|
Bino va inshootlarni yashindan himoyalash
|
bet | 9/14 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 64,4 Kb. | | #120013 |
Bog'liq Rеjа Rаdiоаktiv nurlаnishlаrdаn himоyalаnish. Rаdiоаktiv nurlаn-fayllar.orgBino va inshootlarni yashindan himoyalash. yengil sanoat korxonalari barcha sexlari xavfiiligi yuqori yoki o’ta xavfli xonalar guruhiga mansubdir, chunki qo’llaniladigan elektr uskunalar, yoritkichlar, signal beruvchi usimnalarning qismlari yuqori harorat va namlik sharoitlarida ishlaydi. Natijada simlar ihotasi buziladi, qarshiligi kamayadi, qobiqlariga tok o’tish xavfi ortadi, natijada mashinalarni boshqaruvchi va sexdagi boshqa ishchilarning shikastlanish ehtimoli ortadi.
Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yaqin kelmaslik, qo’l tegizmaslik, bexosdan tegib ketmaslik kerak. Qobiq va boshqa metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfning oldini olishga, past kuchlanishda ishlash, ikki qayta ihotalash, yerga ulash (zazemleniye), nol simiga ulash (zanuleniye), himoyalovchi o’chirib qo’ygichlarni qo’llash bilan erishiladi.
Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga bexosdan tegib ketmaslik uchun ularni ihotalash, qo’l yetmaydigan balandlikka o’rnatish, to’siqlar bilan ta'minlash va boshqa tadbirlarni qo’llash kerak. Bundan tashqari, o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda qo’l asboblari uchun past kuchlanish (12 V) qabul qilinadi.
Himoyalovchi yerga ulash. Mashina va dastgohlarning tok yurmaydigan metall qismlarini o’tkazgich yordamida yerga ulab qo’yiladi. Bundan maqsad qobiqqa tok o’tib ketganda ishchini bexosdan tegib ketish natijasida tok urishidan saqlashdir (7.1-rasm).
Himoyalovchi yerga ulash qurilmalari ikki xil: tashqariga chiqarilgan (yoki bir yerga to’plangan) va konturli (yoki bir tekis taqsimlangan) bo’ladi. Tashqariga chiqarilgan qurilmalarko’pmcha ulovchi asbob-uskunalar turgan sexdan tashqariga chiqarib ma'lum bir maydonchaga to’planib o’rnatiladi. Yerga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000 V. gacha bo’lgan qurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki, elektrod vazifasini ba-jaravchi qoziqlarni yerga qoqish uchun qarshiligi kam bo’lgan (nam, loyli va sh. k.) erlarni tanlash imkoni bor.
2.5-rasm. Himoyalovchi yerga ulashning sxemasi:
1-elektryuritkich qobig’i; 2-yeiga ulovchi.
Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-uskunalar o’rnatilgan sex konturi (perimetri) bo’ylab bir tekis qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishning ulovchilar orasida bir tekis taqsimlanishi hisobiga erishiladi (7.2-rasm).
a) b)
2.6-rasm. Mashinalarni yerga ulash sxemasi:
a-tashqariga chiqarilgan: 1-mashinalar; 2-magistral sim; 3- elektrod qoziqlari;
b-konturli yerga ulash: 1-mashinalar; 2 - kontur simi; 3 - elektrod qoziqlari.
Yerga ulovchilar sun'iy hamda tabiiy bo’lishi mumkin. Tabiiy ulovchilar vazifasini yer tagiga o’rnatilgan vodoprovod, artezian va boshqa quduqlarining metall quvurlarini bino va inshootlarning yer bilan birlashgan temir-beton hamda metall konstruksiyalari, yer tagidan o’tgan kabellarning qo’rg’oshin qobiqlari o’tashi mumkin. Tabiiy yerga ulovchilarnmg qarshiligi kam bo’lganligi uchun qo’llash foydali bo’lsa-da, ularning jiddiy kamchiliklari ham bor. Sozlash ishlari olib borilayotganda ulovchida uzilish bo’lishligi va ko’pchilikning bu quvurlarga bemalol tega olishi, ehtiyotsizlik natijasida shikastlanish ehtimoli borligidir.
Kuchlanishi 1000 V. gacha bo’lgan uskunalarda himoyalovchi yerga ulovchining qarshiligi yilning xohlagan paytida 4 Om. dan ortmasligi kerak. Ochiq joylarda, xavfliligi yuqori hamda o’ta xavfli xonalarda o’rnatilgan elektr uskunalari kuchlanishining qiymati 42 V. dan, xavfliligi kam bo’lgan xonalarda esa 380 V va undan yuqori bo’lgan barcha hollarda yerga ulanishi shart. Portlash xavfi bo’lgan xonalarda kuchlanish qiymatidan qat'iy nazar, barcha hollarda elektr uskunalari yerga ulanadi.
|
| |