Strategik qarorlarni qabul qilish tartibi




Download 51 Kb.
bet2/3
Sana11.06.2024
Hajmi51 Kb.
#262429
1   2   3
Bog'liq
5-dars mavzu

4.2. Strategik qarorlarni qabul qilish tartibi

Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. «Model» lotincha so‘z bo‘lib, namuna, degan ma’noni anglatadi. Fanda model o‘rganilayotgan obyektning biror turdagi shartli obrazi (shakli), «prognozlash» esa iqtisodiy yoki ijtimoiy jarayonlarning aksini anglatadi.


Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muhim vositasi hisoblanadi. Modellashtirish jarayonini obyektni yoki jarayonni boshlang‘ich o‘rganish,uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, nazariy va tajribaviy (eksperemental) tahlili, modellashtirish natijalarini obyekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qurishni tashkil etadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan eng yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin.
Vaqt omili hisobga olinganda modellar statistik (ya’ni, model chegarasi ma’lum bir vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va xarajatlar mimallashtiriladi) yoki dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib, xarajatlar mimallashtiriladi yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy modellarni quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: omilli (faktorli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash iqtisodiyot rivojlanish ko‘rsatkichlarini yig‘ish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, rayonlararo, tarmoqli, regional modellar bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotning rivojlanish jihatlariga qarab, modellar asosiy fondlar, mehnat resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi kabi turlarga bo‘linishi mumkin.
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bog‘liqligini tavsiflaydi.
O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa, mehnat resurslarining borligi endogen omildir.
Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni o‘z tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi – bu, bir omilli model bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil hisoblanadi. Mazkur holda biror ko‘rsatkich tahlili va prognoz vaqti xronologik qatorga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining umumiy tendensiyasini xarakterlovchi bog‘liqlik) aniqlanadi.
Chiziqli va nochiziqli (nelineynoye) ko‘rinishdagi ko‘p omilli modellar prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkich dinamikasini va darajasiga ta’sir etuvchi bir necha omillarni bir vaqtning o‘zida hisobga olish imkonini beradi. Bunda modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini tavsiflovchi modellar, aholi daromadi va narxga bog‘liq ravishda ayrim iste’mol tavarlariga talabni tahlil etish modellari misol bo‘la oladi.
Tarkibiy modellar ikita butun yoki agregatni tahlil etuvchi alohida elementlar orasidagi aloqa va boqliqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar tarkibiy balans ko‘rinishdagi modellar bo‘lib, bunda biror qatorda uning elementlari orasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqiladi.
Mahsulot xomashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va ko‘p natijali kabi turlarga bo‘linadi.
Birinchi guruhga tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki shu tarmoqda iste’mol qilinadigan boshqa resurs yoki xomashyo miqdoriga bitta chegara qo‘yilgan modellar kiradi.
Ikkinchi guruhga xomashyo yoki boshqa resurs iste’moli uchun butun tarmoq bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot talabiga ikki yoki undan ko‘p cheklanishlar qo‘yilgan modellar kiradi.
Transport omilining ta’sir etish darajasiga ko‘ra, tarmoqli optimal rejalashtirish modellari ikki turga bo‘linadi: ishlab chiqarish – transport modeli (transport omili e’tiborga olinmaydi) va ishlab chiqarish –transport modeli (transport omili e’tiborga olinadi).
Tarmoqlararo balans (TAB)- iqtisodiyotdagi asosiy model bo‘lib, unda iqtisodiyotdagi turli natural va qiymat aloqadorligi ko‘rsatiladi. U sanoat, kapital qo‘yilmalar, mehnat resurslari va tarmoqlar bo‘yicha mahsulot hajmining o‘zaro bog‘langanligini hisobga olgan holda reja davri qator yillari uchun iqtisodiyot mahsulotlarining ishlab chiqarilish va taqsimlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi, TAB ikki ko‘rinishda shakllantirilayapti: qiymat va natural shakilda. Mamlakat bo‘yicha qiymat ko‘rinishidagi TAB nomenklaturasi 120 ta tarmoq nomenklaturasini o‘z ichiga oladi va u barcha moddiy ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. Natural ko‘rinishdagi TAB barcha mahsulotlarning 80 %ini tashkil etuvchi asosiy mahsulotlarni qamrab oladi. Ushbu balansda 600 ga yaqin zaruriy mahsulot turlari aks ettiriladi.
Natural - qiymat balansi modeli iqtisodiyotning kompleks tavsifini aks ettiradi. Moddiy qiymat TAB modelining balanslashtirilgan holdagi reja uchun boshlang‘ich ma’lumotidir. Bunga MD hajmi, tarkibi ko‘rsatkichlari, eksport, import va kapital ta’mirlash hajmi ma’lumotlari kiritiladi.
TAB modeli bo‘yicha ikki tipdagi hisob - kitoblar amalga oshiriladi:
Bunda berilgan yakuniy iste’mol darajasi bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va taqsimlanishning balanslashtirilgan rejasi hisoblab topiladi.
Aralash hisob – kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bunda ba’zi tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa tarmoqlarga yakuniy iste’molga berilgan mahsulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish va taqsimlash balansi tuziladi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlarni tuzishda iqtisodiy-matematik modellar keng qo‘llaniladi. Bularga bir va ko‘p omilli iqtisodiy o‘sish modellari, MD ni taqsimlash modellari, tarkibiy tarmoq va asosiy fondlarni qayta tiklash modellari,investitsion oqim xarajati modeli, turmush darajasi va iste’mol tarkibi modellari, kengayib borayotgan eko siyosat modeli, ish haqi va daromadlarni taqsimlash modellari kiradi.
Iqtisodiyot balansini prognozlashlashtirishni mukammalashtirishning muhim yo‘nalishi - iqtisodiy o‘sishning asosiy parametrlarini prognozlashtirishni, Verifikatsion-statistik yondashish dinamik vaqt qatori ma’lumotlaridan maksimal foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan mosligini va baholanayotgan sharoitlar ma’nosini tekshirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy prognozlashtirish makro iqtisodiy modellari tizimida bu usuldan foydalashish iqtisodiyotning balanslashtirilganligi tarkibiy va omilli jihatlarni o‘rganish va ularni optimallik prinsipi asosida sintezlash bilan bog‘liq.
Iqtisodiyotning balanslishtirilganlik omili jihati mahsulotni chiqaruvchi obyekt hamda ishlab chiqarish omillari xarajatlari (asosiy fondlar va mehnat resurslari) orasidagi bog‘liqlikka asoslanadi. U ishlab chiqarish omillari orasida ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlab turuvchi mutanosiblikni aniqlashga borib taqaladi.
Balanslashtirilganlik (vaqt oralig‘i) jihatlari ishlab chiqarish omillari xarajatlarini vaqt bo‘yicha taqsimlash va ular o‘zaro bog‘liqligida erishiladigan taqsimotga asoslanadi. Asosiy vaqt oralig‘i xususiyatlari asosiy fondlarni qayta tiklash bilan bog‘liq. Vaqt oralig‘i balanslanganlikka erishish uslubi xarajatlar va ularning asosiy fondni qayta tiklash jarayonini belgilovchi natijalari hamda xususiyatlarining ko‘rsatkichlar o‘sishi sur’atiga bog‘liqligiga asoslangan. Ushbu usul asosiy fondlarni qayta tiklash jarayoni xususiyatlari hamda narx indekslari, kelib turuvchi manbalar miqdori va kapital qo‘yilmalar hamda asosiy fondlar chiqimi, ularning tarkibini belgilovchi hamda dinamika ko‘rsatkichlarini kechiktirish usuli bilan farqlanuchi butun bir modellar guruhini tuzish imkonini beradi.
Balanslashtirilganlikning tarkibiy jihati ijtimoiy ishlab chiqarishning birinchi va ikkinchi bo‘limlari orasidagi proporsiyalarga hamda tarmoqlararo tarkibiy modellar ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish qo‘yilmalari hamda mehnat resurslarining tarmoq strukturasi prognozlashning tizmidan keng foydalaniladi.



Download 51 Kb.
1   2   3




Download 51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Strategik qarorlarni qabul qilish tartibi

Download 51 Kb.