• Makon
  • Takrorlanish
  • Avtomatik qayta ishlash
  • Biz qanday qilib ma’lumotlarni kodlaymiz?




    Download 31,67 Kb.
    bet4/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi31,67 Kb.
    #252508
    1   2   3   4
    Bog'liq
    XOTIRA

    Biz qanday qilib ma’lumotlarni kodlaymiz?
    Ba’zi axborotlar masalan: yurish yo‘nalishingiz, tanish voqealar xotira tizimida tanish bo‘ladi. Ba’zida siz telefon raqamlarni yodlash uchun unga diqqatingizni jamlaysiz. Bir vaqtning o‘zida shu faoliyat uchun miya salohiyatiga avtomatik ishlov berish tufayli vazifalarning katta miqdori sizning ongingizda davom etadi. Masalan, kosmos haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda ongli harakat yuzaga keladi. O‘rganishda esa sahifadagi ma’lumot materialidan kodlar joylashadi. Keyinchalik bu ma’lumotni eslash uchun u joylashgan joy va vaqtni tasavvur qilishingiz mumkin. Makon:O‘rganayotganda sahifa joylashgan hudud, ma’lumotni olgan sahifangiz orqali eslab qolish mumkin. Hamda o‘rganayotgan xona orqali eslash imkoniyati ham mavjud.
    Vaqt: Siz o‘rganayotganda kunlik voqealarning ketma-ketligini eslashingiz mumkin. Keyinchalik bu ketma-ketlikni qayta tiklashingiz mumkin.
    Takrorlanish:biror voqeaning necha marta sodir bo‘lganini eslashingiz mumkin. Keyinchalik tasavvur qilishingiz mumkin. Masalan “men uning uyiga 3-marta borishim”kabi.
    Yaxshi o‘zlashtirilgan ma’lumotlar:masalan siz ona nutqingizdagi biror so‘zni uchratdingiz, uni yoza olmasligingiz mumkin, lekin siz uning ma’nosini aniq tasavvur qilasiz chunki bu necha yillardan buyon foydalanadigan axborotingiz.
    So‘zni ma’nosini tushunish va uni kodlash har doim ham oson emas. Siz uni birinchi marta o‘rganganingizda mayda qismlarga ajratib olasiz. Har bir sahifani astasekin kodlashingiz mumkin. Bu albatta dastlab o‘qish, tajriba va harakat talab qiladi. Avtomatik qayta ishlash –ma’lumotlarni makon, vaqt, chastota va yaxshi o‘zlashtirishlar asosida kodlash. Samarali ishlash jarayonida avtomatik ravishda katta miqdorda ma’lumotlarni saqlaymiz va kodlaymiz. Samarali ishlashda ko‘pincha mustahkam va qulay xotiralar ishlab chiqiladi. Biz yangi ma’lumot o‘rganayotganimizda, masalan ismlarni biz ongli takrorlaymiz. Og‘zaki xotiraning ilk tadqiqotchisi, nemis filosofi German Ebbingauz xotira haqida yangi falsafiy qarashlarni kiritdi. Og‘zaki materiallar orqali o‘z o‘rganish usulini yaratdi. U avval ma’nosiz ikki undosh va bir unlidan tashkil topgan bo‘g‘inlar ro‘yxatini tuzdi. Bo‘g‘inlarning bir namunasini tanlab ularni ovoz chiqarib sakkiz martadan ortiq tez o‘qidi. Ularni bir necha kun yodladi: JIH, BAZ, FUB, YOX,SUJ, XIR, DAX, LEQ, VUM, PID, KEL, WAV, TUV, ZOF, GEK, HIW
    So‘ngra ma’lumotlarni eslashga harakat qildi. Lekin ular butunlay unutgan edi.
    Avtomatik samarali qayta ishlash shunday ma’lumotlarki, masalan kecha kechki ovqatni qaerda eganingiz kabi sizda avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Unda boshqa ma’lumotlar kabi kodlash va eslashga harakat qilishga hojat yo‘q. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tez o‘rgangan ma’lumotlar tezda esdan chiqadi. O‘tgan asrda o‘rganishda masofaning ta’siri bo‘yicha 300 dan ortiq izlanishlar olib borildi. Ko‘proq amaliyotda qo‘llash qisqa vaqtda o‘rganish hamda ishonch tuyg‘ularini olib kelishi mumkin. Bo‘laklarga ajratib o‘rganish natijasi ko‘proq samarali va uzoq muddatlidir. Etarli darajada o‘rgangach, yana uni qo‘shimcha o‘rganish samarasiz deydi Doug Roxrer. Eng yaxshisi qo‘shimcha takrorlash ya’ni vaqt oralig‘ida taqrorlashdir. Miyamizda ko‘p miqdorda neyronlar joylashgan o‘rtacha 100 mlrd dona. Har bir neyron miyaning eng kichik qismi hisoblanib, aynan ular orqali fikrlaryuzaga keldi. Miyadagi nervlar bir biri bilan sinapslar orqali elektr toki yordamida suhbatlashib ma’lumotlarni saqlab qoladi. Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar. Bular miyaga kirayotgan xabarning turiga bog‘liq. Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish bo‘yicha bo‘lgan sezgidir. Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish mumkin41 . Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog‘liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko‘ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud: 1) tez esda qoldirib, sekin unutish; 2) tez esda qoldirib, tez unutish; 3) sekin esda qoldirib, sekin unutish; 4) sekin esda qoldirib, tez unutish. Xotira tasavvurlarining paydo bo‘lishida so‘zning o‘rni Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira tasavvurlari deyiladi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol tasavvurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan, ammo hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishidan iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvurlari bo‘ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizdagi bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog‘liq. Masalan: ertaklar, romanlar umuman biror asarni o‘qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko‘z o‘ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir. Tasavvurlar paydo qilishda so‘zning ahamiyati katta. So‘z bilan nomlash tegishli obrazning yaratilishiga yordam beradi. Masalan, «ildiz», «o‘t» so‘zlarinito‘rt kishiga berib, qanday tasavvur qilishlarini so‘rasak, ularning tasavvurlari bir-biridan farq qilishini ko‘ramiz, chunki, har bir kishi tajribasiga ko‘ra, kasbiga ko‘ra tushunadi. Masalan, matematik ildizni sonning ildizi deb, botanik o‘simlik qismini, uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushunadi. Tasavvur qilishning fiziologik asosi 41David G. Mаyers Psychology, 2010 by Worth Publishers 326-351 бетлар shartli reflekslarning hosil bo‘lishi, bosh miya po‘stida paydo bo‘lgan izlarning jonlanishidir. Tasavvur birorta turtki tasirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida tasavvurlarning tug‘ilishi uchun birorta so‘z yoki hodisa turtki bo‘ladi. Asosan, maxsus qo‘zg‘ovchi so‘zdir, shuning uchun so‘z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar tug‘iladi.
    Download 31,67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 31,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biz qanday qilib ma’lumotlarni kodlaymiz?

    Download 31,67 Kb.