18
2-MAVZU: Onlayn pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
Reja:
1. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida
pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati.
2. Kundalik.com platformasi.
3. Kundalik.com paltformasining o’qituvchilar uchun imkoniyatlari.
1. Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Taʻlim jarayonida
pedagogik dasturiy vositalarning oʻrni va ahamiyati.
Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) – kompyuter texnologiyalari yordamida
oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida
ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik
maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi),
texnik va metodiktaʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- oʻrgatuvchi dasturlar – talabalarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib
chiqib yangi bilimlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va koʻnikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qoʻllaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval oʻzlashtirilgan oʻquv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
- oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Dasturiy taʻminotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy
pedagogik vosita (UPV)», «oʻquv pedagogik dasturi (OʻPD)», «avtomatlashtirilgan
oʻqitish tizimi (AOʻT)», «oʻqitishning yangi axborot texnologiyasi (OʻYaAT)» kabi
atamalar bilan qayd etish, bir obʻektga turlicha nom berish tadqiqotchilarning oʻzaro
fikr almashinuviga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Biz bundan keyin taʻlim jarayonida
qoʻllanadigan dastur vositalarini «pedagogik dasturiy vositalar (PDV)» atamasi
bilan qayd etamiz. Zero, mashgʻulot jarayoni yaxlit bir tizim boʻlib, u ham
maʻlumotlarni bayon qilish, ham namoyish qilish, ham mashq qildirish, ham nazorat
qilish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Shu bois mashgʻulot jarayonida foydalanish
mumkin boʻlgan dastur vositalarining barcha turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab
umumiy nom bilan PDV deb aytish maqsadga muvofiq hisobalanadi.
Pedagogik dasturiy taʻminotni rivojlantirishni baholash, birinchi navbatda,
pedagogik dasturiy taʻminotning asosiy tushunchalarini, tasnifi va turlarini oʻrganish
kerak. “Pedagogik dasturiy taʻminot” konsepsiyasi boshqacha talqin etiladi, ammo
koʻpchilik olimlarning fikrlari oʻxshashdir. Misol uchun, Kuxtin D.V “Pedagogik
19
dasturiy taʻminot taʻlim tizimini oʻrganish jarayonida foydalanish uchun
moʻljallangan alohida dastur va dasturiy paket hisoblanadi” deb taʻriflaydi.
N.N.Gorlushkina
“Pedagogik
dasturiy
taʻminot
kompyuter
va
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida oʻquv jarayonini
texnologik qoʻllab-quvvatlash” ekanligini taʻkidlaydi.
PDVlar oʻz maʻlumot omboriga, shuning’iek, modellashtiruvchi,
boshqaruvchi, oʻrgatuvchi, nazorat qiluvchi sifatlarga ega boʻlib, taʻlimning
koʻrgazmaliligini taʻminlaydi, taʻlim subʻektlari faoliyatini tezkor tahlil etish,
nazorat qilishga moʻljallanadi.
Hozirga qadar yaratilgan PDVlarning qator xususiyatlarini ajratib koʻrsatish
mumkin. Dastlabki PDVlar algoritmik tillarni oʻrganishga moʻljallangan boʻlib, ular
bilimlarni formallashtirishda ishlatilgan. Keyinchalik PDVlarni yaratishga
matematik mantiq nuqtai nazaridan yondashilgan. Ularda dasturlashtirilgan taʻlim
prinsiplariga rioya qilib, oʻquv materialini mantiqan bogʻliq qismlarga ajaratish,
talabalar oʻzlashtirishini individuallashtirish, talabalar oʻzlashtirishini tezkor
baholash kabi talablar hisobga olingan. Hozir taʻlimda kompyuterdan foydalanish
texnologiyasi ancha taraqqiy qildi. Endi yaratilayotgan PDVlar kompyuterning
multimedia imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda taʻlim sifatini yaxshilash va
samaradorligini oshirishga yoʻnalgan, zamonaviy taʻlim jarayoni mohiyatini oʻzida
kompleks gavdalantiradigan dastur vositasi boʻlmogʻi lozim.
Pedagogik dasturiy vositalar anʻanaviy oʻquv nashrlariga qoʻyilgan didaktik
talablarga javob berishi kerak. Biz quyida pedagogik dasturiy vositalarning didaktik
imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz:
1. Taʻlimda ilmiylik, fan-texnika va texnologiyalar soʻnggi yutuqlarining
hisobga olinishi pedagogik dasturiy vositalar mazmunining chuqurligi va
ishonchliligini taʻminlaydi. Oʻquv materiallarini pedagogik dasturiy vositalar
yordamida oʻzlashtirish jarayoni oʻqitishning zamonaviy usullari asosida amalga
oshiriladi. Masalan tajriba, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish,
yaxlitlashtirish, oʻxshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi, shu bilan birga
matematik modellashtirish va tizimli tahlil metodlari.
2. Oʻqitishning erishuvchanlik talablari pedagogik dasturiy vositalar orqali
amalga oshiriladi va taʻlim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga
xos oʻquv materialini oʻrganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash
zaruratini bildiradi. Oʻquv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha
yuklash mumkin emas, aks holda taʻlim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik
qiladi.
3. Oʻqitishning muammoliligini taʻminlanadi. Agar taʻlim oluvchi muammoli
topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi ortadi.
Ushbu didaktik talabning pedagogik dasturiy vositalar yordamida bajarilish darajasi,
anʻanaviy darsliklar va qoʻllanmalardan koʻra, sezilarli ravishda yuqori boʻladi.
20
4. Pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishning koʻrgazmaliligini
taʻminlash – taʻlim oluvchilar tomonidan oʻrganilayotgan obʻektlar, ularning
maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish
zaruratini bildiradi.
5. Oʻqitishning ongliligi, taʻlim oluvchining mustaqilligi va faolligini
taʻminlash talablari – oʻquv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda
oʻquv axborotini jalb qilish boʻyicha taʻlim oluvchilarning mustaqil ishlashlari
uchun pedagogik dasturiy vositalar bilan taʻminlashni koʻzda tutadi. Bunda taʻlim
oluvchi uchun oʻquv faoliyati yoʻnaltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar
boʻyicha pedagogik dasturiy vositalar tizimli faoliyatli yondashuv asosida ishlab
chiqilishi kerak.
6. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda oʻqitishning tizimliligi va
ketma-ketligi – oʻrganiladigan fan sohasidan bilim va koʻnikmalarning taʻlim
oluvchilar tomonidan tizimli oʻzlashtirilishini anglatadi. Bilim, koʻnikma va malaka
– taʻlim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qoʻllanilishi zarur. Buning
uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurligi aniqlandi:
- oʻquv materialini tizimlashtirilgan tartibda tavsiya qilish;
- oʻquv materiallari yuzasidan shakllanadigan bilim va koʻnikmalarning
rivojlanib borishiga erishish;
- oʻrganilayotgan oʻquv materialining fanlararo bogʻliqligini taʻminlash;
- oʻquv materiali va taʻlim beruvchi taʻsirlarining uzatilish ketmaketligini
chuqur oʻylab koʻrish;
- bilim berish jarayonini mantiqiy ketma-ketlik asosida qurish;
-pedagogik dasturiy vositalar tavsiya qilgan axborotlarni oʻqitishning
mazmuni va uslubi, taʻlim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bogʻliq holda tanlanishi
kerak, masalan, mazmunli oʻyin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar
va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va obʻektlar modellarini tavsiya qilish yoʻli
bilan amaliy faoliyatga bogʻlashni taʻminlash.
7. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda bilimlarni mustahkam
oʻzlashtirish – talabalarning oʻquv materialini mustahkam oʻzlashtirishlari uchun,
ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega.
8. Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy
funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviyligiga zamin yaratadi. Taʻlimni
kompyuterlashtirish ikki yoʻnalishda davom etmoqda: kompyuter savodxonligini
taʻminlash va kompyuterdan oʻquv fanlarini oʻqitishda foydalanish. Birinchi
yoʻnalish boʻyicha maʻlum natijalarga erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi
yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib oʻtish
21
joiz: amaliyotda oʻrgatuvchi dasturlar deyarli yoʻq; PDVlarni yaratishga mutaxassis
olimlar keng jalb qilinmagan; dastur vositalari va ulardan foydalanish
texnologiyasidan maktab oʻqituvchilari deyarli xabardor emas; PDVni yaratish
texnologiyasining oʻzi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan
mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, talabalarning real bilish
imkoniyatlariga moslashtirilmagan.
Shunday ekan, ikkinchi yoʻnalishga eʻtiborni sezilarli darajada kuchaytirish
zamon talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib keldi. Pedagogik
dasturiy vositalarni ishlab chiqish jarayonida ham prinsp va talablarni hisobga olish
kerak. Gorushkin N.N.ning prinsplari orasida 4 guruhni aniqlaydi:
• talabalarning fiziologik xususiyatlari;
• kompyuter texnikasining texnik imkoniyatlari;
• dizayndagi pedagogik tavsiyalar;
• yaratilgan pedagogik dasturlarga tizim yondashuvi;
I.Robert pedagogik dasturiy vositalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan asosiy
talablarga quyidagilarni keltiradi:
• pedagogik talablar
• texnik talablar
• ergonomik talablar
• estetik talablar
Taʻlimni kompyuterlashtirish jarayonini endi toʻxtatish yoki orqaga qaytarish
mumkin emas. Taʻlimni «… kompyuterlashtirishni toʻxtatib boʻlmaydi, taʻlimda
kompyuterni qoʻllash, - deb yozgan edi ye.I.Mashbits, - orqaga qaytmaydigan
jarayon. Bu oʻz-oʻzidan amalga oshadi degani emas. Uning harakati maorif tizimi
bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan olimlar, oʻqituvchilar, yangi hisoblash
texnikasi va dastur taʻminotini yaratuvchilariga koʻproq bogʻliq». Shu bilan birga
«Kompyuter mavjud taʻlimga oddiy «qoʻshimcha» - oʻqitishning texnik vositalari
qatoriga kiradigan navbatdagi yangilikgina emas. U taʻlim tizimining barcha
komponentlariga, jumladan, uning uslublari va mazmuniga ham taʻsir koʻrsatadi.
Hozirga qadar kompyuter vositasida bilim berishni amalga oshirish uchun
maktabni texnika bilan taʻminlash va oʻqitish predmeti mazmunini yoritadigan
dastur tuzish (yoki biror joydan olish) kifoya degan fikrlar ham uchrab turadi. Bu
yerda bilim berish jarayonida uslubiy taʻminotning asosiy roli eʻtibordan chetda
qoladi. Mashgʻulotni oʻtishda mukammal kiritish, zarur oʻrinlarida uni takrorlash
imkoniyatlari oshadi. Ishlangan PDV va chuqur oʻylangan uslubiyatning yoʻqligi
kompyuter yordamida tashkil etiladigan mashgʻulotlar samaradorligining
pasayishiga sabab boʻlmoqda.
Kompyuterlashtirish yoʻli bilan taʻlimni tashkil etish, boshqarish, nazorat
qilishning yangi - sifat bosqichiga oʻtiladi. Unda oʻqituvchi va oʻquvchi
22
munosabatidagi bogʻlanish, aloqalar tubdan oʻzgaradi, taʻlim mazmuniga pedagogik
ishlov berish uslubiyati yangilanadi, oʻquv materialini toʻliq oʻzlashtirish davri
boshlanadi, taʻlim modul xarakteriga ega boʻladi, teskari aloqa mohiyati jihatidan
yangilanadi, taʻlimga qoʻshimcha va oʻzgartish.
Elektron taʻlim resurslaridan foydalangan holda taʻlim quyidagi maqsadlarga
qarab bir necha yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
• birlashtirilgan taʻlim (sinf ishi va talabalar va oʻqituvchilarning elektron taʻlim
muhitidagi faoliyati)
• web-quvvatlash bilan mashgʻulotlar (asosiy taʻlim jarayoniga qoʻshimcha)
• onlayn taʻlim (sinfsiz elektron taʻlim orqali intizomni oʻzlashtirish)
Bundan 30 yil ilgari kompyuterli taʻlim, taʻlimni kompyuterlashtirish, maktab
taʻlimida kompyuterdan foydalanish haqida tasavvurga ham ega emas edik. Endi
davr oʻzgardi. Ulkan, qimmatbaho va foydalanish murakkab boʻlgan EHMlar endi
koʻzimizga maʻlumotlarni qayta ishlash uchun ishonchli va qulay boʻlgan vositaga
oʻxshab koʻrinmoqda. Uning maorif sohasida ham keng qoʻllanilayotganligining
guvohi boʻlayapmiz. Kompyuterlarni taʻlimda qoʻllash ufqlari oydinlashib, ularni
taʻlim jarayonida qoʻllash usullari, vositalari, prinsiplarini asoslashga urinishlar
paydo boʻlmoqda.
Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini Jaron Lanier (Lane) taklif
etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bogʻliq.
Immersivlik deganda odamning virtual borliqda oʻzini faraz qilishini tushunish
lozim. Interfaollik deganda foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obʻektlar
bilan oʻzaro muloqotda boʻlib ularga taʻsir koʻrsatishga ega boʻladi.
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni
qabul qilamiz. Interfaollikni taʻminlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni
qabul qilishi kerak. Bu amallar koʻpmodallikga, yaʻni koʻz bilan koʻradigan, tovush
orqali qabul qiladigan boʻlishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun
zamonaviy tizimlarda turli tovush va video texnologiyalardan foydalaniladi.
Masalan, katta hajmli tovush va video tizimlari, shuning’iek odamning bosh qismiga
oʻrnatiladigan shlem va koʻzoynak displeylar, hid sezadigan sichqonchalar,
boshqaruvchi qoʻlqoplar, kibernetik nimchalar, simsiz interfeys birgaligida
ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli.
Oxirgi yillarda taʻlim tizimida zamonaviy internet texnologiyalaridan
foydalanishga, xususan multimediaga asoslangan texnologiyalarga alohida etibor
berilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʻatlarda
rivojlanishi taʻlim tizimiga ham oʻz taʻsiri koʻrsatibgina qolmasdan, uni
tashkillashtirishning asosiy instrumentiga aylanib qolmoqda. Misol qilib oladigan
boʻlsak, eng tez rivojlangan va yuqori samara koʻrsatgan taʻlim texnologiyalari
axborot kommunikatsiyalar asosida tashkillashtirilgandir. Masalan, Cloud
23
Computing, Mobile Learning, Tablet Computing, Open ContentLearning,
AnalyticLearning, Virtual and Remote Laboratories.
21 asr taʻlim tizimi bevosita internet va multimedia texnologiyalari bilan
bogʻlangan. Oxirgi oʻn yillikda internet tarmogʻida juda yuqori samaradorlikka
erishilgan boʻlsa, multimedia texnologiyalarining ham keskin rivojlanishi va internet
bilan integrallashuvi uning imkoniyatini yanada boyitmoqda.
Kelajak tarmoqlarini qurish konsepsiyasining bugungi dolzarb masalalari
ichida 3D Internet tarmogʻini qurish va uni xalq xoʻjaligining turli sohalarida
qoʻllash muhim oʻrin tutadi(1 -rasm). 3D Internet texnologiyasi sanoat, ishlab
chiqarish, fan-texnikalar uchun, ularning yanada taraqqiy topishi uchun yangi bir
davrni ochib beradi. Ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Dunyoning turli chetlaridagi
rivojlanishlarning boshqa chetlariga tadbiqini va samaradorligini virtual boshqarish
imkoini beradi.
3D Internet texnologiyasi internet va 3D grafika texnologiyalarining
integratsiyalashuvi bo‘lib, uning natijasida internet orqali interaktiv 3D kontent real
vaqt rejimida veb xizmat ko‘rinishida yuboriladi. Web 3.0 konsepsiyasi asosida
rivojlantirilayotgan ushbu texnologiya internet yordamida virtual olam yaratish
imkonini beradi. 3D Internet bir qator afzalliklarga ega:
-
Tarmoq foydalanuvchilari virtual birlashtiriladi va boshqariladi;
-
Masofa ahamiyat kasb etmaydi, hamma bir-biri bilan virtual yagona joyda,
fazoda joylashadi;
-
Kontent har bir foydalanuvchi o‘zi boshqarishi mumkin;
-
Istalgan tarmoq foydalanuvchi boshqa tarmoq foydalanuvchisiga bevosita
interaktiv ta‘sir o‘tkazishi mumkin.
(
1-rasm. 3D Internet konsepsiyasi)
24
Ushbu texnologiya asosida virtual multimedia taʻlim muhiti yaratiladi.
3D Internet texnologiyasi asosida virtual taʻlim tizimini tashkillashtirish
quyidagi taʻlim va tadqiqot turlarini tashkillashtirish imkonini beradi:
- Dunyoning istalgan virtual universitetlariga aʻzo boʻlish va dasrlarida
qatnashish;
- Virtual masofaviy taʻlim;
- Virtual ekskursiyalar tashkillashtirish;
- Virtual tadqiqotlar olib borish;
- Virtual kitob va qoʻllanmalar harid qilish;
- Virtual seminarlar va konferensiyalar tashkillashtirish;
- Virtual ishchi guruxlar tashkillashtirish va loyihalarni bajarish va boshqalar.
Sanab oʻtilganni tashkillashtirishning yagona vositasi sifatida 3D Internet
texnologiyasi hizmat qiladi. Taʻkidlash joizki, ushbu xizmatlarni taʻminlovchi
yagona intereaktiv, real vaqtli 3D multimedia tarmoq platformasi tashkillashtirish
talab etiladi. Foydalanuvchi tomonda ham 3D kamerani oʻz ichiga olgan maʻlum
qurilmalar toʻplami boʻlishi zarur.
Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, hozirgi zamonaviy axborot
texnologiyalaridan taʻlim jarayonida foydalanish ancha ustunliklarni yuzaga
keltirmoqda. PDVlar taʻlim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Taʻlimda
PDVlarning ahamiyati katta.
|