Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi




Download 31,67 Kb.
bet1/4
Sana24.05.2024
Hajmi31,67 Kb.
#252508
  1   2   3   4
Bog'liq
XOTIRA



XOTIRA
REJA:
1.Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi ;
2.Axborot ishlash modellari ;
3.Xotira tasavvurlarining paydo bo‘lishida so‘zning o‘rni;

“Agar sen oldingi xotiralaringni eslash qobiliyatini yo‘qotsang sen uchun hayot tugaydi” James Mc.Gaugx37.Psixolog sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Xotira bu – doimiy va o‘zgaruvchan hamda saqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar uning qanday ishlashini tushunishimizga yordam beradi. Masalan 92 yoshli qariya insult bilan kasallangandan so‘ng u oldingidek harakatlana olardi. U oilaviy albomlarni ko‘rganda qarindoshlarini eslay oladi, ammo, kundalik yangi suhbatlarni va hatto haftaning qaysi kuni ekanligini eslay olmaydi. U har safar yangiliklarni eshitganda ta’sirlanadi va pochchasining o‘limini tez-tez eslaydi. Buning aksi o‘laroq Xotira Olimpiadasida medallar sovrindori rus jurnalisti SHereshevskiy boshqa jurnalistlar intervyularni qayd qilsa, u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki 9 tagacha bo‘lgan raqamlarni takrorlay olarmiz ammo SHereshevskiy 70 tagacha bo‘lgan raqamlarni 3 soniya ichida takrorlay oladi. Bundan tashqari, u raqamlarni orqadan oldiniga ham osonlik bilan aytib bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni ham aniq aytib bera olgan. U shunday boshlagan: “Biz stol atrofida o‘tirgan edik, siz kursida kulrang kastyum kiygan holda o‘tirgan edingiz va menga mana bunday holatda qarayotgan edingiz.


Ajablanarli holat shunday emasmi? Siz ham imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar, ko‘rinishlar, turli joylar, turli ta’m va hidlar mavjud. Tasavvur qiling, siz 2500 ta yuzlar va joylarni har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib ko‘rdingiz. Keyinroq esa oldingisiga o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor bering. Ralf Xaberning axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keyingi tajriba tasavvur qiling, siz oldinshakli aniq bo‘lmagan, har tomonlarga chizilgan rasmni ko‘rdingiz, so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz. David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq obyektlarni ko‘rish va eslab qolish noaniqlariga nisbatan oson va tez. Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob izlamoqda: Qanday qilib biz xotira yutuqlariga erishishimiz mumkin? Nima uchun biz, hatto, bir daqiqa oldin uchrashgan insonimizning ismini unutib qo‘yamiz? Xotiralar miyada qanday saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, istalmagan hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki Shaxsning xotirasida turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin?39 Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar. Bular miyaga kirayotgan xabarning turiga bog‘liq. Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish bo‘yicha mavjud sezgidir. Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa, yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yo‘qoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Shaxsning yo‘nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko‘pincha u yoki bu narsa haqidagi hodisalarni yomonlarini esda qoldiramiz. Bu xotiraning yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, o‘quvchilar hamma fanlarni bir xil o‘zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklari bilan emas, balki o‘qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, o‘sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog‘liqdir. Kuchsiz, irodasiz kishilar har doim yuzaki yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o‘zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga bog’liqdir. “Psixologlar inson xotira tizimini qanday tasvirlashadi? Xotiraning qanday ishlash modeli bizga xotirani qanday tuzish va avvalgi holatiga qaytarish haqida o‘ylashimizga yordam beradi” deb yozadi. Devid G. Mayers “U xotiraga o‘ziga xos modelni tavsiya etadi. Odatda, ko‘p uchraydigan birinchi model: kompyuterda axborot ishlash tizimining ba’zi jihatlari inson xotirasiga o‘xshaydi. ko‘nikma va odatlariga ham bog‘liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi Shaxsning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari asosida o‘zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni Shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.

Xotira
Yaxshiyamki xotiramiz bor. Xotira tufayli bizda ajoyib imkoniyatlar borlgini so‘zsiz qabul qilamiz. Xotira hayotimizni belgilaydi. Xotira tufayli biz oilamizni taniymiz, o‘z nutqimizda gapira olamiz, uyimizga olib boradigan yo‘lni yo‘qotmaymiz hamda oziq ovqat va suv joyini aniqlaymiz. Xotira tufayli biz tajribalarimizdan bahramand bo‘lamiz va uni qayta qo‘llay olamiz. Ammo, ba’zida aynan xotira tufayli aybdorlarni va aybdorligimizni kechira olmaymiz. Biz nimani ko‘proq eslasak, u xotiramizning katta qismini egallaydi. Agar xotiramiz bo‘lmaganida, o‘tgan quvonchli va alamli lahzalarimizni, aybdorlik hissini yoki g‘azabni sezmagan bo‘lardik.Uning o‘rniga biz hozirgi yangi lahzada yashagan bo‘lardik. Bunday holatda har bir kishi begona va har bir nutq yangi hamda har safarda kiyinish, ovqat pishirish va velosiped haydash muammosi kabi muammolar bo‘lardi. Biz hatto o‘zimizga ham begona bo‘lardik. Uzoq o‘tmishimiz va hozirgi lahzamiz o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lmasdi. Xotira tadqiqotchisi Jamesning ta’kidlashicha: “Agar sen oldingi xotiralaringni eslash qobiliyatini yo‘qotsang sen uchun hayot tugaydi”.


Download 31,67 Kb.
  1   2   3   4




Download 31,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi

Download 31,67 Kb.