• Uzoq muddatli xotira
  • Ishchi xotira
  • Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi




    Download 31,67 Kb.
    bet3/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi31,67 Kb.
    #252508
    1   2   3   4
    Bog'liq
    XOTIRA

    Hissiy xotira – Xotira tizimida hissiy ma’lumotlarni zudlik bilan qisqa eslab qolish. Bir lahza yuzlaridagi ma’lumotlarni qayd etadi. Qisqa muddatli xotira – faol xotirada bir necha belgilar aniq saqlanadi, masalan, 7 ta raqamgacha bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolamiz. Aynan shu faoliyatdagi yoki ishlovchi xotira bo‘lishi mumkin. Fikrlashimiz asosida ishlovchi, vazifalarni bajaruvchi ijro etuvchi xotiralar yotadi. Qisqa muddatli xotirani biz bo‘laklarga bo‘lib uzaytirishimiz mumkin.
    Uzoq muddatli xotira – xotira tizimidagi doimiy va chegarasiz bog‘liqlik. U nisbatan samarali va mustahkam. Bilim, ko‘nikma va tajribalarni o‘z ichiga oladi. Ununutqgan ma’lumotlarni gipnoz yoki elektrlash orqali qayta eslash va uzoq muddatli xotiraga o‘tishini tezlashtirishi mumkin. Uzoq muddatli xotira o‘ziga xos tarzda ishlatilmagan xotiralarni bir chekkada saqlab qo‘yadi. U cheksiz va tashqi ta’sirga moyil emas. Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira vaqti bo‘yicha ham, ma’lumotlarni saqlab qo‘yish bo‘yicha ham farq qiladi.
    Ishchi xotira - Faol ishlashga ajratilgan qisqa muddatli xotiradagi hamda, qayta ishlanadigan uzoq muddatli axborotlar.
    Atkinson va Shifrinning klassik 3 bosqichli modeli xotira jarayonini tushunishda yordam beradi, ammo bugungi tadqiqotchilar uzoq muddatli xotiraning boshqa yo‘llarini ham topishdi. Masalan ayrim axborotlar xotiraning ongli ishtiroki orqali “orqa eshik”dan uzoq muddatli xotiraga o‘tadi. Ishchi xotirasida ko‘p va faol ishlash qisqa muddatli xotira bosqichida uchraydi. Doktor Penfild faoliyati davomida epilepsiya kasaliga chalingan bemori miyasining qaysi qismi jarohatlanganini bilish uchun bemor miyasining qismlariga kichik elektr toklar jo‘natadi. Bemor og‘riq sezmaydi, chunki miyada og‘riq sezuvchi nervlar yo‘q. Shunda bemor yoshligidagi voqealarni eslayotganini aytdi. Bu doktorning hujayralarga birma bir tegib chiqayotgani natijasi edi. Shundan keyin Penfild o‘z taklifini bildirdi, biz deyarli barcha ma’lumotlarni xotiramizda saqlab qolamiz, gap ularni qayta eslash uchun turtki berishda.

    Download 31,67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 31,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi

    Download 31,67 Kb.