Reja: Стратегия турлари




Download 51 Kb.
bet1/3
Sana11.06.2024
Hajmi51 Kb.
#262429
  1   2   3
Bog'liq
5-dars mavzu


Strategik rejalashtirish modellari


Reja:


1. Стратегия турлари
2. Стратегик қарорларни қабул қилиш тартиби
3. Стратегик дастурнинг мазмуни.

«Strategiya» tushunchasi ikki qismdan iborat (grekcha «Strategia») – stratos -qo‘shin, ago- olib bormoq, ya’ni masalan, kelib chiqishi bo‘yicha harbiy atama hisoblanadi.


Agar, «strategiya» tushunchasini, fuqarolik muhitida qo‘llanilsa, strategiya, avvalo uzoq muddatli rejalashtirish va mavjud bo‘lgan ahvolni saqlash, maqsadga muvofiq bo‘lsa yoki maqsadli ko‘rsatmalarga muvofiq aniqlanadigan, u yoki bu sohada tub o‘zgarishlarga erishishga yo‘naltirilgan ish - harakatlanish dasturini ifodalaydi.
«Strategiya» atamasi turli iqtisodiy tizimlarda turlicha tushuniladi. Strategik ko‘rsatmalarning qat’iylik darajasi bir xil tushunilmaydi. Mikmilan, uning yapon variantini shunday ta’riflab yozadi: « bu yerda strategiya, puxtalik bilan o‘ylangan, A va V ga va so‘ngra Strategik ga o‘tishga ijozat beradigan qoidalar yig‘indisi va bajariladigan ish tartibi o‘zaro mantiqan bog‘liqligini mutlaqo bildirmaydi».
Yaponiyada, strategiya deganda, amaliy boshqaruv tizimlari chegarasi tashqarisida ro‘y beradigan voqealarga tayyor turish tushuniladi. Ushbu mazmunda strategiya, mustahkam turgan fikrlardan, u yoki bu chetga chiqishlar mavjudligi, noaniq sharoitda harakatning umumiy mo‘ljallarini ishlab chiqadi.
Innovatsion strategiya, umumiy iqtisodiy strategiyada dvigatel rolini o‘ynaydi. Innovatsion strategiya o‘rni, kompleks strategiya tuzilishini tahlil qilish jarayonida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jarayonining alohida qismlari uchun, substrategiyada kompleks strategiyani dekomponovkalash mumkin. Dekomponovkalash, gorizontal va vertikal qirqimlarda bajarilgan bo‘lishi mumkin. Gorizontal qirqim:
ishlab chiqarish dasturlarining rivojlanish substrategiyasi;
ishlab chiqarish-texnik bazalarining rivojlanish substrategiyasi;
boshqaruv tizimlarining rivojlanish substrategiyasi.
Vertikal qirqim, iqtisodiy tizimlarning bo‘g‘inlari va elementlari uchun strategiyani ishlab chiqishni ko‘zda tutadi (korxona uchun strategiya - bo‘linmalar va tarkibiy birliklarning rivojlanishi; tarmoqlar uchun alohida ishlab chiqarish).
Butun bir integratsiya sifatida ko‘rib chiqilayotgan kompleks strategiya umumiy va ishchan strategiyaga bo‘linadi.
Umumiy strategiya tashkilot maqsadiga erishishga mo‘ljal olib, tashqi va ichki o‘zgarishlarga ta’sirlanish vositasi bo‘ladi (faoliyat yo‘nalishini tanlash, masalan, manbalardan foydalanish, bozordagi muomala, tutashish, muvaffaqiyat va hokazo).
Umumiy strategiyani amalga oshirish vositalari: narx, kredit, mollarni sotish, reklamalar, mutaxassislar va hokazo kichik strategiyani ifodalovchi ishchan strategiya, alohida kichik strategiyadan iboratdir.
Ishlab chiqarish omillari rivojlanishining har bir substrategiyasi omillarning o‘zaro ta’siri va mahsulot rivojlanish substrategiyasiga tegishli bo‘lgan, ilmiy-texnik innovatsiya elementlarini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, innovatsion strategiya, ishlab chiqarish umumiy maqsadlarini va umumiy strategiyaning kichik tizimlarini amalga oshirish strategiyasidan iboratdir. Innovatsion strategiya ishchan strategiya bilan chambarchas bog‘langan. Xullas, bir tomondan, innovatsion siyosat, aniq moliya –iqtisodiy vositalar (ishchan kichik strategiya) sohasida tegishli yordamni talab qilsa, boshqa tomondan esa, ularning o‘zi tomonidan berilayotgan imkoniyatlari ma’lum darajada aniqlanadi.
Strategiyaning vertikal qirqimi ular makro-mezo (regional) va mikrodarajada ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutadi.
Makro strategiya ba’zan markaziy deb atalsa, mikro strategiya esa ins-titutsional, deb ataladi.



Download 51 Kb.
  1   2   3




Download 51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Стратегия турлари

Download 51 Kb.