- yo’g’on koaksial kabel yoki ekranlangan o’rama juft kabellaridan
foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati o’rtacha (ma’lumot uzatish tezligi 100
Mbit/s gacha) bo’lgan LHT;
- optik tolali aloqa kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik
xususiyati
yuqori (ma’lumot uzatish tezligi 1000 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT.
Lokal
tarmoqning
dastlabki
texnologiyalarida
fizik
pog’onada
kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan
foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI,
Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning
o’rtalariga
kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori
ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini
paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi.
Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi,
faqat
Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan
algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda
aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet
texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi.