Reja: Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash




Download 0,64 Mb.
bet14/16
Sana21.05.2024
Hajmi0,64 Mb.
#247414
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Reja Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash

Termoplastlar bilan belgilangan yo‘l belgi chiziqlarining qalinligi 6 mm dan oshmasligi kerak. Tishlashish koeffitsienti esa ho‘l holatida =0,4 dan kam bo‘lmasligi lozim. Termoplastlarga qo‘yiladigan asosiy talab darz ketmaslik, issiqda erib ketmaslik va oq rangli bo‘lish, nur qaytarish xususiyati. Kraskalar bilan belgilangan yo‘l belgi chizig‘i tez yedirilib ketmasligi zarur. Yo‘l belgi chiziqlarining rangi oq, qora va sariq belgilanadi. Yo‘l belgi chizig‘ini ko‘pchilik hollarda tabiiy oq toshlardan yoki smolaga (kleyga) farfor siniqlarini qo‘shib ishlatilishi amalda uchrab turadi. Shahar ko‘chalarida esa metalldan qilingan «knopka» shaklidagi yo‘l belgi chiziqlari piyodalarning o‘tish joyini belgilashda ishlatiladi.
Yo‘l to‘siqlari qo‘llanish sharoitlariga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga «barer» konstruksiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo‘lmagan) va devorsimon («parapet» shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan) yo‘l to‘siqlari kiradi. Bu guruhidagi to‘siqlar transport vositalarini yo‘l poyida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan harakatlanayotgan transport vositalari to‘qnashuvining oldini olish hamda yo‘l mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko‘prik tayanchlari, daraxtlar va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o‘rnatiladi.
Ikkinchi guruh to‘siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m) kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo‘l qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi.
Yo‘l to‘siqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va og‘irlik darajalarini pasaytirish bilan birgalikda, to‘siqlarni o‘ziga kelib urilishi natijasida transport vositalarining ishdan chiqishiga, hatto odamlarning o‘limiga ham sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha yo‘l to‘siqlari o‘rniga xavfsizlikni ta’minlashning boshqa yo‘llarini o‘ylash kerak. Masalan, egrilik radiusini kattalashtirish, ko‘tarma balandligini pasaytirish, yo‘l poyining yon qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun yer osti yoki usti yo‘lakchalarini qurish, yo‘l mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish.
Yo‘l to‘siqlari mustahkam, egiluvchan, sutkaning har qanday vaqtida ko‘rinuvchan, almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lishi kerak.
Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari I-IV darajali avtomobil yo‘llarining yoqasida quyidagi hollarda o‘rnatiladi.

  1. Yo‘l poyi ko‘tarmadan o‘tib, uning yon qiyaliklari 1:3 va undan tik bo‘lsa (26-jadvalda ko‘rsatilgan talablarga qaralsin).

  2. Temir yo‘l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2 m va undan ko‘p bo‘lganda), jarlarga va tog‘ daralariga oraliq masofa yo‘lning qatnov qismi chetidan 25 m va undan kam bo‘lgan hollarda, yo‘l parallel o‘tgan joylarda. Bunda kelajakdagi keltirilgan harakat miqdori 4000 avt/sut.dan kam bo‘lmasligi kerak. Agarda bu ko‘rsatkich 4000 avt/sut.dan kam bo‘lsa, unda yo‘lning qatnov qismi chetidan ko‘rsatilgan xavfli joylargacha 15 m masofada parallel o‘tgan joylarda.

26-jadval





Avtomobil yo‘llarining uchastkalari

Bo‘ylama
nishablik, %

Ko‘tarmaning balandligi, m

1.

To‘g‘ri uchastkalar va rejadagi egrilikning radiusi 600 m katta

40 gacha

3,0

2.

Xuddi shunday joylar

40 va ko‘p

2,5

3.

Botiq egriliklarga kelib tutashayotgan nishablikning algebraik farqi 50 % va undan ko‘p

-

2,5

4.

Tik tushish joylarida yoki undan keyin rejadagi egrilikning radiusi 600 m kam bo‘lgan uchastkalarda egrilikning tashqi tomoni

40 va undan ko‘p

2,0

3. Har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda.


4.Rejada yo‘lning yo‘nalishi o‘zgarib, ko‘rinishi ta’minlanmagan uchastkalarda.
5. Ajratish polosalarida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda.
Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida yo‘l poyining chetidan 0,5 m masofadan kam bo‘lmagan va 0,85 m ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l to‘sig‘ining bikirligiga qarab joylashtiriladi.
Yo‘l to‘siqlarining bikirligi (jestkost) bo‘yicha ishlashiga qarab qattiq, yarim qattiq va elastik turlari bo‘linadi.
Qattiq yo‘l to‘siqlariga temir-beton bruslari, beton va tabiiy toshlardan ishlangan devorsimon to‘siqlar kiradi (87a -rasm).
Yarim qattiq yo‘l to‘siqlariga har xil profildagi metallardan yasalgan to‘siqlar kiradi (87b-rasm). Bu turdagi to‘siqlar boshqa to‘siqlarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega. Bularga egiluvchanligi, yengilligi, tez ta’mirlanishi, transport vositalarini kam shikastlantirishi kiradi. Chet el amaliyotida yarim qattiq yo‘l to‘siqlari eng katta o‘rinni egallaydi.

55-rasm. Birinchi guruh to‘siq turlari.
a) devorsimon; b) barersimon; v) barersimon tros bilan.

Elastik yo‘l to‘siqlariga trosli barersimon to‘siqlar kiradi. Ular qorong‘i vaqtda yomon ko‘rinadi, transport vositasi katta burchak ostida kelib urilsa, uni yo‘lning qatnov qismiga otib yuborishi mumkin, agarda kichik burchak ostida urilsa, sidirilib borib to‘siq tayanchiga urilishi mumkin. Shu kamchiliklarini ko‘zda tutib ShNQ 2.05.02-07 me’yoriy ko‘rsatmasida trosli barersimon to‘siqlarning I-II darajali yo‘llarda qo‘llanishi ta’qiqlangan.


Devorsimon yo‘l to‘siqlarining alohida blok shaklida oralarini ochib qo‘llanishi ta’qiqlanadi.
Yo‘l to‘siqlari sifatida eski pokrishkalarni va yog‘ochlardan ishlangan to‘siqlarni III va IV daraja yo‘llarida ishlatilishi mumkin.
Ikkinchi guruh yo‘l to‘siqlari metall va sintetik quvurlardan, setkalardan yasalab, quyidagi joylarga o‘rnatiladi.
1. I darajali yo‘llar avtobus to‘xtash joylarining butun uzunasi bo‘yicha va ikki tomoniga 20 m masofa uzunligida ajratuvchi polosada.
2. Transport tonnellarida trotuarning bitta polosasida piyodalarning harakat miqdori 100 odam/soat ko‘p bo‘lsa, panjarasimon to‘siq trotuar yonida o‘rnatiladi.
3. Svetofor bilan boshqariladigan piyodalar o‘tish joylarida yo‘lning ikki tomonida 50 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘tish joyining ikki tarafiga panjarasimon to‘siq joylashtiriladi.
4. Yer osti va yer usti piyodalar o‘tish joylarida piyodalarning betartib harakatini to‘xtatish uchun shunday harakatlar bo‘ladigan joyda 50-100 m masofada balandligi 1,5 m dan kam bo‘lmagan panjarasimon to‘siqlarni yo‘lni ikki yoqasiga yoki ajratuvchi polosaga o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
5. Aholi yashaydigan joylarda va «qo‘riqxona» mintaqalarida uy yoki yovvoyi hayvonlarning yo‘l qatnov qismiga chiqishini yo‘qotish uchun yo‘l yoqasiga setkadan yasalgan to‘siqlar joylashtiriladi.
Yo‘naltiruvchi qurilmalar yo‘l yoqasining chetini, xavfli to‘siqlarni kechasi va yomon sharoitlarda ko‘rinishini ta’minlashi uchun qo‘llaniladi. Yo‘naltiruvchi ustunchalar avtomobil yo‘llarining yoritilmaydigan uchastkalarida yo‘l to‘siqlari o‘rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda o‘rnatiladi:
1. Bo‘ylama kesimdagi egri uchastkalarga yaqinlashish joylarida ko‘tarmaning balandligi 2 m dan oshmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut.dan ko‘p bo‘lganda yo‘lning har ikki tomoniga 3 tadan yo‘naltiruvchi ustuncha qo‘yilib, ularning orasi 10-50 m qabul qilinadi. Egri uchastkaning o‘zida esa uni radiusiga bog‘liq holda 38-jadvalga asosan belgilanadi (56-rasm).
2. Yo‘lning to‘g‘ri uchastkasida ko‘tarmaning balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut dan ko‘p bo‘lgan joylarda yo‘naltiruvchi ustunchalarning orasi 50 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi plenka yopishtirilmagan bo‘lsa) yoki 100 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi plenka yopishtirilgan bo‘lsa) belgilanadi.



56-rasm Bo‘ylama kesimdagi egrilikda va undan oldindagi yo‘l uchastkalarida yo‘naltiruvchi ustunchalarni joylashtirish.


3. Rejadagi egri uchastka oldidan har ikki tomonida uchtadan va egrilikning o‘zida radiusning o‘zgarishiga qarab yo‘naltiruvchi ustunchalar 27-jadvalga binoan qo‘yiladi 57-rasm). Bu holda ko‘tarmaning balandligi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.


27-jadval



Bo‘ylama kesimdagi egrilik radiusi , m

Egrilikdagi ustunchalar orasidagi masofa , m

Egrilikka yaqinlashadigan uchastkadagi ustunchalar oralig‘i, m







100

5

8

17

34

200

7

12

23

47

300

9

15

30

50

400

11

17

33

50

500

12

19

37

50

1000

17

27

50

50

2000

25

40

50

50

3000

30

47

50

50

4000

35

50

50

50

5000

40

50

50

50

6000

45

50

50

50

8000

50

50

50

50

4. Chorrahadagi egri uchastkalarda 39-jadvaldagi ko‘rsatmalarga asosan.
5. Avtomobil yo‘li botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 1-2 m bo‘lganda) parallel joylashgan joylarda yo‘naltiruvchi ustunchalarni har 10 m masofada o‘rnatiladi.
6. Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning har ikkala tomonidan 10 m masofada yo‘lning ikki tarafiga 3 tadan.
7. Suv o‘tkazgich quvurlarning o‘qi bo‘yicha yo‘lning ikki tarafiga bittadan (agarda quvurning diametri 1,5 m kam bo‘lsa) va 3 tadan har ikki tomonga (agarda quvurning diametri 1,5 m katta bo‘lsa) har 10 m masofada yo‘naltiruvchi ustunchalar joylashtiriladi.



57-rasm. Rejadagi egrilikda yo‘naltiruvchi ustunchalarni joylashtirish
28-jadval

Rejadagi
radius
, m

Egrilikdagi ustunchalar orasidagi masofa , m

Egrilikka yaqinlashadigan uchastkadagi ustunchalar oralig‘i, m

Tashqi tomondan

ichki tomondan







20

3

6

6

10

20

30

3

6

7

11

21

40

4

8

9

15

31

50

5

10

12

20

40

100

10

20

25

42

50

200

15

30

30

45

50

300

20

40

40

50

50

400

30

50

50

50

50

500

40

50

50

50

50

600 va ko‘p

50

50

50

50

50

Yo‘naltiruvchi ustunchalar yo‘l yoqasining chetidan 0,35 m kam bo‘lmagan masofada va yo‘l qatnov qismining chetidan 0,75 m kam bo‘lmagan masofada yo‘l yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,750,8 m belgilanadi 58-rasm).
Sun’iy yoritiladigan tumbalarni aholi yashaydigan joylarda ajratuvchi polosalarning boshlanishida va transport tonnellarining yon devorlari oldidan o‘rnatiladi.

58-rasm. Yo‘naltiruvchi ustunchalarni yo‘lni ko‘ndalang kesimida o‘rnatish.


Yo‘naltiruvchi xavfsizlik orolchalari chorrahalardagi umumiy harakat miqdori 1000 avt/sut va buriladigan transport vositalari aholi yashamaydigan joylarda 10 %, aholi yashaydigan joylarda esa 20 % dan kam bo‘lmasa, o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, yo‘naltiruvchi xavfsizlik orolchalari yer usti piyodalar o‘tadigan joylarda belgilanadi, agarda transport vositalarini harakat miqdori 4000 avt/sut dan kam bo‘lmasa.
Transport vositalari va piyodalarni harakat xavfsizligini ta’minlash uchun hamda tungi vaqtda yo‘llarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun doimiy yoritish jihozlari ko‘zda tutiladi. Ularni loyihalashda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
yoritish qurilmalarini turini va joylashtirish usulini tanlashda yo‘llarni qatnov qismi o‘rtacha yoritilganligiga va yo‘l yoqasi va trotuarlarni o‘rtacha gorizontal yoritilganligiga quyiladigan me’yorlarga muvofiq yoritilganligini ta’minlash: yorug‘likni ravon ta’minlanganligini, ko‘z qamashish ko‘rsatkichi;

  • xavfli mintaqalarni (tutashish va kesishishlar, yo‘llarni torayishi, avtobus bekatlarida piyodalar o‘tish joyi) joylashini aniqlash va chiroq yorug‘lik manbaini o‘zgartirish, chiroq va ustunlarni joylashishi, xavfli mintaqada qatnov qismini yoritilganligini oshirish hisobiga ularni belgilab qo‘yish;

  • yo‘lning xavfli va murakkab bo‘laklari oldidan yoritilganlikni tusatdan o‘zgarishiga va yoritilgan va yoritilmagan bo‘laklarni almashib borishiga ruxsat etilmaydi;

  • yo‘lning yoritilgan va yoritilmagan bo‘laklarida qatnov qismini yorug‘ligini bir tekis kamayishiga erishish bunda 150-250 m masofada o‘tish mintaqasini qurish.

Avtomobil yo‘llarida doimiy yoritishni quyidagi hollarda nazarda tutish kerak:

  • aholi yashash joylarida;

  • I toifali avtomobil yo‘llarida harakat miqdori 20 ming avt/sutkadan birinchi besh yil ichida oshib ketsa;

  • o‘rta va katta ko‘priklarda;

  • harakatga kompleks xizmat ko‘rsatish mintaqalarida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida;

  • I va II toifali yo‘llarni bir va har xil satxda kesishish joylarida, shu kabi hamma har xil satxdagi kesishishlarda va ularga kirishda tezlashish-sekinlashish tasmalari boshlanishidan kamida 250 m masofada;

  • temir yo‘l perezdlarida;

  • I va II toifali avtomobil yo‘llari transport tonnellarida va ularga yaqinlashishda tonnel boshidan 150 m dan kam bo‘lmagan masofada;

  • piyodalar tonellarida zinali chiqish va ular oldidagi maydonchalarda;

  • I - III toifali yo‘llarda yo‘lo‘tkazgich ostida, agarda uning tagidan o‘tish uzunligi 30 m dan oshsa;

  • avtobus bekatlarida, yer osti piyodalar o‘tish yo‘laklarida, klublar, kinoteatrlar va aholi yashash joylaridagi piyodalar to‘planadigan joylar yaqinidan o‘tgan yo‘llarda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan mintaqalarda.


Download 0,64 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Yo‘lda harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash

Download 0,64 Mb.