|
Reja: Tarmoq kabellari. Koaksial
|
bet | 4/9 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 482,94 Kb. | | #251885 |
Bog'liq 9 (1) Juftli oʻram kabel
Bu kamchiliklami bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). Toʻqilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq toʻqilgan fnetall simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashtiriladi.
Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlaming bir-biriga taʻsirini ham kamaytiradi (crosstalk, перекрестные новодки, chorraha yoʻnalishlar).
Tabiiyki, ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat boʻladi, ulardan foydalanilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyom) foydalanish zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan oʻralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik kam uchraydi.
Ekranlashtirilmagan oʻralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga RJ-45 razyomlarni (konnektorlarni) ulashning osonligi va shuningdek, har qanday shikastlanishlarni taʻmirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir.
RJ – 45 konnektori
RJ – 45 konnektori «o‘ralgan juft» kabeliga o‘rnatib mahalliy tarmoq qurish uchun ishlatiladi, masalan, 100 BaseTX.
Tashqi ko‘rinishidan bu konnektor RJ–11 konnektoriga o‘xshash, lekin RJ–45
enliroq va ikki hissa ko‘p kontakt guruhlari mavjud.
Konnektorning tashqi ko‘rinishida farq bo‘lishi mumkin, ya’ni konnektorda ishlatiladigan materiallar yoki tashkiliy qismlarida, bu holat tarmoq standartiga bog‘liq, ammo bu holat o‘lchami va konstruksiyasining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Bunday konnektorlarning tashqi ko‘rinishi 4.21-rasmda keltirilgan.
RJ – 45 konnektori
Bu konnektorning alohida xususiyati uning xizmat davri chegaralanganidadir, bu xususiyati unda ishlatilgan material va konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lib, standart bo‘yicha ishlash muddati 2000 marotaba ulashga yetadi.
RJ–45 konnektori bilan birgalikda, maxsus yumshoq materialdan tayyorlangan himoya qalpoqcha ishlatiladi, u konnektor va kabelning konnektorga ulangan eng nozik qismini himoyalash uchun kiydirib qo‘yiladi.
|
| |