|
Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari aholi yashaydigan
|
bet | 8/16 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #247414 |
Bog'liq Reja Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlashGorizontal yo‘l belgi chiziqlari aholi yashaydigan punktlarda tezyurar, magistral yo‘llarda, shuningdek, jamoat passajir transportlari qatnaydigan yo‘llarda tushiriladi.
Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari aholi yashamaydigan punktlarda natural harakat miqdori 1000 avt/sut va undan ortiq hamda qatnov qismining kengligi 6 m va undan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda tushiriladi. Bunda yo‘l belgi chizig‘i bilan belgilangan kenglik 3,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Vertikal yo‘l belgi chiziqlari turli tayanchlarni, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlarning to‘siqlarini, tonnellarning devorlarini, yo‘l to‘siqlarining yon tomonlarini, xavfli joylarda o‘rnatilgan xavfsizlik orolchalarini belgilashda ishlatiladi.
Gorizontal belgi chiziqlari birinchi yo‘l chiziqlari guruhiga kirib, jami 23 xil bo‘ladi. Quyida har bir belgi chizig‘ining o‘lchamlari va qanday yo‘l sharoitida ishlatilishi kerakligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Yo‘l belgi chizig‘i
quyidagi joylarda ishlatiladi:
a) ikki va uch polosali yo‘llarda transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratishda;
b) rejadagi va vertikal kichik egriliklardagi ko‘rish masofasi me’yordagidan (25-jadvalga qarang) kichik bo‘lganda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatlarni ajratishda;
v) ikki va undan ortiq harakat polosasi bo‘lgan (bir yo‘nalish uchun) yo‘llarda harakat polosasining chegarasini ko‘rsatish uchun;
g) quvib o‘tish ta’qiqlangan uchastkalarda.
Yo‘l belgi chizig‘ini yo‘lning qatnov qismi chetidan 0,2 m masofada tushiriladi.
Yo‘l belgi chizig‘i
Avtomagistral yo‘llarida chetki
yo‘l chizig‘i bo‘lib, uni qatnov qismining chetidan 0,2 m masofada tushiriladi.
Yo‘l belgi chizig‘i
ikki tomonga 4 ta va undan ko‘p
bo‘lgan harakat polosali yo‘llarda
o‘q bo‘yicha tushirilib, transport
vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishlarga
bo‘ladi.
|
| |