|
Reja: Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash
|
bet | 2/16 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #247414 |
Bog'liq Reja Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash
50-rasm. Xavfli uchastkadan oldin qo‘yiladigan yo‘l belgisi
masofasini aniqlash sxemasi
- belgidan xavfli uchastkagacha bo‘lgan masofa (m); - belgigacha avtomobillarning o‘rtacha tezligi (km/soat); - haydovchining « » reaksiya vaqtida masofa o‘tgandan keyingi tezligi (km/soat); - xavfli uchastkagacha sekinlashish masofasi (m); - xavfli uchastka oldidagi tezlik (km/soat).
Yo‘l xo‘jalik xodimlari yo‘l belgilarini muntazam ravishda tozalab turishlari va ko‘rish uchun xalal berayotgan daraxt butalarini kesib turishlari kerak. Ketma-ket joylashtirilgan yo‘l belgilari aholi yashamaydigan yo‘l uchastkalarida 50 m va aholi yashaydigan joylarda esa 25 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi lozim (51-rasm). Bunga chorrahalarda o‘rnatiladigan yo‘l belgilari kirmaydi.
51-rasm. Aholi yashamaydigan joylarda yo‘l belgilarini rejada Joylashtirish.
Ko‘ndalang kesimda yo‘l belgilarini joylashtirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Yo‘lning bitta ko‘ndalang kesimida uchtadan ortiq yo‘l belgisini o‘rnatish ruxsat etilmaydi. Bunda qo‘shimcha axborot beruvchi va qaytaruvchi belgilar hisobga olinmaydi. Bunday hollarda belgilarni gorizontal (bu ko‘proq qulay bo‘ladi) yoki vertikal o‘rnatish kerak.
Yo‘l belgilari yo‘lning o‘ng tomonida qatnov va yo‘l yoqasi qismidan tashqarida (maxsus holatlardan boshqa) o‘rnatiladi.
Aholi yashamaydigan yo‘l uchastkalarida yo‘l belgilarini yo‘l yoqasi yonida ko‘tarilgan «berma»da (supachada) (52a-rasm), ko‘tarmaning qiyalik yon bag‘rida (52b-rasm), yon ariqdan tashqarida (52v-rasm), qiyin yo‘l sharoitlarida yo‘l yoqasida (52g-rasm) rasmlarda ko‘rsatilgan talablarga binoan o‘rnatilishi kerak. Bu belgilar yo‘lning yon tomonidan o‘rnatilganida qatnov qismining chetidan, yo‘l yoqasining mavjud holatida esa yo‘l qirg‘og‘idan (brovkadan) yo‘l belgisining chetigacha 0,52,0 m masofada, qoplamaning ustidan belgining tagigacha (tablichkalarni hisobga olmaganda) 1,52,0 m masofada o‘rnatilishi lozim.
Ta’mirlash yoki tuzatish ishlari olib borilayotgan joylarda yoki operativ (tez) holatda harakatni tashkil qilish zarur bo‘lgan vaqtda yo‘l belgilarining tayanchlari qatnov qismiga o‘rnatilishi ruxsat etiladi (masalan, Paxtakor stadioni atrofidagi ko‘chalarda futbol o‘yini oldidan u yoki bu transport vositalari qatnovini yoki umuman harakatni ta’qiqlovchi vaqtincha belgilar qo‘yilishi amalda uchrab turadi).
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l belgilarini yo‘l yoqasining yoniga (53a- rasm), yo‘l yoqasining ustiga (53b-rasm), qatnov qismining tepasiga (53v-rasm) joylashtirish mumkin. Ajratuvchi polosa xavfsizlik orolchalari bo‘lgan hollarda esa yo‘l belgisini joylashtirish 84g-rasmda ko‘rsatilgan.
Yo‘l belgilari o‘zlarining ishlatilish yo‘l sharoitiga qarab GOST 10807-78 «Dorojnыe znaki» ko‘rsatmasiga asosan to‘rt tur o‘lchamda bo‘lib, quyidagicha tasniflanadi: I-kichik; II-normal; III-katta; IV-juda katta.
52-rasm. Aholi yashamaydigan joylarda yo‘l belgilarini ko‘ndalang
kesimda joylashtirish
53-rasm. Aholi yashash joylarida yo‘l belgilarini ko‘ndalang
kesimda joylashtirish.
Qo‘shimcha axborot belgilarining o‘lchamlarini birinchi tur uchun =600 mm; =900 mm qabul qilinadi. Hamma belgilarning to‘liq o‘lchamlari GOST 10807-78 da keltirilgan.
Tuproqqa belgilar tayanchini 1,2 m dan kam bo‘lmagan chuqurlikda ko‘miladi. Agar bu chuqurlik 1,2 m dan kam bo‘lsa, tayanchning ko‘milgan qismi atrofiga aylana shaklida beton qo‘yiladi.
|
| |