LINUX OPERATSION TIZIMIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH




Download 326,72 Kb.
bet6/7
Sana14.02.2024
Hajmi326,72 Kb.
#156726
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INFORMATIKA MUSTAQIL ISH NIYOZOV


6.LINUX OPERATSION TIZIMIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH

Linuxda har bir fayl o'z nomiga ega. Fayl nomi uzunligi fayl tizimi talablariga bog'liq bo'ladi. Zamonaviy fayl tizimlar 255 gacha simvolli nomga ega fayllarni yaratishga imkoniyat bersa, bir qancha fayl tizimlar esa qisqa fayl nomini tanlash bilan chegaralanadi. Xozirda Fayl nomida deyarli xoxlagan simvolni ishlatishingiz mumkin, lekin chalkashishdan qochish maqsadida quyidagi ro'yhatni ko'rib chiqamiz:


- Bosh harflar (A-Z);
- Kichkina harflar (a-z);
- Raqamlar (0-9)
- Tag chiziq (_)
- Nuqta (.)
- Vergul (,)
- / yoki ildiz

Ildiz katalog har doim / (slesh) bilan nomlanadi va shu bitta simvol bilan ifodalanadi. Boshqa fayllar bu simvolni nom sifatida ishlata olmaydi. Shu bilan birga, fayl manzili fayl nomidagi satr hisoblanib kataloglar slesh bilan ajratilgan bo'ladi. Bitta ota-onada bir xil ismdagi farzandlari bo'lmaganidek, bitta katalogda bir xil nomdagi fayllar bo'lmaydi. Xar xil ota-onada bir xil nomli farzandlari bo'lganidek, boshqa boshqa katalogda bir xil nomli fayllar bo'lishi mumkin.Tanlayotgan fayl nomi biron nimani anglatishi kerak. Ko'p hollarda katalogdagi muhim fayllar foydasiz nomlar bilan saqlanadi. Bunday nomlar yomon tanlov bo'lib, sababi ular fayl qanday ma'lumot saqlayotganini esga solmasligi mumkin. Quyidagi ro'yhatda nomlar faylda saqlanayotgan ma'lumot haqida axborot bera oladi:


-Yozishmalar
- Yanvar
- Davis
- Hisobot
- 2001
- Qarzdorlik_hisoboti

Fayl nomlari uzunligi DOS yoki Windowsning eski versiyalarida fayl nomi uchun 8 ta simvol va kengaytmasi 3 simvolgacha bo'lishi mumkin edi. Ba'zi UNIX tizimlarida 14 simvolli chegara mavjud bo'lsa, Macintoshning eski variantlarida 31 simvolli chegara mavjud. Agarda fayl nomi qisqa bo'lsa, uni chop qilish oson bo'ladi; keyinchalik kengaytmasiga ba'zi fayl tizimlarda mavjud bo'lgan kichik chegaralanishdan oshirish mumkin bo'ladi. Qisqa faylnomlarining salbiy tomoni shundaki, ular uzunroq faylnomidagidek to'la ma'lumotni ifodalamasligi mumkin.Uzun faylnomlilarda faylning to'laroq ma'lumotini yoritish mumkin. Fayl nomini to'la yozib o'tirmasligingiz uchun shellda nomni o'zi tugatish imkoniyatiga ega. Fayl nomlarida katta yoki/va kichik harflardan foydalanish imkoniyati mavjud. Linux registrni bog'liqligi tufayli, YANVAR, Yanvar va yanvar fayllari bir biridan farq qiladi. Fayl nomlarida probellardan foydalanish mumkin, lekin bu yomon fikr hisoblanadi. Sababi, probel maxsus simvol hisoblanib, buyruqlar satrida ko'rsatib o'tilishi lozim. Probel o'rniga nuqta yoki tag chiziqcha foydalananing: joe.05.04.26, new_stuff.Agarda probel mavjud bo'lgan fayl nomi bilan ishlayotgan bo'lsangiz, masalan, boshqa operatsion tizim fayl bo'lsa, bunday holda siz buyruqlar satrida joy ko'rsatib, fayl nomini teskari slesh yoki qo'shtirnoq yozish lozim bo'ladi.


Download 326,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 326,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LINUX OPERATSION TIZIMIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH

Download 326,72 Kb.