• WINDOWS OPERATSION TIZIMIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH
  • UMUMIY HOLATDA FAYL VA KATALOGLAR BILAN ISHLASH




    Download 326,72 Kb.
    bet4/7
    Sana14.02.2024
    Hajmi326,72 Kb.
    #156726
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    INFORMATIKA MUSTAQIL ISH NIYOZOV

    UMUMIY HOLATDA FAYL VA KATALOGLAR BILAN ISHLASH

    1. Fayllar va ularning turlari

    2. Kataloglar va ularning turlari

    3. Boshlovchi dasturida Fayllar va kataloglar bilan ishlash

    4. Fayl va Papkalar ustida amallar bajarish

    3.1 Fayl - ("file"-inglizcha, "ma`lumot") biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma`lumotlar majmuidir. Bu ma`lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo'yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, "Iskra" kompyuterlarida), Mikrodos ("Korvet") kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo'llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo'lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin. Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan: com, exe - kompyuter "tili"ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma - ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi; bat - buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar; bas - Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur; pas - Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur; chi - ChiWriter matn muharririda hosil qilingan matn. bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin.

    3.2 Kataloglar.
    Kataloglar. Disklardagi fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar- Direktoriya, papka deb ham yuritiladi.
    Katalog – bu fayllar nomlari ularning hajmi, atributlari, so’nggi yangilangan vaqti va h.k.larni saqlanadigan diskdagi maxsus joy hisoblanadi. Agar katalogda biror faylning nomi bo’lsa shu fayl o’sha katakogda joylashgan deb yuritiladi. Har bir katalogga bir qancha fayl joylashadi. Ammo bir katalogga bir nomdagi bitta fayl joylashadi.
    Kataloglar aslida maxsus ko’rinishdagi fayllar bo’lib, bosh katalog bundan mustasno.
    Katalog (yunoncha: katalogos — roʻyxat) — 1) muayyan narsalar (mas, kitob, eksponat, tovarlar)ning maʼlum tartibda tuzilgan roʻyxati; ularni topishni osonlashtiradi. Koʻrgazmalar, ilmiy-texnika yoki madaniy-maʼrifiy ishlar uchun moʻljallangan maʼlumotnoma nashrlarda mavjud narsalarning (baʼzan bezakli) shu tarzda tartibga solingan roʻyxati boʻladi. Masalan, markalar K.i, badiiy asarlar koʻrgazmalari K. i va b.; 2) kutubxona katalogi; 3) kompyuter dasturlarining mantiqiy qurilmasida — fayl nomlari saqlanadigan joy, fayllar yigʻindisi.[1]
    Katalog (yunoncha: katalogos — roʻyxat) — 1) muayyan narsalar (mas, kitob, eksponat, tovarlar)ning maʼlum tartibda tuzilgan roʻyxati; ularni topishni osonlashtiradi. Koʻrgazmalar, ilmiy-texnika yoki madaniy-maʼrifiy ishlar uchun moʻljallangan maʼlumotnoma nashrlarda mavjud narsalarning (baʼzan bezakli) shu tarzda tartibga solingan roʻyxati boʻladi. Masalan, markalar K.i, badiiy asarlar koʻrgazmalari K. i va b.;
    2) kutubxona katalogi;
    3) kompyuter dasturlarining mantiqiy qurilmasida — fayl nomlari saqlanadigan joy, fayllar yigʻindisi.


    EMDlarda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi. Katalog - bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan EMDdagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi bo'lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. EMDda bir nechta katalog bo'lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog ro'yxatida bo'ladi. Kataloglar aslida maxsus ko'rinishdagi fayllar bo'lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o'z nomiga ega bo'lib, u boshqa bir katalog ro'yxatida bo'lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo'yiladigan talablar fayl nomiga qo'yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda katalog nomiga kengaytma qo'llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro'yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb yuritiladi. Katalog - fayl emas, balki fayllar yozish va katalog osti ochish uchun joy ajratishdir.


    4. WINDOWS OPERATSION TIZIMIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH

    Windowsda fayllar bilan ishlash uchun Provodnik va Moy komp’yuter oynalaridan foydalaniladi

    Provodnikni ishga tushirish uchun Pusk tugmasi bosiladi, ochilgan menyudan "Dasturlar" deb yozilgan satr tanlanadi va ochilgan qism menyudan Provodnik degan nomda "sichqoncha" tugmasi bir marta bosi­ladi


    Shift klavishini bosib turgan holda Moy komp’yuterning belgisi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosilsa ham PROvodnikning oynasini ochish mumkin.
    Provodnik oynasini ochishning Yana bir usuli: Moy komp’yuter belgisi ustida "sichqoncha" ning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst menyudan Provodnik nomi tanlanadi.
    Moy komp’yuter oynasini ochish uchun uning belgisi ustida "sich­qoncha" tugmasini ikki marta bosish kerak.
    Bu oynalarda sarlavxa qismining tagidagi qator- menyu qatori hisoblanadi. Uning tagidagi qatorda esa "asboblar paneli" qatori joylashgan. Agar asboblar paneli ekranda ko`rinmasa, uni Vid(Ko`rinish) menyusining Panel’ istrumentov (Asboblar paneli) buy­ryg`ini tanlash yo`li bilan ekranga chiqarish mumkin.
    Boshqa qypilmani tanlash uchun oynadagi shu qurilma belgisi, boshqa papkaga o`tishi uchun shu papka belgisi ustida "Sichqoncha" tyg­masini ikki marta bosish kerak.
    Fayllar guruhlarga ajratish.
    Papkadagi hamma fayllarni ajratish uchun Pravka (Tahrir qilish) menyusining Vo`delit’ vse (hammasini ajratish) buyorug`i tanlash kerak. Buning uchun CtrI+A klavishlar birikmasini ham ishlatish mumkin.
    Ketma-ket joylashgan fayllar guruhi bilan ishlashda oldin birin­chi fayl, keyin Shift klavishini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi.
    Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishini bosib turgan holda ayrim fayllarning nomlari ustida sichqoncha tugmasini ketma­-ket bosish kerak.
    Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish
    Ko`chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko`p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va Yangi joyga faylning nusxasi ko`chi­riladi. Ko`chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan ko`chiriladi va ko`rsatilgan joyga uning nusxasi ko`chiriladi.
    Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    - Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish.
    - Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun "Buferga nusxasini ko`chirish" (Copy) asbobini, ko`chirish uchun esa Âûðåçàòü/Sut-"Buferga ko`chirish" asbobini tanlash.
    - Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash.
    - "Asboblar paneli"dan "Buferdan olib qo`yish" (Paste) asbobi­ni tanlash.
    Fayl nusxasini olishning yoki ko`chirishg boshqa usullari ham bor.
    - Fayl nomida "sichqoncha" tugmasi bir marta bosiladi va Fayl menyusining Otpravit’ buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menyudan qaerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
    - Fayl nomida "sichqoncha"ning o`ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyudan Otpravit’ buyrrug`i tanlanadi. Ochilran qism menyu­dan qaerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
    - Faylni "sichqoncha" yordamida ham ko`chirish mumkin. Bu usul Drag and dror-surish va qo`yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko`rsatkichni olib borib, "sichqoncha" tugmasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so`ngra "sichqoncha" tugmasi qo`yib yuboriladi.
    YUqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida "sichqoncha"ning o`ng tugmasi ham birga bosiladi. Tugmalarni qo`yib yuborgan vaqtda kontekst menyu paydo bo`ladi. Menyuning Kopirovat’ buyrug`i tanlanadi.
    Fayl nomini o`zrartirish
    Moy komp’yuter yoki Provodnik oynalarida quyidagilarni bajarish kerak:­
    - Nomi o`zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.
    - Fayl nomi yoki papka nomi ustida "sichqoncha" tugmasi bir marta bosiladi.
    - YAngi nom klaviatura yordamida kiritiladi.
    - Enter bosiladi.
    Ish stolidagi belgining nomini o`zgartirish uchun oldin shu belgi tanlanadi, keyin uning nomi ustida "sichqoncha" tugmasi bosiladi na Yangi nom kiritiladi.
    Fayllarni yo`qotish.
    Windowda yo`qotilgan fayl ish stolidagi Korzina nomli papkaga ko`chiriladi, Korzina bo`shatilmaguncha yo`qotilgan fayllar unda saqlanib turadi. SHu sababli bexosdan yo`qotilgan fayl Yana qayta tik­laniSHI mumkin.
    Fayl yoki fayllar gurux,ini yo`qotish uchun yo`qotiladigan fayl­lar ajratiladi. Klaviaturadan Delete klavishini bosiladi yoki faylmenyusining Udalit’ - Yo`qotish buyrug`i tanlanadi, yoki asboblar panelidagi "Buferga ko`chirish" asbobi bosiladi. ekranda chiqarilgan so`rovga qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Da (Xa) tugmasini bo­sib javob beriladi.
    Korzinani bo`shatish uchun ish stolida Korzina belgisi ustida "sichqoncha"ni ikki marta bosiladi. ekranda Korzina oynasi ochiladi.
    Fayl menyusining Ochistit’ korzinu - "Korzinani bo`shtish" buyryqi tanlanadi. Bajarilgan ish tasdiqlanadi. Agar savat ichidagi xujjatlar qoniqgirmasa uni 1)1Fpidan-1Yfpi BUshatish ham mumkin. Buning uchun Korzina belgisi ycgida "sichqoncha"ning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilran konTekst menyudan Ochistit’ korzinu buyrug`i tanlanadi.
    Yo`qotilgan fayllarni qayta tiklash uchun:
    - Ish stolidagi Korzina belgisi ustida "sichqoncha" chap tugmasi ikki marta bosiladi. ekranda Korzina oynasi ochiladi.
    - Oynadagi yo`qotilgan fayllar ro`yxatidan keraklisini topib, uni ajratish kerak.
    - fayl menyusidan - "Qayta tiklash" buyrug`i tanla­nadi. Buning o`rniga fayl nomida "sichqoncha"ning o`ng tugmasini ham bosish mumkin. Ochilgan kontekst menyudan Vosstanovit’ buy­rug`i tanlanadi.
    Fayllar haqida ma`lumotni ko`rish
    Moy komp’yuter yoki Provodnik oynalarida papkadagi fayllar haqida ma`lumotni ko`rish uchun Asboblar panelidagi Tablitsa (Jad­val) asbobidan foydalanish kerak. Fayl haqidagi to`liq ma`lumotda uning o`lchami, turi, yozilgan ko`pi va vaqti ko`rsatiladi. Ro`yxatdagi fayllar xech narsa deyilmagan holda alfavit bo`yicha tartiblanib yoziladi. Tartiblashning boshqa ko`rinishlarini o`rnatish uchun Vid menyusining UporYadochit’ znachki - "Belgilarni tartiblash" buyrug`i­ dan foydalanish kerak.
    Fayllarni izlash
    Windows da faylni izlash uchun uning nomidagi bir necha simvolni kiritish kifoYa. Nomida shu simvollar bor bo`lgan barcha fayllar ro`yxati ekranga chiqariladi. Bundan tashqari, agar tufayl nomini ynytran bulsangiz-u, lekin uni qachon yozilganini bilsangiz, faylni yozilgan kuniga ko`ra qidirishingiz mumkin.
    Faylni izlash uchun:
    1. Ish stolida Pusk tugmasini bosib, ochilgan menyudan Nayti (Izlash) buyrug`ini tanlang.
    2. Ochilgan qism menyudan Faylo` i papki-Fayllar va papkalar satrini tanlang. ekranda Poisk: Vse faylo`-Izlash muloqot oynasi ochiladi
    3. Muloqot oynasining imYa - Fayl nomi maydonida fayl nomi­ ni yoki uning bir qismini kiriting.
    4. Papka maydonida kerakli qurilma nomini tanlashingiz mumkin.




    1. Download 326,72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 326,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    UMUMIY HOLATDA FAYL VA KATALOGLAR BILAN ISHLASH

    Download 326,72 Kb.