• Optik (Shisha) tolali kabel
  • Reja: Tarmoq kabellari. Koaksial




    Download 482,94 Kb.
    bet8/9
    Sana24.05.2024
    Hajmi482,94 Kb.
    #251885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    9 (1)

    B variant utp kabel


    Kompyutyerda kompyuterga boʻlsa:
    CAT5 kategoriyali (100 Mbit/s gacha tezlikda) oʻrama juftli kabellarda signallarning uzatilishida faqat ikki juft simlargina ishlatiladi. Bir jufti signal qabul qilish uchun, ikkinchisi esa kompyuter tarmoq kartasiga RJ-45 razyomli oʻrama juftli kabellar orqali Hub, swich yoki router qurilmalariga signal joʻnatish uchun foydalaniladi.
    Optik (Shisha) tolali kabel


    Optik (Shisha) tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oraligʻi 100 km masofadagi tarmoq uchun qoʻllaniladi. Oʻtkazish tezligi: 2 Gbit/sek.


    Shisha tolali kabel - bu yuqorida koʻrib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali koʻrinishda emas, yorigʻlik koʻrinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi - shaffof shisha tola boʻlib, u orqali yorugʻlik juda katta masofalarga (oʻnlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) soʻnish bilan uzatiladi. Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy boʻlib, u koaksial elektr kabel tuzilishiga oʻxshash.
    Faqat markaziy mis sim oʻrniga bu kabel turida ingichka (diametri 1-10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama oʻmiga esa, yorugʻlikni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.

    Optik tolali kabel


    Shisha tolali kabel toʻsiqlardan himoyalanish va uzatilayotgau axborotni sir boʻlib qolish koʻrsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit toʻsiq nurli signalni oʻzgartira olmaydi, signalni oʻzi esa, hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi.


    Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish

    amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib, ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal oʻtkazish yoʻlagi 1012 Gs.gacha yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda, bu juda ham yuqori koʻrsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib, hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan.


    Biroq, bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorugʻlik signalini elektr signaliga va teskariga oʻzgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.

    Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shisha toladagi signalning soʻnishi, odatda, taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel koʻrsatgichiga toʻgʻri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni soʻnishi juda kam boʻladi. Yuqori chastotada (ayniqsa, 200 MGs. dan yuqori) uning ustunligi shubhasiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.


    Asosiy adabiyotlar

    1. Download 482,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 482,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Tarmoq kabellari. Koaksial

    Download 482,94 Kb.