• TCP/IP va OSI modellarning kompyuter tarmoqlarini qurishda o‘rni. IP
  • Reja: Tarmoq topologiyalari: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa




    Download 148,43 Kb.
    bet2/7
    Sana20.05.2024
    Hajmi148,43 Kb.
    #244835
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v

    Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish
    tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi
    avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri
    bilan bog’laydi.
    3-rasm. Torus aloqali topologiy
    TCP/IP va OSI modellarning kompyuter tarmoqlarini qurishda o‘rni. 




    IP tarmoq texnologiyasi va TCP protokoli xususiyatlari xozirgi kunda
    kompyuter va Internet tarmog‘ining asosi bo‘lib, boshqa tarmoq texnologiyalari
    bilan birgalikda zamonaviy kommunikatsiyalar asosini tashkil etadi.
    IP tarmoqlar texnologiyasi TCP/IP protokollar stekiga asoslanadi. Bu stek
    AQSh Mudofaa Vazirligi tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqilgan va ARPAnet
    tarmog‘i qurilishida qo‘llanilgan, bu tarmoqdan keyinchalik Internet tarmog‘i
    tashkil qilindi. Stekni ishlab chiqish va takomillashtirishga AQSh universitetlari,
    ayniqsa UNIX operatsion tizimi uchun TCR/IPni amalga oshirgan Berklidagi
    universitet o‘z ulkan xissasini qo‘shishdi. Stekni takomillashtirish bo‘yicha 30
    yildan ortiq vaqt davomida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda bu quyidagilarda
    ishlatiladigan protokollarning eng ommaviy stekidir:
    -Internet global axborot tarmog‘ida;
    -Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun;
    -Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi
    kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun; - operatsion tizimlarning
    aksariyati va lokal tarmoqlarda; -deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda.
    TCP/IP protokollar steki (to'plami) 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi
    ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida
    yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida Vint Serf va Kan birinchi marta uchta turli tarmoq
    orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. Zamonaviy
    Internet protokoli shu tarzda yaratilgan. 1983 yilning 1 yanvarida ARPANET yangi
    protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy ‘tug'ilgan kuni’ deb hisoblanadi.
    TCP/IP modeli TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol)
    protokollar stekini tasvirlash uchun ishlab chiqilgan. U OSI modelidan ancha oldin
    ishlab chiqilgan.
    TCP – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda
    axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
    IP– tarmoq pog’onasi protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda
    axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi,
    masalan, TCP yoki UDP. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani
    uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z
    manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli
    tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining
    kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi. Bir
    sathdagi xabarlarning ketma-ketligi va shaklini belgilovchi formal qoidalar
    protokollar deb ataladi. Ierarxik tashkil etilgan protokollar yig’indisi
    Kommunikatsiya protokollari steki deb ataladi.
    OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi
    kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq
    ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish
    va qulay foydalanish hisoblanadi.


    Tarmoqlarni ishlashi uchun OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur


    hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va
    har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z
    belgisini qo'yib boradi.
    ISO/OSI modelining hamma pog’onalarining ishlashini tashkil qilishga
    javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni
    shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi
    tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash
    imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol
    steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net
    BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.Protokollar stek tarkibida bo‘lib,
    ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi
    alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy. TCP/IP da har bir protokol uchun
    port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta.
    Har qanday texnologiya yordamida ma’lumotlarni uzatish qanday
    bajarilishini aniqlash uchun quyidagilarni ko‘rib chiqish lozim:
    -
    tarmoqning adres makoni qanday shakllanadi va taqsimlanadi; - IP
    texnologiya asosiy protokollarining mantiqiy tavsiflari (paket maydonini belgilash);
    -
    axborot uzatish jarayonining me’yoriy faoliyatini ta’minlovchi
    protokollarning asosiy muolaja tavsiflari;
    -
    jo‘natuvchidan oluvchiga ma’lumotlar yetkazish yo‘lini aniqlash
    masalasi qanday hal qilinadi, ya’ni paketlar qanday marshrutizatsiya qilinadi

    Download 148,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 148,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Tarmoq topologiyalari: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa

    Download 148,43 Kb.