Reja: Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan payvandlash




Download 11.97 Kb.
bet3/3
Sana29.06.2022
Hajmi11.97 Kb.
#24576
1   2   3
Bog'liq
Reja Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan pa-kompy.info
Abdullaev Salamat (Автосохраненный), 1-mavzu, 2 ОКТ, DIDAKTIK MASHQLAR, МАШҒУЛОТ ТАҲЛИЛИ-1, swot tahlil, Xoshimov????, Mavzu Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijt, Abdug, 4-kurs malumot, 2.11-Информатика ўқит.мет-2020 (1), Будь в тренде, 5e4eb9225c2ea, SENARIYSI

 

Payvandlash rejimini belgilash

Metallarni dastaki usulda payvandlashda payvandlash rejimining asosiy parametri payvandlash toki bo‘lib, uning qiymati elektrodning diametriga va xiliga ko‘ra belgilanadi va tubandagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

J = kd

Bu erda d – elektrod diametri, mm; k – koeffitsient, a/mm; kam uglerodli po‘latlarni, metall elektrod bilan payvandlashda esa 5-8 a/mm olinadi. Elektrod simning diametri payvandlanadigan metall qalinligiga ko‘ra tubandagi jadvalga qarab belgilanadi:


Magnitaviy oqim yakor aylanganida uning chulg‘amlarida qo‘zg‘atish toki hosil qiladi. Ana shu tok kollektor plastinkalari 6 hamda ularga tegib turgan tok uzatgich cho‘tkalari 7 orqali payvandlash zanjiriga ulanadi. Payvandlash toki reostat maxovigi 8 yordamida rostlanadi. Ana shu maxovik soat strelkasi bo‘yicha aylantirilganda tok ko‘payadi, teskari tomonga aylantirilganda esa tok kamayadi.
Payvandlash tokining qiymati ampermetr 10 bilan o‘lchanadi. Payvandlash o‘zgartirgichi aravachaga o‘rnatilgan bo‘lib, uni istalgan joyga g‘ildiratib olib borish mumkin. Texnikada har xil elektrik sxemada ishlaydigan payvandlash o‘zgartirgichlaridan foydalaniladi. Bular haqidagi ma’lumotlar maxsus kurslarda beriladi.

Payvandlanadigan metall qalinligi. mm

0,5-1,5

1,5-3

3-5

6-8

9-12

13-20

Elektrod simining diametri.
mm

1,5-2,0

2-3

3-4

4-5

4-6

5-6

Metallarni elektrik yoy yordamida dastaki usulda payvandlash
Dastaki usulda payvandlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalar qo‘lda bajariladi. Metallarni payvandlashdan oldin payvandlanadigan joylar payvandlashga yaxshilab tayyorlanishi lozim, ya’ni yuzalar kirdan, oksid pardalardan tozalanishi, birbiriga uchma-uchlanishi (agar qalinligi 5 - 6 mm dan ortiq bo‘lsa, kertilishi) lozim. (3.5rasm). Turli metall konstruksiyalarni payvandlash yo‘li bilan olishda qalinligi 2-30 mm gacha bo‘lgan turli holdagi choklarni (pastki, vertikal, gorizontal va ship) dastaki usulda payvandlash yo‘li bilan bostirish mumkin. Bu usul, ayniqsa, qisqa ixtiyoriy shakldagi istalgan fazoviy holatdagi qiyin choklarni bostirishda qo‘l keladi.
Dastaki usulda payvandlash te’nologik talablarga mos bajarilsa, ancha sifatli choklar hosil bo‘ladi, lekin, ish unumi past. SHuni qayd etish lozimki, dastaki usulda payvandlashda ish unumini oshirish maqsadida tok kuchini tavsiya etiladigan qiymatdan orttirishda, elektrod-sterjen qizib qoplama ko‘cha boshlaydi, vanna metali esa sachraydi. SHuning uchun payvandlashni boshlashdan avval konkret hol uchun payvandlanadigan metallning payvandlash joylarining qay tarzda tayyorlanishi, elektrod xili, payvandlash rejimi va boshqa masalalar hal etilmog‘i lozim. SHuni ham qayd etish lozimki, bostirilgan chok sifatiga yuqorida zikr etilgan faktorlardan tashqari chokni bostirishda elektrodning harakat yo‘nalishining ham ahamiyati katta.
Payvandchi elektrodni chok uzra qanchalik sekin surib borsa, valik shunchalik keng chiqadi.
Enli valiklarni bostirishda payvandchi elektrodni chokka ko‘ndalang ravishda tebranma harakatlantirmog‘i lozim. Demak, bunday chokni bostirishda elektrod uch xil, ya’ni elektrod o‘qi bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, chok chizig‘i bo‘ylab ilgarilanma harakat va chokka ko‘ndalang yo‘nalishda tebranma harakat qilmog‘i lozim.
Elektrodning tebranma harakati metall chetlarining qizishiga yordam beradi va payvandlash vannasining sekinroq sovishini ta’minlaydi. Suyuqlantirib valik yotqizish tugagandan keyin, uning chetidagi kratel, bu erda darz ketmasligi uchun yaxshilab payvandlanishi kerak. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda suyuq metalning erigan shlak qatlami bilan to‘la va bir tekis muxofazalanishini ta’minlash kerak.
SHlak zarralarining vanna sirtiga chiqishi va shlak metalni oksidsizlantirishi uchun metall etarli vaqt davomida suyuq holatda saqlab turiladi.
Payvandlash protsessida muayyan vaqt mobaynida elektrod metalidan qancha suyuqlantirilganini tubandagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
G = K · I · t gr
Bu erda K – suyuqlantrish koeffitsienti, g/a soat.
Payvandlash tokining har bir amperiga to‘g‘ri keladigan va bir soat ichida gramm hisobida suyuqlantirilgan elektrod metali miqdori suyuqlantrish koeffitsienti deyiladi. Bu koeffitsient qiymati elektrod materialiga, qatlam tarkibiga va tok harakteriga bog‘liq, po‘lat elektrodlar uchun K = 5:20 g/a soat bo‘ladi.
Bu formuladan ko‘rinadiki, tok qanchalik katta bo‘lsa va yoy uzoq vaqt yonib tursa, shunchalik ko‘p metall suyuqlanadi.
http://kompy.info
Download 11.97 Kb.
1   2   3




Download 11.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Payvandlash yoyining tuzilishi va metall elektrod bilan payvandlash

Download 11.97 Kb.