Elektr qurilmalarida qollaniladigan himoya vositalari




Download 64,4 Kb.
bet12/14
Sana16.12.2023
Hajmi64,4 Kb.
#120013
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Rеjа Rаdiоаktiv nurlаnishlаrdаn himоyalаnish. Rаdiоаktiv nurlаn-fayllar.org

Elektr qurilmalarida qollaniladigan himoya vositalari. Elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida ko’pincha shunday sharoit yuzaga keladiki, bunda ular hatto juda mukammal bo’lsa ham, isWovcMarning xavfsizligini ta'minlay olmaydi va qo’shimcha himoya vositalaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Himoya vositalarini shartli ravishda uch guruhga: ihotalovchi, to’suvchi va yordamchi vositalarga bo’lish mumkin.
Ihotalovchi vositalar odamga tok o’tkazuvchi yoki ulangan qismlardan, shuningdek, yerdan elektr toki o’tmasligini ta'minlaydi. Ular asosiy va yordamchi vositalarga bo’linadi.
Asosiy ihotalovchi himoya vositalari uzoq vaqt mobaynida elektr qurilmasining kuchlanishga chidash xossasiga ega, shu sababli ular vositasida kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
  • kuchlanishi 1000 V. dan oshmaydigan elektr qurilmalarida — elektr o’tkazmaydigan rezina qo’lqoplar, dastasi ihotalangan asboblar va tok izlagichlar;


  • 1000 V. dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida — ihotalovchi shtangalar, ihotalovchi va tok o’lchash ombirlari, shuningdek, yuqori kuchlanishni ko’rsatuvchi taxtachalar.


Qo 'shimcha ihotalovchi himoya vositalariga quyidagilar kiradi:


  • kuchlanishi 1000 V. dan oshmaydigan qurilmalarda — ihotalovchi poyandozlar va tagliklar;


  • kuchlanish 1000 V. dan katta bo’lgan qurilmalarda — botiklar va tok o’tkazmaydigan qo’lqoplar.


Ihotalovchi shtangalar bir qutbli ajratkichlarni uzib qo’yish va ulashga mo’ljallangan. Ihotalovchi ombirlardan kuchlanish ostida bo’lgan naychasimon saqlagichlar bilan ishlashda foydalaniladi. Tok o’lchash ombiri ko’chma asbob bo’lib, u sim, shina va shu kabilardan o’tayotgan tokning elektr zanjirini tarmoqdan uzmasdan o’lchash uchun ishlatiladi.


Yuqori kuchlanishni ko 'rsatuvchi asbobdan 1000 V. dan yuqori kuchla-nishli elektr qurilmalarinmg tok o’tkazuvchi qismlarida kuchlanish borligi yoki yo’qligini aniqlashda foydalaniladi. Bunday tekshiruv, masalan, uzib qo’yilgan tok o’tkazuvchi qismlarda ishni boshlashdan oldin, albatta o’tkazilishi lozim. Tok izlagichlarning vazifasi ham yuqori kuchlanishni ko’rsatuvchi asbob kabidir, ammo ular kuchlanishi 1000 V. dan oshmay-digan elektr qurilmalarida qo’llaniladi.
Rezinadan tayyorlangan tok o’tkazmaydigan himoya vositaiari —qo’lqop (d), botik (e), kalish (f) va poyandozlar (g) asosiy himoya vositalari yordamida bajariladigan ishlarda qo’shimcha sifatida ishlatiladi (7.3-rasm). Bundan tashqari, qo’lqoplardan 1000 V. gacha kuchlanish ostida ishlayotganda, shuningdek, ajratkichlar (a), uzgichlar (b) bilan bog’liq ishlarda elektr o’tkazmaydigan kalish va botiklardan kuchlanishdan himoyalovchi vosita sifatida ham foydalaniladi.

2.7-rasm. Elektr tokidan asosiy himoya vositalari.


Elektr o’tkazmaydigan qo’lqop, kalish, botik va poyandozlar elektr o’tkazmaydigan maxsus rezinadan tayyorlanadi hamda elektr ta'siriga juda chidamli bo’ladi. Ihotalovchi tagliklar taxta to’shama (h) va chinni oyoqcha-lardan tashkil topadi. Elektr o’tkazmaydigan poyandozlar kabi tagliklar ham elektr qurilmalari bilan bog’liq turli ishlarni bajarishda ihotalovchi ashyo sifatida ishlatiladi. Ular zax xonalarda qo’llaniladi. Asosiy va qo’shimcha himoya vositalari doimo birgalikda ishlatilishi kerak. Elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan himoya vositalari vaqti-vaqtida elektr, ayrim hollarda esa mexanik mustahkamlikka ham, albatta, sinab turilishi darkor.


Download 64,4 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 64,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr qurilmalarida qollaniladigan himoya vositalari

Download 64,4 Kb.