• Yuqori darajada xavfli xonalar (I toifa).
  • Yuqori darajada xavfli bolmagan xonalar (III toifa).
  • Elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy qoidalari hamda talablari




    Download 64,4 Kb.
    bet11/14
    Sana16.12.2023
    Hajmi64,4 Kb.
    #120013
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Rеjа Rаdiоаktiv nurlаnishlаrdаn himоyalаnish. Rаdiоаktiv nurlаn-fayllar.org

    Elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy qoidalari hamda talablari. Paxta, yigirish, to’quvchilik, tikuvchilik, trikotaj, pilla tortish va ipak yigirish fabrikalarida elektr qurilmalarini xavfsiz o’rnatish, ishlatish qoidalari va talablari hamda elektr qurilmalarini ishlatishda iste'molchilar rioya qilishlari kerak bo’lgan xavfsizlik qoidalari sobiq Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan 1989-yil 12-aprelda tasdiqlangan va 1990-yil 1-iyundan kuchga kirgan.
    Elektr qurilmalarini o’rnatish qoidalariga muvofiq barcha xonalar elektr xavflilik darajasiga ko’ra uch toifaga ajratiladi.
    Yuqori darajada xavfli xonalar (I toifa). Bunday xonalarda katta xavfni yuzaga keltiruvchi quyidagi sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: zaxlik-nisbiy namligi 75 %dan ziyod bo’ladi, tok o’tkazuvchi chang ish vaqtida ko’p miqdorda simlarga o’tiradi, mashinalar, apparatlar va shu kabilar ichiga kirib qoladi; tok o’tkazuvchi metall, tuproq, temir-beton pollari; harorati +30 °C va +35 °C dan ziyod bo’ladigan xonalar; odamning bir vaqtning o’zida, yerga ulangan metall konstruksiyalar, texnologik uskunalar, mexa-nizmlarga va uskunalarning metall korpuslariga tegib ketish ehtimoli.
    Ota xavfli xonalar (II toifa). Bunday xonalarda ushbu sharoitlardan biri mavjud bo’ladi: o’ta zax xona, nisbiy namligi 100 %ga yaqin; kimyoviy faol muhit; yuqori darajada xavfli xonalarga xos bo’lgan ikki yoki bundan ortiq sharoitlarning bir vaqtda mavjud bo’lishi.
    Yuqori darajada xavfli bolmagan xonalar (III toifa). Bunday xonalarda yuqori darajadagi yoki o’ta yuqori darajadagi xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar bo’lmaydi.
    Xonalarning ana shu toifalariga va elektr qurilmalarini o’rnatish qoidalariga muvofiq elektr uskunalari tanlanadi hamda elektr qurilmalariga xavfsiz xizmat ko’rsatish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish sharoitida ko’pincha ko’chma eiektr asboblari ishlatiladi. Ulardan foydalanishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarur:
    • kuchlanish 42 V. dan yuqori bo’lganda elektr asbobni yerga ulab qo’yish lozim;


    • elektr asbobni ishlata boshlashdan oldin ta'minlovchi simining ihotasini yaxshilab tekshirish kerak;


    • maxsus o’qitilmaganlarni elektr asbobi bilan ishlashiga ruxsat berilmaydi;


    • elektr asbob o’z-o’zidan ishlab ketadigan va o’chib qoladigan bo’lmasligi, ishlatishga xavfsiz bo’lishi, uning tok o’tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketish ehtimoli bo’lmasligi zarur.


    Elektr uskunalari bilan bajariladigan ishlarni tashkil qilishda xavfsizlikni oshirish uchun «Ulamang, odamlar ishlayapti!», muvaqqat to’siqlarga «To’xtang, hayot uchun xavfli!», «Kuchlanish bor!» so’zlari yozilgan ogohlantiruvchi plakatlar osib qo’yish shart.


    Sanoat korxonasining hududidan o’tkazilgan kabel liniyalari rejali tushirilgan bo’lishi lozim.
    Handaqqa planirovka belgisidan 0,7 m chuqurlikda, ko’cha va xiyo-bonlar kesishgan joylarda esa 1 m chuqurlikda yotqizilgan 20—35 kV kuchlanishli kabellarni mexanik shikastlanishlardan saqlash uchun boshidan-oxirigacha maxsus plitkalar qoplab, 20 kV. dan kam kuchlanishli kabellar esa kabellar trassasiga nisbatan ko’ndalangiga bir qavat qilib terilgan plitkalar yoki g’ishtlar bilan himoyalanishi zarur.
    Iste'molchiIaming elektr qurilmalarini ishlatish qoidalarida elektr quril-malariga xizmat ko’rsatuvchi hamma kishilarga elektr xavfsizligining asosiy qoidalarini o’qitish kerak. Bundan tashqari, yiliga bir marta elektr qurilmalariga bevosita xizmat ko’rsatadigan yoki uch yilda bir marta ularni yig’ish-o’rnatish, sozlash va tuzatish ishlarini bajaradigan shaxslarning bilimlarini tekshirib turish kerak.

    Download 64,4 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 64,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy qoidalari hamda talablari

    Download 64,4 Kb.