hodisalarni tabiiy jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlarga, masalan, quyidagilar kiradi: suv havzalari yuzasidan suvning bug‘lanishi, turli omillar ta’sirida yer qatlami yuzasining isishi yoki sovishi, muzning erishi, suvning daryo va suv havzalaridagi harakati, turli materiallardan namlikning ajralib chiqishi va boshqalar.
    • Tabiiy jarayonlarni о‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar hamda fan va texnika yutuqlari asosida, tabiatning mahsuli bо‘lgan xomashyoni qayta ishlab, undan sanoat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va iste’mol mahsulotlari olish maqsadida turli jarayonlar tashkil etiladi. Bunday jarayonlarni texnologik jarayonlar deb ataladi. Masalan, neft xom ashyosini kimyoviy texnologiya yо‘llari asosida qayta ishlab, undan turli motor yonilg‘ilari, moylash materiallari, erituvchilar, gudron, oltingugurt va boshqa mahsulotlar olinadi.
    • Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari fanining asosiy maqsadi – tabiiy va sun’iy xom ashyolarni eng tejamli va ekologik jihatdan toza usullar yordamida qayta ishlab, kerakli materiallar hamda mahsulotlar olishdan iborat. Zamonaviy kimyoviy texnologiya tabiiy va texnika fanlarining yutuqlariga asoslanib, fizikaviy va kimyoviy jarayonlar, mashinalar va uskunalarning birligini, sanoat miqyosida turli moddalar, mahsulotlar, materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni eng qulay yо‘llar bilan olib borish, ularni boshqarish muammolarini о‘rganadi.
    • Neft va gazni qayta ishlash quyidagi 5-ta asosiy jarayonga bo’linadi:
    • 1. gidromexanik jarayon
    • 2.Mexanik jarayon
    • 3.issiqlik almashinish jarayoni
    • 4. modda almashinish jarayoni
    • 5.kimyoviy jarayonlar
    • Mexanik jarayonlar qattiq materiallarni mexanik kuch ta’sirida qayta ishlash bilan bog‘liq bо‘ladi. Bunday jarayonlar qatoriga maydalash, elash, uzatish, qismlash, aralashtirish va shu kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bunday jarayonlarda haraqatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan qochirma kuch bajaradi.
    • Suyuq va gazsimon sistemalardagi harakat bilan bog‘liq bо‘lgan jarayonlar gidromexanik jarayonlarni tashkil etadi. Bunday jarayonlar qatoriga tindirish, filtrlash, sentrifugalash, aralashtirish, suyuqlik yoki gazning sochiluvchan materiallar qatlamidan oqib о‘tishi kabi jarayonlar kiradi. Ushbu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Gidromexanik jarayonlarning harakatlanuvchi kuchi – gidrostatik va gidrodinamik bosimdir.
    • Issiqlik almashinish jarayonlari – haroratlar farqi mavjud bir (harorati yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning о‘tishidir. Bu guruhga isitish, sovitish, bug‘latish, kondensatsiyalash, erish, qotish kabi jarayonlar kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog‘liq holda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi. Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muhitlar о‘rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi.
    • Modda almashinish jarayonlari – bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan, fazalarni ajratuvchi yuza orqali, ikkinchi fazaga о‘tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida о‘tadi. Shu sababli bu jarayonlarni diffuzion jarayonlar ham deyiladi. Bu guruhga haydash, rektifikatsiya, absorbsiya, desorbsiya, adsorbsiya, ekstraksiyalash, quritish, kristallanish kabi jarayonlar kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog‘liq bо‘lib, modda о‘tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Modda almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentratsiyalarning farqi bilan belgilanadi.
    • Kimyoviy jarayonlar – moddalarning о‘zaro ta’siri natijasida yangi birikmalarning hosil bо‘lishidir. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida odatda issiqlik va modda almashinish jarayonlari ham sodir bо‘ladi. Kimyoviy jarayonlar qatoriga kreking, kokslash, piroliz, gidrogenizatsiya, riforming, polimerlanish, alkillash, oksidlash, vodorodni ajratish, izomerlanish kabi jarayonlar kiradi. Bu guruhdagi jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Reaksiyalarning tezligi, ayniqsa sanoat miqyosida, moddalarning gidromexanik harakatiga ham bog‘liq bо‘ladi. Kimyoviy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi reaksiyaga kirayotgan moddalarning konsentratsiyalariga bog‘liq bо‘ladi.

    ASOSIY ADABIYOTLAR

    • ASOSIY ADABIYOTLAR
    • 1.Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Tom. 1. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 1 9 9 4 .- 3 6 6 b.
    • Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Tom. 2. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 1995. - 237 b.
    • 3.Yusufbekov N.R. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. - Т.: “SHARQ” 2013

    Download 159 Kb.




    Download 159 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Режа: О‘zbekistonda neft-gaz sanoatining rivojlanishi

    Download 159 Kb.