Rostlagichlarning turlari




Download 218,18 Kb.
bet2/2
Sana21.01.2024
Hajmi218,18 Kb.
#142348
1   2
Bog'liq
Rostlagichlarni tanlash

Rostlagichlarning turlari. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o‘zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi. Rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi va rostlovchi ta’sir o‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifiga ko‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan ta’sir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’-sir etuvchi izodrom) bo‘ladi. Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Dasturli rostlagichlar maxsus dasturli topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi qiymatning vaqt bo‘yicha avvaldan ma’lum bo‘lgan (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlaydi. Bu dastur texnologik reglament talablariga muvofiq, tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichiga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarshiga mos bo‘ladi. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda kam ishlatiladi. Bunga sabab ularning yetarli quvvatga ega emasligi va ko‘rsatishlarni masofaga uzatib bo‘lmasligidir. Bular asosan bosim, temperatura va sath rostlagichlaridir. 2.2-rasmda bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Bu rostlagich «o‘zidan keyingi» bosimni ma’lum qiymatda saqlab turadi. Rostlagichdan keyingi gazning bosimi berilgan bosimga teng bo‘lganda, rostlagich elementlari harakatsiz bo‘lib, ma’lum holatni egallaydi. Gaz bosimi liniya 3 bo‘ylab membrana qismining ustki bo‘shlig‘iga keladi va qattiq markazli elastik membrana 2 ga ta’sir qiladi. Membrana 2 ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organidagi zatvor 7 bilan shtok 6 yordamida ulangan disk 1 ga tayanadi. Membrana 2 hosil qilgan kuch prujina 4 orqali muvozanatlanadi. Prujina 4 ning dastlabki taranglik qiymati vint 5 yordamida rostlanadi. Gaz bosimining berilgan qiymatdan chetga chiqishi qancha katta bo‘lsa,qattiq markazli membrana 2 shuncha ko‘p egiladi, shu sababli prujina 4 ham shuncha zich qisqaradi va bosim ta’siridan membrana hosil qilgan kuchga teskari ta’sir qiladi. Elastik prujinadan foydalanish rostlanuvchi bosim va rostlovchi organning siljishi o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish imkoniyatini beradi.
Bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinspial sxemasi (a) va uning vaqt tavsifi (b). Gk -gazning kelishi; Gs -gaz sarfi; y-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; xrostlagichning chiqish signali (ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi);  -qoldiq xato. Rostlagich rostlanuvchi kattalikning muayyan berilgan qiymatiga vint 5 yordamida sozlanadi. Rostlash jarayoning grafiklaridan shunday xulosa kelib chiqadi, (2.2-rasm, b): bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar g‘alayon sodir bo‘lganda ,moddaning kelishi yoki sarfi bo‘yicha rostlanuvchi kattalik y ni berilgan qiymatga ma’lum statik xato  bilan vaqt r t mobaynida qaytaradi. Bu xato sozlash parametri 1 s ga (kuchlanish koeffitsientiga, rostlagichning mutanosiblik koeffitsientiga) bog‘liq. Ko‘rib chiqilgan rostlagichlar «o‘zidan oldingi» gaz bosimini ham rostlay oladi. Quvurdagi gazning bosimi berilgan qiymatdan ortiq bo‘lgani sababli shtok 6 pastga siljiganda, rostlovchi organning o‘tish kesimi kattalashadi.
Bevosita ta’sir qiluvchi astatik bosim rostlagichning prinsipial sxemasi (a) va uning vaqt tavsifi (b). Gk -gazning kelishi; Gs -gaz sarfi; y-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; xrostlagichning chiqish signali(ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi). Rostlanuvchi ob’yektda (quvurning ma’lum uchastkasi) bosimning o‘zgarishi impu’ls liniyasi 6 orqali qattiq markazli elastik membrana 5 ga ta’sir qiladi. Bu membrana ijro etuvchi mexanizmning rostlanuvchi organidagi zolotnik 9 va shtok 7 bilan bog‘langan likopcha 4 ga tayanadi. Salnik 8 ijro etuvchi mexanizmning germetikligini ta’minlaydi. Muhitning bosimi rostlagich qabul qiluvchi kallagining ustki bo‘shlig‘iga keladi va membrana 5 ga ta’sir qiladi. Membrana sezgir va boshqaruvchi element vazifasimni bajaradi. Gazning rostlanuvchi bosimi rostlovchi organning qanchalik ochiqligiga bog‘liq. Richag 2 shtok 7 bilan qattiq bog‘langan va tayanch nuqtasi 3 ga ega. Richagning bo‘sh tomoniga yuk 1 osiladi. Yukning vazni membrana 5 va shtok 7 ning pastga qarab siljishiga teskari tas’ir qiluvchi kuch hosil qiladi. Yuk va membrana hosil qilgan kuchlar teng bo‘lganda rostlovchi organda shtok 7 harakatsiz bo‘lib, muayyan holatni egallaydi. Agar muvozanat buzilsa, ya’ni rostlash tizimida tengsizlik paydo bo‘lsa, shtok 7 siljiydi va rostlovchi organdagi o‘tish kesimi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish muvozanat qaytadan tiklanguncha davom etadi. Rostlovchi organning siljish tezligi rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatdan chetga chiqishiga mutanosib bo‘lib, naycha 6 dan o‘tib rostlagichning qabul qiluvchi qismiga keladigan gaz qiymatiga bog‘liq. Rostlash sistemsi ma’lum inersionlikka ega bo‘lgani sababli rostlash jarayonida o‘ta rostlash mavjuddir, buning natijasida o‘tish jarayonining vaqti cho‘ziladi. Shuning uchun, astatik rostlagichlarning ishlatilishi birmuncha cheklangan.Rostlagichlar quyidagilarga qarab tanlanadi: - Tashqi manba energiyasi turiga qarab ( elektr pnevmatik gidravlik) - Chiqish signali harakteriga qarab ( uzluksiz, diskret); - Rostlash qonuniga qarab (pozitsion-P3, proporsional-P, integral-I, proporsional integral-PI, proporsional integral diffrensial-PID ). Bu rostlagichlar yordamida avtomatik rostlash tizimlari (ARS) quriladi. Turtki bo’yicha ARS, cheklanish bo’yicha va kombinatsiyali ARS lar mavjud. Rostlash tizimining sifati ko’p jihatdan jarayonning rostlash tasir kanalini to’g’ri tanlanganligidan, hamda rostlash qonunini to’g’ri tanlanganligiga bog’liq. Rostlagich tanlashni bir konturli rostlash tizimidan va eng sodda rostlash qonunidan boshlanadi, so’ngra rostlash qonunini murakkablashtirib borib, kerakli rostlash sifatiga erishiladi. Agar rostlash sifati bir konturli rostlashda talabga javob bermasa unga ko’p konturli rostlash tizimini qo’llash tahlil qilinadi. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining belgilanishi Avtomatlashtirish chizmalarini o’lchov asboblari va avtomatlashlashtirish vositalari GOST 21208-2013 (texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish vositalarini shartli belgilanishi) bo’yicha ko’rsatiladi. Avtomatlashtirish chizmalarida yordamchi jihoz va qurilmalar (re’le, o’chirgich, filtr, reduktor va boshqalar ) ko’rsatilmaydi. Avtomatlashtirish chizmalarida shuningdek kompleks qurilmalar (hisoblash qurilmalari, komplekslar va shunga o’xshash qurilmalar) ham ko’rsatiladi. Hisoblash qurilmalari va komplekslar GOST bo’yicha maxsus belgilanishlarga ega emas va shuning uchun ular avtomatlashtitish chizmalarida to’rtburchak ko’rinishda ko’rsatiladi. Chizmaning pastki qismida (taxminan chizma balandligining 1/3 qismida ), texnologik chizma pastida, to’rtburchaklarda avtomatlashtirish tizimi jihozlari ko’rsatiladi. Ularda avtomatlashtirish vositalari quyidagicha joylashtiriladi: - Joyidagi asboblar, - Shchitdagi asboblar, - Operativ shchitdagi asboblar, - Markaziy dispetcher shchitidagi asboblar, - Xisoblash qurilmasi (boshqaruv mashina) va komplekslar Funksional chizmada o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari bajarayotgan vazifasiga qarab GOST 21.208-2013 "Chizmalarda avtomatlashtirish asboblarini shartli belgilanishi" bo‘yicha ko‘rsatiladi. Ushbu GOST 21-208-2015 bo‘yicha grafikli, xarfli shartli belgilanishlar qabul kilingan. Grafikli belgilanishlarda diametri 10mm li aylana va shuningdek tomonlari o‘lchami 10mm bo‘lgan kvadrat yordamida texnologik qurilmalarda joylashgan avtomatlashtirish vositalari, birlamchi sezgir elementlar, birlamchi signal o‘zgartirgichlar, joyida o‘lchab ko‘rsatuvchi asboblar ko‘rsatiladi. Boshkarish punktida joylashgan ikkilamchi asboblar, rostlagichlar va avtomatlashtirish va boshqarishning boshqa vositalari diametri 10mm bo‘lgan o‘rtasidan teng ikkiga gorizontal chiziq bilan bo‘lingan aylana va kvadratlar yordamida grafik ravishda shartli belgilanadilar. Elektr rostlagichlar Elektr rostlagichlar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda keng ishlatiladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi. 1. Noelektrik kattaliklarni elektr rostlagichlar yordamida o‘lchash usullari yaxshi ishlangan va avtomatik o‘lchashning bir qator masalalarini hal qilishga, keng spektrdagi fizik-kimyoviy parametrlarni noinersion o‘zgartishga va ularni texnologik reglamentlarga rioya qilgan holda rostlashga imkon beradi. 2. Turli murakkab matematik amallarni bajarishni talab qiluvchi har xil rostlash qonunlarini elektr elementlarda amalga oshirish prinsipial qiyinchiliklarni hosil qilmaydi. 3. Rostlash tizimlaridagi elektr yuritmalarda energiya ta’minoti uzilib qolganda, ijro etuvchi mexanizm qanday holatni egallab turgan bo‘lsa, shu holatda to‘xtaydi, pnevmatik yuritmalarda esa bunday sharoitda rostlovchi organning o‘tish kesimi yoki batamom berkitiladi, yoki to‘la ochiladi va avariya xavfi hosil bo‘ladi. 4. Elektr datchik va o‘zgartgichlarning ko‘rsatishini masofaga uzatish juda oddiy bajariladi. 5. Elektr rostlagichlarning ishlashi etarli darajada ishonchlidir. Elektr rostlagichlarning quyidagi modifikasiyasi va qo‘shimcha qurilmalar komplekti ishlab chiqarilgan: 1) unifikasiyalashgan elektron agregat tizimlari (UEAT); 2) «Teplopribor» zavodining rostlagichlari; 3) avtomatik nazorat va rostlashning unifikasiyalashgan tizimi (ANRUT). UEAT asboblari energetika, metallurgiya, qurilish materiallari hamda oziqovqat sanoatlarida ishlatiladi. Tizim rostlashning mutanosib, mutanosib-integral, mutanosib-differensial va mutanosib-integral differensial qonlarini amalga oshiradi. Tizimning bloklari uzluksiz yoki uzlukli chiqish signallariga ega. Tizimdagi alohida rostlovchi blokning uzluksiz chiqish signalini boshqa bir blokning kirishiga keltirish mumkin, bu esa kaskad yoki bir turli rostlash sxemalarini amalga oshirish imkonini beradi. Tizim tuzilishi bo‘yicha apparat prinsipiga asaslanadi. Bunda, rostlovchi bloklar chiqish signallarini to‘g‘ri datchiklardan qabul qiladi. Tizim blok (agregat) prinsipida qurilgan deganda, uning tarkibiga turli vazifani bajaruvchi bloklar (datchiklar, o‘lchov o‘zgartgichlari, ikkilamchi asboblar, rostlagichlar, topshiriq bergichlar, differensiatorlar natijalarni masofadan turib ko‘rsatuvchi asboblar, ijro etuvchi mexanizmlar va boshqalar) kirgan tizimni tushunish lozim. Bu qismlarni muayyan usullar bilan bog‘lab stabillovchi, kuzatuvchi, dasturli va ko‘p aloqali rostlash tizimlarini yaratish mumkin. Tizimni ishlab chiqishda ayrim bloklarning chiqish signallarini unifikasiyalash talabi nazarda tutilgan. UEAT tizimi tokli sxemani amalga oshiradi chiqish signali 0,5...5 mA chegaralarda o‘zgaruvchi doimiy tok). Chiqish signallari doimiy yoki o‘zgaruvchi kuchlanishga ega bo‘lgan, induktiv, transformatorli yoki ferrodinamik datchiklar bilan ta’minlangan asboblarning ham chiqish signali 0,5...5 mA diapazondagi doimiy tokka ega bo‘lib, me’yorlovchi o‘zgartgichlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. UEATlarning shakllantiruvchi bloklari rostlashning izodrom qonuni amalga oshiradi. Rostlashning PID qonunini amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda DLP-P yoki DL-T differensiatorlardan foydalanish kerak. Differensiatorlar PID rostlash qonunini shakllantirishda va rostlash qonuniga oraliq nuqtalardan hosila kiritishda ishlatiladi. Pozitsion elektr rostlagichlar o‘lchanayotgan parametrning berilgan qiymatini ikki yoki uch pozitsiyali rostlash va o‘rnatishga imkon beradi. 2.4- rasmda pozitsion elektr rostlagichlarning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Pozitsion elektr rostlash topshiriq beruvchi mexanizm asbobga o‘rnatilgan kontaktli topshiriq bergich va qo‘shimcha qurilmaga PPR-1M rele bloki orqali amalga oshiriladi. Pozitsion elektr rostlagich ikki xil rostlashning bir turi uchun mo‘ljallangan: nosezgir zonada qayd etilgan eng kichik qiymatni ikki pozitsiyali rostlash (2.4- rasm, b, v); o‘rta kontaktning sozlanuvchi ulash zonasiga ega bo‘lgan uch pozitsiyali rostlash

Download 218,18 Kb.
1   2




Download 218,18 Kb.