Reja: Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha




Download 21,57 Kb.
Sana25.01.2024
Hajmi21,57 Kb.
#145523
Bog'liq
tema 1


Mavzu : Tog' jinslari tarkibidagi minerallar, ularning geologik
tuzilishi, kelib chiqish sharoitlari va qo'llanilishi:
Reja:
1. Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.
2. Tog’ jinslarining xususiyatlari.
3. Magmatik, metamorfik va cho’kindi tog’ jinslari haqida
ma’lumot.
4. Minerallar va ularning turlari.
5. Qimmatbaho minerallar haqida ma’lumot.

Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Tog’ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar . Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Tog’ jinslariningning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi, ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topgandir.


Togʻ jinslari tuzilishi - mineral va mineral agregatlaridan iborat togʻ jinslarining tuzilish tavsifi. "Togʻ jinslari tuzilishit." umumlashma termin boʻlib, togʻ jinslarining strukturasi va teksturasi tushunchasini oʻz ichiga oladi. Struktura minerallarning oʻlchami, shakli va oʻzaro joylanishi bilan aniklanadi; tekstura togʻ jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning umumiy hamda boʻshliqsa joylashish xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Magmatik togʻ jinslarining tuzilishi. Magmatik togʻ jinslarining strukturam magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish trasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (mas., granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, siyenit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafiksimon strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Tog’ jinslari zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiqlik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. Tog’ jinslarining xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslari xossalarini aniqlaydigan muhim parametrlardir. Gʻovakchalar qisman suyuqlik bilan toʻlgan boʻlishi mumkin, shuning uchun tog’ jinslarining xossalari qattik, gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy miqdoriga ham bogʻliq. Gʻovaklik va darzlik tog’ jinslarini neft va suv kollektori sifatida baholashda, hamda ularning buloqqa, burgʻi qudugʻi va boshqalarga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir. Tog’ jinslarining namlik va gaz sigʻimi, suv va gaz oʻtkazuvchanligi ham ularning gʻovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik tog’ jinslarida gazli boʻshliklar miqdori 60— 80% ga yetadi (masalan, pemza va pemza tuflari). Choʻkindi tog’ jinslarida choʻkindi hosil boʻlish jarayonida gʻovakchalar vujudga kelib, sementlanish vaqtida berkilishi yoki saqlanib qolishi mumkin. Metamorfik tog’ jinslarida gʻovakchalar kam buladi, faqat yoriqlar (darzliklar) boʻlib, ular jinslar soviyotganda paydo boʻladi.
Tog’ jinslarining zichligi ularning gʻovakligi va mineral tarkibi bilan bogʻliq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (masalan, piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/m3 gacha). Choʻkindi togʻ jinslari minerallarining zichligi kam (masalan, tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). Tog’ jinslarining issiqlik sigʻimi va hajmning issiqlikdan kengayish koeffitsenti birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniqlanadi. Tog’ jinslarining mustahkamlik, taranglik xususiyatlari, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro bog’lanish kuchiga bogʻliq. Fizik xossalari qatlam tekisliklari yoʻnalishida bir xil boʻlsa, koʻndalang yoʻnalish boʻylab boshqacha boʻladi. Tog’ jinslarining choʻzilishga chidash darajasi, issiqlik oʻtkazuvchanlik, elektr oʻtkazuvchanlik, dielektrik va magnit oʻtkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yoʻnalishi boʻylab, siqilishga chidash darajasi esa koʻndalang yoʻnalish boʻylab koʻproq boʻladi. Mayda donador tog’ jinslarida mustahkamlik yuqori boʻlsa, yirik donador tog’ jinslarida past boʻladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuqori (masalan, nefritda 500 MN/m2). Koʻpgina choʻkindi jinslarda (tosh tuzi, gips va b.)da siqilishga chidash darajasi past.
Togʻ jinslari odatda, issiqlikni yomon oʻtkazadi, gʻovaklik ortishi bilan ularning issiqlik o’tkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim oʻtkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va b.) boʻlgan jinslarda issiqlik oʻtkazuvchanlik xususiyati koʻp boʻladi. Togʻ jinslarining ko’pi dielektrik va yarim oʻtkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bogʻliq. Togʻ jinslarining xossalari mexanik (bosim), issiqlik (temperatura), elektr, magnit, radiatsion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va boshqalarga toʻyinganligi) maydonlarning taʼsiriga bogʻliq. Bosim taʼsirida jinslar zichlashadi, gʻovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa togʻ jinslarining xossalari oʻzgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik oshib boradi. Issiqlik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, bug’lanishiga olib keladi, natijada togʻ jinslari xossalari oʻzgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi togʻ jinslarining elektromagnit va radioto’lqin xususiyatlariga katta taʼsir kursatadi. Togʻ jinslari foydali qazilma sifatida o’ziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va boshqa texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geologiya (jumladan, muxandislik geologiyasi) va konchilik sanoatida informatsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini ifodalaydi; baʼzan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xolxol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xolxolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar Yer yuzasida yarim kristallangan jinslar koʻrinishida soviydi. Effuziv jinslarning teksturalari orasida: massivli, flyuidal, yoʻlyoʻl flyuidallilar boʻlib, ular turli rangdagi vulkanik shisha, xolxollilik va mikrolitlar parallel chiziqchali joylashuvi bilan bogʻliq boʻladi. Lavadagi gazli pufakchalarning miqdoriga qarab gʻovakli, pufakchali va pemzali teksturalar farq qiladi. Boʻshliqlar ikkilamchi minerallar (kvars, opal, seolit, karbonatlar va boshqalar) bilan toʻldirilganda bodomtoshli teksturalar hosil boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan anikdanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, katlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiklar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va katlamlilari koʻp tarqalgan.
Metamorfik togʻ jinslarining tuzilishi. Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi birlamchi choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim taʼsiri ostida, tralar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristalloblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar), leGʻshdoblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral donalaridan tarkib topgan (slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining relikti saklangan boʻlsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va boshqalar) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin.
Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan aniqlanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, qatlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiqlar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va qatlamlilari koʻp tarqalgan.
Mineral bu — yer qobig‘I tarkibiga kiruvchi noorganik xossali modda. Ba’zan neft, kumir va ohaktoshni ham mineral deyishadi. Aslida ular qachonlardir Yer yuzasida yashagan jonzot va o‘simliklardan paydo bo‘lgan. Odatda minerallar ikki guruhga: Metall va nometall mineral ma’danlarga bo‘linadi. Metall minerallarga— qo‘ng‘ir temirtosh (temir), mis rudasi, boksitlar (alyuminiy), nometall minerallarga — kvars, asbest, kalsitlar kiradi. Odatda minerallar kristall holatda uchraydi. Tog jinslarini minerallar bilan chalkashtirmaslik kerak, zero ular bir-biridan farq qiladi. Mineral o‘ziga xos tuzilishga ega. Yer sharining har qanday nuqtasidan topilgan minerallarking rangi, qattiqligi (pishiqligi) va yana boshqa xususiyatlari bir xil bo‘ladi. Tog jinslari tarkibida ham granit, kvars, dala shpati, slyuda va boshqa minerallar bor, lekin bir joydan topilgan granit tarkibidagi minerallar soni boshqa bir hududdagi granitdagiga nisbatan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
Minerallar turli konlardan olinadi. Ularni tog jinslari va qum tarkibida ham uchratish mumkin. Minerallar tuzilish jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ayrim minerallar "magma" deb ataluvchi vulqonli qaynoq suyuq moddaning kristallanishi yoki qotishidan yuzaga keladi. Olmoslar, slyudalar va dala shpatlari ana shunday paydo bo‘ladi. Ayrim minerallar bejirimligi va tabiatda kam uchraganligi tufayli qimmat sanaladi va ular qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, topaz) sirasiga kiradi. Ona tabiat boshqa minerallarga ham boy. Tabiatda, ayniqsa, kvars ko‘p. Yer sharining deyarli barcha mintaqasida uning 200 ga yaqin turi borligi ma’lum.
Ko‘pchilik, olmos faqat rangsiz bo‘lishi mumkin degan xato fikrlaydilar. Haqiqatda esa, olmos ranglar palitrasiga har qaysi qimmat baho tosh havas qilishiga arziydi. Ammo, hozirda, hamma rangli olmoslar rangi ham, tabiiy emas. Ko‘pgina toshlarga sun’iy ravishda rang berishadi. Bu ularning kamyobligi bilan tushuntiriladi.
Moos shkalasi (qattiqlikning mineralogik shkalasi) ishlab chiqarilganligiga qadar, toshlarni ranglarga qarab ajratishgan. Shunday qilib, barcha yashil toshlar zumrad, qizil toshlar esa, yoqutga aylangan.
Haqiqiy zumrad, brilliantdan qimmat.
Yoqutlarning 95%i sun’iy ravishda yaxshilantiriladi. Bundan faqatgina haqiqatdan ham katta va o‘ta chiroyli toshlar xalos bo‘lishlari mumkin.
Yoqut va sapfir – bir xil narsa. Bu toshlar orasidagi farq ularning rangidadir.
Barcha topilgan olmoslarning 90%i, sanoatda foydalaniladi va faqatgina 10%i zargarlik do‘konlariga boradi.
Aleksandrit shoh Aleksandr, bo‘lajak imperator Aleksandr II sharafiga nomlangan.
Akvamarin va zumrad – bir xil narsa, gap shundaki, turli xil kimyoviy elementlar aralashmasi, har xil rang beradi. Xrom zumradga yashil, alyuminiy esa, akvamaringa havo rang beradi.
Topaz, quyoshda xiralashish va rang yo‘qotish kabi yomon odatlarga ega. Shuning uchun, bu mineral mavjud bo‘lgan zeb-ziynatlarni plyajga taqmaslik maslahat qilinadi.
“Qizil zumrad” ham mavjud. Aslida esa, bu – berillning qizil rangdagi turi, Biksbit. Bu o‘ta kamyob mineral bo‘lib, u faqat AQShning Yuta shtatida topiladi.
Pushti rangdagi topaz – ushbu mineralning eng nodir rangli turi. Aynan pushti topazlarni ko‘pincha soxtalashtirishadi.
Ba’zi minerallar juda havfli. Masalan, charoit “minichernobыl”ga, kinovar esa “dars etgan simobli termometr”ga aylanishi mumkin.
Deyarli barcha zumradlar darzlar va aralashmalarga ega (har xil ma’lumotlarga ko‘ra, 90-95%). Lekin bu ularning narxini pasaytirmaydi, chunki mineral uning rangi va to‘yinganligi bo‘yicha baholanadi. Kreml yulduzlari yoqut oynasidan yasalgan.
Geologik tuzulishi, kelib chiqish sharoiti va qo'llanilishi - mineral va mineral agregatlaridan iborat togʻ jinslarining tuzilish tavsifi. "Togʻ jinslari tuzilishit." umumlashma termin boʻlib, togʻ jinslarining strukturasi va teksturasi tushunchasini oʻz ichiga oladi. Struktura minerallarning oʻlchami, shakli va oʻzaro joylanishi bilan aniklanadi; tekstura togʻ jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning umumiy hamda boʻshliqsa joylashish xususiyatlari bilan aniklanadi.
Magmatik togʻ jinslarining tuzilishi. Magmatik togʻ jinslarining strukturam magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish trasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (mas., granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, siyenit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafiksimon strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini ifodalaydi; baʼzan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xolxol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xolxolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi.

Xulosa
Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Tog’ jinslaridagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga boʻlinadi: magmatik (otqindi), choʻkindi va metamorfik jinslar . Yer poʻstining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% choʻkindi togʻ jinslaridan iborat, ammo yer yuzasining 75% maydonini choʻkindi togʻ jinslari egallaydi. Tog’ jinslariningning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi, ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida oʻz aksini topganini bilib olamiz
Download 21,57 Kb.




Download 21,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha

Download 21,57 Kb.