Reja: Shahar yo’llarida oqova suvlarni chetlatish tarmoqlari




Download 18,71 Kb.
bet4/7
Sana09.12.2023
Hajmi18,71 Kb.
#114181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shahar yo’llarida oqova suvlarni chetlatish tarmoqlari. Yo\'l dre-kompy.info

Yo‘l poyini qurishda asosiy vazifalardan biri – yo‘lga keluvchi suvlarni qabul qiluvchi va yaqin atrofdagi suv havzasiga olib ketuvchi yuza suvlarini qochiradigan inshootlarni qurish hisoblanadi. Yuza suvlarini qochiruvchilar sistemasiga o‘ymalarda va balandligi 1,5 m va undan kichik bo‘lgan ko‘tarmalar bo‘ylab qurilgan yon ariqlar, gruntlari olingan yon rezervlar, o‘ymalarda tog‘ yonbag‘ri ariqlari, botqoqlikni qurituvchi ariqlar, suvni suv havzasiga olib ketuvchi ariqlar, tog‘ yo‘llaridagi lotoklar kiradi. Suv qochiruvchi inshootlar yo‘l poyi qurilguncha ishlashi kerak. Shuning uchun ko‘tarmani qurish rezervni yoki ariqlarni kavlashdan boshlanadi. O‘ymalarni kavlashdan oldin tog‘ yonbag‘ri ariqlari kavlanadi.Nishabligi 1:1,5 ayrim hollarda 1:2 bo‘lgan ariqlarga 5 ‰ dan ko‘p qiyalik beriladi. Tekis joylarda ayrim yo‘l bo‘laklarida qiyalikni 3‰ gacha kamaytiriladi. Nishabligi 1:3 bo‘lgan yon lotoklar va ariqlarning chuqurligi 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ariqlarni kavlash ishlari quyidagi jarayonlardan iborat: joylarda ariqlarning o‘qi vexa bilan belgilanadi. Keyin avtogreyder va buldozerni ko‘ndalang qirqishi bilan chegaralovchi uyum o‘tkaziladi, gruntko‘tarmaga yoki yonatrofga suriladi yoki tarqatiladi. Qiyaliklarni tekislash va ularga aniq shakllar berish avtogreyder bilan bajariladi. Qiyaliklar uncha katta bo‘lmaganda (20 % gacha) ariqlarda asta-sekin o‘t o‘sa boshlaydi. Oson yuviluvchi gruntlarda tubi va yon devorlari zichlashtiriladi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarda yo‘l qurilishida rezervlardan grunt olib ko‘tarmalar quriladi. Rezerv tubiga ko‘tarma tomonga qaratib qiyalik beriladi. Agar rezervning kengligi katta bo‘lsa, undan suvni qochirish uchun ariq qaziladi. Rezervning kengligi 6 m dan katta bo‘lganda tubiga rezerv o‘qiga tomon ko‘ndalang kesimli qiyalik beriladi. O‘ymadan ko‘tarmaga o‘tiladigan joylarda va suv havzalariga yaqinlashganda yon ariqlar tashqariga olib ketiladi. Ko‘tarmaning yon qiyaligini yuvilishdan saqlash uchun ularda suvni oqizadigan yon qiyalikda joylashgan yig‘ma beton lotoklar qilinadi.Bo‘ylama qiyalik 20-30 ‰ dan ko‘p bo‘lgan joylarda, asosan, oson yuviluvchi gruntlarda ariqlar o‘lchami 40x40x12 sm li beton plitalar bilan qoplanadi.


Download 18,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 18,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Shahar yo’llarida oqova suvlarni chetlatish tarmoqlari

Download 18,71 Kb.