|
WINDOWS OPERATSION TIZIMIDA KATALOGLAR BILAN ISHLASH
|
bet | 5/7 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 326,72 Kb. | | #156726 |
Bog'liq INFORMATIKA MUSTAQIL ISH NIYOZOVWINDOWS OPERATSION TIZIMIDA KATALOGLAR BILAN ISHLASH
Fayllarni nomlangan guruhi katalog deb ataladi.
Kataloglar direktoriyalar (inglizchadan: ma’lumotnoma, manzilli kitob) deb ham yuritiladi. Katalog – bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so‘nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Windows operatsion sistemasida katalog papka (ing. folder so’zidan olingan) deb ham yuritiladi.
Katalog tushunchasini kundalik hayotimizdan olingan misol orqali tushuntiramiz.
Тasavvur qiling, disk – bu bog’lamli qutilar va alohida (qutisiz) bog’lamlar saqlanayotgan shkaf bo’lsin. O’z navbatida, qutilarda bog’lamlar uchun alohida qutichalar va yana bog’lamlar bo’lsin. Quti, quticha va bog’lamlarga yorliq yopishtirilgan.
Endi, bog’lam – bu yorliqda belgilangan nomli fayl deb tasavvur qiling. U holda alohida quti – bu ushbu diskning katalogi, bu qutidagi quticha esa – katalog osti (kichik katalog)dir.
Shkafdagi (ya’ni, matiqiy diskdagi) qutilarning (ya’ni, kataloglarning) va alohida bog’lamlar (ya’ni, fayllar) to’la ro’yxati ushbu diskning bosh katalogi deb ataladi. Bu katalogda va alohida fayl(bog’lam)lar ro’yxatdan o’tadi. Birinchi pog’onadagi katalog(quti)larda ikkinchi pog’onadagi katalog(quticha)lar va alohida fayl(bog’lam)lar joylashgan. Uchinchi, to’rtinchi va hokazo pog’onadagi ichma ich joylashgan kataloglar ham bo’lishi mumkin.
Katalog nomlarini qulay tanlash ham kompyuterda bajariladigan ishlarni yengillashtiradi. Masalan, MS Word dasturida tayyorlangan hujjatlarni joylashtirish uchun “Hujjat”, o’yin dasturlarini joylashtiradigan katalogni “O’yinlar” deb nomlash o’rinlidir.
Bir katalogda bir xil nomdagi (ya’ni, xususiy nomi va kengaytmasi bir xil bo’lgan) fayllar joylashishi mumkin emas. Masalan, katalogda Navro’z.doc nomli ikkita fayl bo’lishi mumkin emas. Lekin, bir xil nomdagi fayllar turli kataloglarda joylashishi mumkin.
Kataloglar aslida maxsus ko‘rinishdagi fayllar bo‘lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o‘z nomiga ega bo‘lib, u boshqa bir katalog ro‘yxatida bo‘lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo‘yiladigan talablar fayl nomiga qo‘yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda, katalog nomiga kengaytma qo‘llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro‘yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb ham yuritiladi.
Faraz qilaylik, Navro’z.doc MS Word dasturida tayyorlangan hujjat bo’lib, Hujjat katalogi-ning Nafosat katalogida joylashgan bo’lsin. Agar fayl C diskda bo’lsa, u holda mazkur Navro’z.doc fayli quyidagicha topiladi:
C: - C diskning bosh katalogi;
Hujjat – bosh katalogning katalog osti;
Nafosat – Hujjat katalog ostining katalog osti;
Navro’z.doc – izlangan fayl.
Izlangan faylga borish uchun yozilgan katologlar ketma-ketligi faylga borish yo’li deyiladi. Yo’lni ko’rsatishda “\” (slesh) belgisidan foydalaniladi.
Demak, yuqoridagi faylga borish yo’li: C:\Hujjat\Nafosat kabi bo’ladi. Faylning to’liq nomi deganda, faylga borish yo’li va uning nomini birgalikda yozish, ya’ni misolda C:\HUJJAT\NAFOSAT\NAVRO’Z.DOC tushuniladi.
Har bir diskda albatta bosh katalog bo‘ladi. Unda fayllar va kataloglar (1-pog‘ona kataloglari) joylashadi. 1-pog‘ona kataloglarida fayllar va 2-pog‘ona kataloglari joylashadi; 2-pog‘ona katalogida fayllar va 3-pog‘ona katalogi joylashadi va h.k. Shu tariqa diskda kataloglarning pog‘onali (iyerarxik, ya’ni shajaraviy) tuzilmasi hosil bo‘ladi:
Ayni vaqtda, ish olib borilayotgan katalog joriy katalog deyiladi. Biror faylga operatsion sistema buyrug‘i qo‘llanilsa, sistema bu faylni joriy katalogdan izlaydi.
|
| |