|
Jihozlar va mashinalarda sifat ta`minlash. Reja: Detallarga qo`yiladigan talablar
|
Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #274445 |
Bog'liq Presentation 14 - 14-MA`RUZA.
- JIHOZLAR VA MASHINALARDA SIFAT TA`MINLASH.
- REJA:
- 1. Detallarga qo`yiladigan talablar
- 2. Mashina va mexanizmlarga qo`yiladigan talablar.
- 3. Sifat ko`rsatkichlari
- 1. Detallarga qo`yiladigan talablar
- Loyihalanayotgan yangi mashinalar: yuqori unumdor, tannarxi arzon, rejalashtirilgan muddatigacha ishonchli ishlashi, ishlatish yengil, estetik ko‘rinishli bo`lishi kerak. Mashinalarni hisoblash, loyihalashda davlat standartlari asos qilib olinadi.
- Loyihalanayotgan mashinalarda standart detallarning ishlatilishi mashinaning tannarxini kamaytiradi, ta’mirlash jarayonini yengillashtiradi. Shuningdek, standart detallar maxsus zavodlarda tayyorlanganligi uchun ularning sifati yuqori va tannarxi arzon bo`ladi.
- Loyihalanyotgan mashinalarga qo‘yiladigan asosiy talab bu yangi texnologiyalarga javob berish, ya’ni:
- -mashina detallari iloji boricha qayta ishlanmay, payvandlash, aniq quyma yo`li bilan tayyorlash;
- -har xil uzellardan bir xil detallarni ishlatish;
- -standart detallarni ishlatish;
- -boshqa mashinalarda ishlatiladigan detallardan foydalanish;
- -tayyorlash, yig`ish jarayonida robot va avtomatlardan foydalanish;
- -avtomatik loyihalash va ularni avtomatlashtirish.
- Tayyorlanayotgan mashinalarda yangi texnologiyaning ishlatilishi uning tannarxi, sarflanadigan energiya, material hajmi, ishlatish va ta’mirlash jarayonlari bilan belgilanadi.
- Detal - mashinaning bir xil materiallardan tayyorlangan va alohida bo`laklarga ajralmaydigan qismi. Masalan, bo`lt, gayka, shkiv, tishli g`ildirak va boshqalar.
- Uzel — bir necha detallaming yig'indisidan iborat bo`lib, mashinada biror bir ishni bajarishga mo`jallangan.
- Mashinasozlikda bir turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal va uzellardan tashqari faqat bir yoki bir necha mashinalarda ishlaydigan detal va uzellar ham uchraydi, masalan, paxta tozalash mashinasining arrasi, to`qimachilik mashinalarda ishlatiladigan urchuq, tikuv mashinalarida ishlatiladigan ignalar va boshqalar. Bu detallarni loyihalash va hisoblash mahsus kurslarda o ‘rganiladi.
- Barcha turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
- 1. Birikmalar. Ajralmas (payvand, kalta mixli va boshqalar), ajraluvchan (bo`ltli, shponkali va boshqalar) birikmalar guruhiga bo`linadi.
- 2. Uzatmalar. Harakatni bir valdan ikkinchi valga o`zaro ishlashish (tishli, zanjirli va boshqalar) yoki ishqalanish (tasmali, friktsion va boshqalar) yordamida uzata oladigan guruhlarga bo`linadi.
- 3. Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshipniklar, muftalar) detallar guruhi.
- Quyida mashina detallari va uzellariga qo`yiladigan asosiy talablar bilan tanishib chiqamiz.
- Ishga layokatlilik - detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan, o`ziga belgilangan funktsiyani bajara oladigan xolati.
- Ishda ishonchlilik - detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan xolatini ma`lum vakt saqlay olish xossasi.
- Texnologikligi - detal yoki uzelning ishlab chiqarishda, ekspluatatsiya jarayonida va ta`mirlashda kam mexnat va sarf talab qilishi.
- Iqtisodliligi - detal yoki uzelning tayyorlash, ekspluatatsiya va ta`mirlash jarayonlaridagi sarflar xisobi.
- Dizayn - detal yoki uzelning tashqi shakllarini tako`lillashtirish, mashina yoki uzelning tashqi ko`rinishining chiroyliligi.
- Ruxsat etilgan kuchlanish deganda ma`lum nagruzka ta`siridagi detalning xavfli kesimida xosil bo`ladigan kuchlanishning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan va uning yetarli darajada mustaxkam bo`lishini xamda talab etilgan vaqt ichida benuqson ishlashini ta`minlaydigan eng katta qiymati tushuniladi.
- Kuchlanishning bu qiymatini topish uchun chegaraviy kuchlanish xamda mustaxkamlik zapasi qiymatlari aniqlangan bo`lishi kerak. Ma`lum chegaraviy kuchlanishning qiymati materiallarning mexaniqaviy xossalariga boglik bo`lib, laboratoriya sharoitida shu materiallarning namunalarini sinash usuli bilan aniqlanadi. Masalan, plastik materiallarning statik cho`zilishini sinash natijasida 1-rasmda keltirilgan egri chiziq xosil bo`ladi. Bunda A nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish proportsionallik chegarasi deb, B nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish oquvchanlik chegarasi deb, D nuqtaga to`g`ri kelgan kuchlanish esa mustaxkamlik chegarasi deb ataladi.
- Ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatini aniqlashda detalga ta`sir etuvchi kuchning va ishlatilgan materialning xiliga qarab, chegaraviy kuchlanish sifatida mustaxkamlik chegarasi (mo`rt materiallar uchun), oquvchanlik chegarasi (plastik materiallar uchun) yoki tolikish chegarasi (nagruzka uzgaruvchan sikl bilan ta`sir etadigan materiallar uchun) olinishi mumkin.
- proportsionallik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
-
- oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish .
-
- mustaxkamlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish
- Demak, mustaxkamlik zapasi chegaraviy kuchlanishni ruxsat etilgan kuchlanishga nisbatini ko`rsatadi. Uning qiymati ko`pgina faktorlarga, masalan: a) qabul qilingan xisoblash metodining va xisob sxemasining aniqligiga; b) detalga ta`sir etuvchi kuch va mo`lentlarning qanchalik to`g`ri hisobga olinganligiga; v) ishlatiladigan materialning bir jinslilik darajasiga va xossalarining qanchalik o`rganilganligiga; g) detalning shakli, o`lchamlari, sirtining xolati va sifatiga; d) detalning muximlik darajasiga bogliq.
- Yuqorida keltirilganlar mustaxkamlik zapasining qiymatiga ta`sir qiluvchi faktorlarning asosiylari bo`lib, bundan tashqari, xisoblash yoki tajriba yo`li bilan aniqlanishi juda qiyin bo`lgan faktorlar xam bor.
- Mustaxkamlik zapasi koeffitsientining qiymatini mumkin kadar aniq topish uchun differentsial usuldan foydalanish ma`qul bo`ladi. Bu usulga binoan, mustaxkamlik zapasi koeffitsienti uchta xususiy koeffitsientning ko`paytmasi sifatida topiladi. Ya`ni:
- 2 . Kuchlanish pul’satsiyalanuvchi sikl bilan o`zgaradi .
- 3. Kuchlanish simmetrik sikl bilan o`zgaradi .
- hisoblanadi. Po`lat materiallar uchun
- Elastiklik - materiallarning shakl va xajmini tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng tiklay olish xossasi. U bo`yicha xarakterlanadi
- Plastiklik - materiallarning tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng sezilarli plastik (koldik) deformatsiyani saqlay olish xossasi.
- Energiya to`plashi - elastik energiyani to`plashi xossasi. Bu xossa dinamik kuchlar ta`sirida ishlovchi detallar uchun zarurdir.
- Chidamlilik - materialning «charchash»ga qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.
- Qattiqlik - materialning indentor kirishiga qarshilik ko`rsata olish qobiliyati. Qattiqlikning aniqlashni bir necha usullari mavjud bo`lib, bu usullar Rokvell, Brinel’ va Vikkers presslarida amalga oshiriladi.
- Abraziv ishqalanishga chidamlilik - materialning abraziv yemirilishiga karshi qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.
- TEKSHIRISH SAVOLLARI
-
- 1. Mashina deb nimaga aytiladi?
- 2. Detal deb nimaga aytiladi?
- 3. Uzel tushunchasiga ta`rif bering .
- 4. Maxsus detallar deb qanday detallarga aytiladi?
- 5. Ruxsat etilgan kuchlanish deganda nima tushuniladi?
- 6. Materiallar uchun mexanikaviy xossalarini aniqlash
- (cho`zilish diagrammasi) diagrammasini tushuntiring.
- 7. Plastik materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish qanday topiladi?
- 8. Mo`rt materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish qanday topiladi?
- 9. Mustashkamlik zapasi koeffitsenti hakida tushuncha bering.
|
| |